К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSHLARNING ONA TILIGA BO‘LGAN MUNOSABATINI SHAKLLANTIRISHDA OTA-ONALAR ROLINI TAHLIL QILISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mengaliyeva Marhabo Mengali qizi (in-academy.uz/index.php/si) · TOWARDS LANGUAGE (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “O‘zbek tili)

Наука и инновация · 4 · 2026

Аннотация

This article examines the role of parents in shaping the attitude of young people to their native language, their speech culture, language environment in the family, their attitude to literature and the influence of modern information technologies. Parents' attention to native language and social responsibility, as well as problems in this area and their solutions will be analyzed. Keywords: native language, speech culture, family, language, literature, youth, language education, word. Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. Sh. MIRZIYOYEV Bugungi globallashuv davrida texnologik taraqqiyot va ommaviy madaniyat oqimlari yoshlarning nutq madaniyatida muammolar kuzatilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, yoshlarning ona tiliga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda ota-onalarning tutgan o‘rni, ular tomonidan yaratilayotgan til muhiti, adabiyotga munosabati va nutq madaniyatining roli ilmiy va amaliy jihatdan tahlilga muhtoj dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Inson va jamiyat tildan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi. Til jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi va odamlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni ta’minlaydi. U jamiyat tarixini, uning taraqqiyot bosqichlarini aks ettiruvchi muhim ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Taniqli o‘zbek shoiri va jamoat arbobi Erkin Vohidov bu borada shunday degan edi: “Til millatning bosh belgisi hisoblanadi. Til bor millat bor. Til yo‘q millat yo‘q. Istiqlol unut bo‘lgan davlatchiligimizni tikladi, yo‘q bo‘lishga mahkum qilingan tilimizni, demakki millatimizni asradi va aziz qildi. Endi uning biz yo‘qotib ulgurgan boyligini tiklash, turlicha «izm» tamg‘alarini qo‘yib iste’moldan chiqarilgan so‘zlarni o‘rniga qaytarish, buning uchun mumtoz adabiyotimizni chuqur o‘rganish hozirgi avlod zimmasidagi sharafli burchdir. 110 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Gohi xayol qilaman, agar mustaqillikka ellik yil avvalroq yetishganimizda balki ikki azim daryodan suv ichgan Orol dengizimiz bu ayanchli ahvolga tushmas edi va agar sobiq tuzum yana ellik yil yashab qolganda uch daryodan suv ichgan ona tilimizning qismati ham Orolning qismatidek bo‘lardi.” (Erkin Vohidov – So‘z latofati. Toshkent “O‘zbekiston” 2014. 13-bet) Oila yosh avlodning til madaniyatini shakllantirishda asosiy o‘rin tutadi. Oila ichida bolalar birinchi marta nutqni o‘rganib, nutq madaniyatini o‘zlashtiradi. Ota-ona o‘zining tilidan foydalanish orqali bolaga tilni faqat vosita sifatida emas, balki ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi vosita sifatida namoyish etadi. Ota-onalar o‘z nutq madaniyatini bolalariga namuna sifatida ko‘rsatishi, chet tilidagi so‘zlarni aralashtirib gapirmasligi, o‘zaro muloqotda mehr-muhabbat, sabr-toqat, hurmat va muloyimlik kabi sifatlarni ko‘rsatishi, o‘zlarining madaniyatli nutqi bilan bolaga tilni qadrlashni o‘rgatishi kerak. Nutqning madaniyatli bo‘lishi uning shakli, mazmuni va mantiqiy izchilligi bilan bevosita bog‘liq. Ota- onalar oilada til madaniyatni shakllantirishning muhim bosqichlari sifatida bolalar bilan muloqotda to‘g‘ri va aniq so‘zlash, jiddiy mavzularda suhbatlashib undan fikr so‘rash, bolalarning so‘z boyligini kengaytirishga e’tibor qaratish zarur. Hozirgi kunda oila davrasida bilim olish va kitob o‘qish borasida suhbat qilish, farzandining ilm olishi xususida suhbatlar kamayib bormoqda. Farzandlarning ham o‘z vaqtini telefon bilan o‘tkazishi keng tus olyapti. Bunda me’yordan oshib ketish holatlari ko‘p uchramoqda. Farzandni kitob o‘qishga bo‘lgan muhabbatini oshirish uchun astoydil harakat qilinsa, bolada kitob o‘qishga ko‘nikma hosil bo‘ladi. Bilim olishga bo‘lgan intilish yanada kuchayadi. Oilada bolaning muntazam kitob o‘qishini rivojlantirish uchun ota-ona astoydil harakat qilmog‘i lozim. (To‘ychiyeva Laziza – “Ota-ona va farzand”lar o‘rtasidagi munosabatlarning ifodalanishi. Amaliy va tibbiyot fanlari ilmiy jurnali 3-jild 11-nashr 2024. 112-bet.) Ota-onalarning adabiyotga bo‘lgan munosabati, ayniqsa, bolalarning tilga bo‘lgan munosabatiga ta’sir ko‘rsatadi. Oila muhitida adabiyotning o‘rni katta bo‘lishi zarur, chunki adabiyot yoshlarning tilini rivojlantirishda va ularning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim vosita hisoblanadi. Ota-onalar bolalarini yaxshi adabiy asarlar jumladan, ertak, hikoya, she’rlarni o‘qishga undash, ularga kitoblar haqida suhbatlar o‘tkazish va adabiyotga hurmatni shakllantirishda o‘z rollarini bajarishlari kerak. Bu nafaqat tilni o‘rgatish, balki yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish, ularning estetik didini shakllantirishda ham muhimdir. Ota-onalar ko‘pincha zamonaviy texnologiyalar va globallashuv jarayonlari natijasida o‘zlarining nutq madaniyatini rivojlantirishga vaqt ajratmaydilar. Yoshlar o‘zining do‘stlari, o‘zining yashash muhitidagi tengdoshlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazganligi sababli, ba’zan oiladagi an’anaviy til va madaniyatga qar

Доказательный фрагмент

«This article examines the role of parents in shaping the attitude of young people to their native language, their speech culture, language environment in the family, their attitude to literature and the influence of m…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the role of parents in shaping the attitude of young people to their native language, their speech culture, language environment in the family, their attitude to literature and the influence of m… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
native language, speech culture, family, language, literature, youth, language, so‘z., yoshlar, adabiyot, Ona tili, oila, nutq madaniyati, til, til tarbiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники