Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IKKI TILLILIK SHAROITIDA ONA TILINING SAQLANISH MUAMMOLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qaimjonova Mohidil Dilmurod qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ikki tillilik sharoitida ona tilining saqlanishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar yoritilgan. Tadqiqotda ikki tillilikning ijobiy va salbiy jihatlari, til siyosati va til o‘zgarishi jarayonida ona tilining barqarorligini ta’minlashdagi omillar ko‘rib chiqilgan. Asosan, oilaviy tarbiya, ta’lim tizimi va ommaviy axborot vositalarining ta’siri tahlil qilinadi. So‘rovnoma va statistik ma’lumotlarga tayangan holda muammolarning asosiy sabablari tahlil qilinadi va ularni bartaraf etish yo‘llari taklif etiladi. Kalit so‘zlar: Ikki tillilik, ona tili, til siyosati, O‘zbekiston tajribasi, ta’lim, madaniyat, ommaviy axborot vositalari. Аннотатция: В данной статье рассматриваются актуальные проблемы сохранения родного языка в условиях билингвизма. В исследовании анализируются как положительные, так и отрицательные стороны билингвизма, роль языковой политики и факторы, обеспечивающие устойчивость родного языка в условиях языковых изменений. Особое внимание уделено влиянию семейного воспитания, системы образования и средств массовой информации. На основе опросов и статистических данных выявлены основные причины проблем и предложены пути их решения. Ключевые слова: Двуязычие, родной язык, языковая политика, узбекский опыт, образование, культура, СМИ. Annotation: This article explores the pressing issues of preserving the mother tongue in the context of bilingualism. The study analyzes both the advantages and disadvantages of bilingualism, the impact of language policy, and the factors ensuring the sustainability of the native language amid language shifts. Particular attention is given to the role of family upbringing, the education system, and mass media. Based on surveys and statistical data, the main causes of the problem are identified and possible solutions are proposed. Keywords: Bilingualism, mother tongue, language policy, Uzbek experience, education, culture, media. Sharq xalqlarida azaldan ko‘p tillarni bilish, boshqa millat vakillari bilan o‘sha millat tilida muloqotga kirishish ajdodlardan meros bo‘lib qolgan. O‘z ona tili imkoniyatlarini chuqur o‘rganish boshqa chet tillarini o‘zlashtirishda yuqori samara beradi. Chunki qiyoslash, chog‘ishtirish asosida egallangan bilim mustahkam bo‘ladi.Globalizatsiya va zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ikki tillilik hodisasini kundalik hayotimizda keng tarqalishiga olib keldi. Bu jarayon, ayniqsa, kichik millatlar va ularning milliy tillarining mavjudligi va rivojlanishida qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ona tilining saqlanishi bugungi kunda nafaqat tilshunoslar, balki butun jamiyat uchun dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. Ikki tillilik (bilingvizm) – bu bir shaxs yoki jamiyat tomonidan ikki tilning faol qo‘llanishi holatidir. Bilingvizm tabiiy yoki ijtimoiy omillar natijasida yuzaga kelishi mumkin. U shaxsiy (individual), hududiy, institutsional yoki davlat miqyosida namoyon bo‘ladi. Har bir holatda uning ona tiliga ta’siri turlicha bo‘lishi mumkin. Uning tabiiy vujudga kelishiga bir davlat hududida ikki va undan ortiq xalq vakillarining jips yashashi ham sabab bo‘ladi. Bilingvist 119 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo odam miyasi bir nechta sezilarli afzalliklarga ega bo‘ladi. Ikki tillilik hodisasi ma’lum bir ehtiyojlar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Tanganing ikki tomoni bo‘lganidek ikki tillilik hodisasining ham ijobiy va salbiy jihatlari mavjuddir Jumladan,psixolog Ellen Bialistok bilingvizmning kognitiv afzalliklari , uning alsgeymer kassaligi oqibatiga ta’siri , kattalar va bolalarning bilim darajasini zamonaviy tadqiq qilish haqida fikr yuritgan.Oilmlar anchadan buyon bolalarning bilim darajalarini ularning til bilish qobilyatlari va savodxonlik bilan til o‘rganishiga asosiy e’tiborini qaratib tadqiqot olib bormoqda.Biroq 2004 –yilda ilk bor kattalar bilim jarayonlari tadqiq etildi.Ammo bolalar bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlar to‘liq olib borilmagan.1930-1950-yillarda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra , bilingv (ikki tilni biluvchi shaxs) bolalar,monlingv(bir tilni buluvchi shaxs)bolalar bilan taqqoslanganda salbiy sharoitda bo‘lgan.Ular maktabda yomon o‘qigan , testlarni past bahoda topshirgan va hokazo.Tadqiqotlar xulosalaridan kelib chiqdigan bo‘lsak , bilingvizm aqliy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va bolani tillar muloqtida chalkashtiradi. Bilingvizmning ijobiy natijalari aks ettirilgan ilk tadqiqot 1962 -yilda chop etilgan.Elizabet Pill va Uolles Lambert Monrealda ingliz va fransuz tilida so‘zlashadigan hamda faqatgina fransuz tilida so‘zlashuvchi bolalarni taqqoslab tadqiqot o‘tkazgan .Tadqiqotga ko‘ra bilingv bolalar og‘zaki bo‘lmagan vazifalarni monolingv bolalar kabi bajara olishini , og‘zaki topshiriqlarni esa monolingv bolalarga qaraganda yomonroq bajarishini taxmin qilishdi.Biroq dastlabki prognozlardan farqli bilingv bolalar barcha imtixonlardan yaxshi o‘tdi.Ikki tillilikning bola rivojlanishi uchun foydasi va zarari hqida mutaxsislarning fikrlari turlicha.Ikki t
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ikki tillilik sharoitida ona tilining saqlanishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ikki tillilik sharoitida ona tilining saqlanishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bilingualism, mother tongue, language policy, Uzbek experience, education, O‘zbekiston tajribasi, til siyosati, ta’lim, Ikki tillilik, ommaviy axborot vositalari., madaniyat, ona tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025