К содержанию
РецензированоUZ1953

HABIB SIDDIQ – HAJVCHI IJODKOR

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mavlonova Oyjamol Kozimjon qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 1953

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos uslub va ohang bilan ajralib turadigan hajvchi ijodkor Habib Siddiqning adabiy faoliyati tahlil etiladi. Muallifning hajv janriga qo‘shgan hissasi, uning zamonaviy jamiyatdagi illatlar va insoniy kamchiliklarni tanqidiy ruhda yoritishi, shuningdek, obrazlar orqali kulgi va satira vositasida ijtimoiy muammolarni ko‘rsatishdagi mahorati yoritiladi. Kalit so’zlar: hajviy adabiyot, satira, kulgi, ijtimoiy tanqid, badiiy obraz, zamonaviy hajv, uslub. Hajvchi yozuvchi, olim, publitsist va tarjimon Habib Siddiq 1953-yilda Andijon viloyati Andijon tumanining Bo’taqora qishlog’ida tug’ilgan. 1976-yilda Andijon Paxtachilik (hozirgi qishloq xo’jalik) institutining Gidromelioratsiya fakultetini imtiyozli tamomlagan. 1976-yildan buyon mazkur institutda ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug’ullanadi. 1981-83-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizayalashtirish muxandislari instututida maqsadli aspiranturani o’tagan. Qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent. Oltmishdan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar va uslubiy qo’llanmalar muallifi. Turli yillarda uning “Kar quloqqa tanbur”, “Kim oshdi savdosi”, “To’qayga o’t tushsa”, “Bedavo dardning davosi” kabi hikoyalar va hajviyalar to’plamlari, “Hayot yo’lga o’xshaydi” nomli publitsistik kitobi chop etilgan va muhlislar e’tiborini qozongan. 2001-yildan buyon instituti Ma’naviyat targ’ibot markazi rahbari lavozimida xizmat qilib kelmoqda. O’zbekiston yozuvchilar va jurnalistlar ijodiy uyushmalarining a’zosi. “Shuhrat” medali sohibi. “Habib Siddiq maktab domlasi, olim. Binobarin, Habib uchun adabiyot – ko’ngil ishi. Xalq dardini aytib oladigan minbar”, - deb yozgandi Sa’dulla Siyoyev. Yozuvchi asarlarida ajib hangomalar, g’aroyib voqealar, chiroyli lutflar uchraydiki, ular hayotiyligi, qiziqarli ekani bilan ko’ngilga zavq – shavq ulashadi. Habib Siddiq insonlarni hayot tarziga, muomala – muloqotiga nihoyatda sinchkovlik bilan qaragani uchun uning asarlari hayotiy, real. Uning publitsistik maqolalarini, zamondoshlari haqidagi ocherklari ma’lum asarlarga yozgan taqrizlari, suhbat – intervyu va yon daftarga yozgan bitiklarini jamlab “Hayot yo’lga o’xshaydi” deb nashr etilgan kitobi ham kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi.1 Shu bilan bir qatorda adibning hajviya va hangomalari rus, ingliz, turk, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan. Hajvchilik oddiy janr emas, uning qoyilmaqom ifoda shaklini har kim ham bitavermaydi. Nutq – hajviyasarda bosh mezon hisoblanadi. Asarda milliy ruh, joziba bo’lmasa, o’quvchi e’tiborini tortolmaydi. Habib Siddiq hajviyalari dastlab shu fazilati bilan muhlislar e’tiborini qozonadi. Hajviy asardan kimdir xursand bo’lsa, kimdir xafa bo’ladi. Bu esa o’z navbatida 1Soliyeva D.Hajviy hikoyalar ustasi. -Andijon,2023. – 4-bet. 36 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si jamiyat uchun ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Jamiyatimizdagi ayrim kamchiliklarning, insonlardagi ba’zi qusurlarning yo’qolishi uchun hajvning ahamiyati beqiyos. Habib Siddiq kichik hajviy va jiddiy hikoyalarida ham esda qolarli obrazlar yarata oldi. Adib ijodini kuzatar ekanmiz, uning bu jabhada o’ziga yarasha maktab ko’rgani, tajriba orttirgani, mag’zi to’q asarlar yozishiga asos bo’lganini ko’ramiz. Muhimi, yozuvchi o’quvchining vaqtini bekorga band qilmaydi, kitobxonni uzoq vaqt o’ylatadigan, o’zi haqida, kelajagi haqida bosh qotirishga majbur qiladigan asarlar yaratishga bel bog’laydi. Habib Siddiq ijodidagi ma’nolar silsilasini to’la anglab yetmoq uchun oddiy o’quvchi emas, ziyrak kitobxon bo’lish lozim. Asarlarini shunchaki o’qib bo’lmaydi. Ularning har birida yozuvchining ma’lum bir maqsad, muddaolari san’atkorona ifoda etilgan. Bu o’rinda Mavlono Rumiyning: “Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kulgani bilan esa saviyasini namoyon qiladi” degan so’zlari beixtiyor yodga tushadi. Adibning “O’raga sichqon tushdi” kitobi “Yaxshilar ko’p dunyoda” nomli hayotiy voqea asosida bitilgan hikoyasi bilan ochiladi. Unda yozuvchi “qoliplash” usulidan foydalanib, bir kirakash va yo’lovchining boshidan kechirganlarini o’zlariga so’zlatish orqali juda muhim axloqiy qadriyatlarni – omonatni asrash, unga xiyonat qilmaslik, inson hech qachon o’z nafsiga tobe bo’lmasligi lozimligini, halollik tinch yashashning asosiy omili ekanligini jonli ifodalashga erishgan. Habib Siddiq hangomalarining mavzu doirasi behad keng, qahramonlari bizga begona emas. Ular oramizdagi odamlar. Ular tabiatidagi yalqovlik, ayyorlik va o’zibo’larchilik illatlarini bartaraf etish esa yozuvchining xolis niyatidir. Habib Siddiqning asarlari asosida yigirmadan ortiq teleminiatyuralar, “Cho’g’”, “Kichik korxonaning katta hangomasi”, “Taqdirlar” nomli videofilmlar tasvirga olingan. Habib Siddiqning mamlakatimizda amalga oshirayotgan ma’naviy – ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashishiga qo’shg

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos uslub va ohang bilan ajralib turadigan hajvchi ijodkor Habib Siddiqning adabiy faoliyati tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos uslub va ohang bilan ajralib turadigan hajvchi ijodkor Habib Siddiqning adabiy faoliyati tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
badiiy obraz, satira, uslub., zamonaviy hajv, hajviy adabiyot, kulgi, ijtimoiy tanqid
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники