К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA QODIRIY: O'ZBEK REALISTIK ADABIYOTINING ASOSCHISI

Kakisheva Gulnur Annadurdiyevna

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada oʻquv jarayoniga innovatsion tehnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tishning avzalliklari, ahamiyati ilmiy tadqiq etiladi. Ilmiy fikrlar faktlarga asoslanib xulosalandi. Kalit soʻzlar: innovatsiya, metod, boshlang’ich ta’lim, axborot, pedagogika, yangilik, didaktika, texnologiya, konsepsiya, ta’lim tizimi. “Innovatsiya” so‘zi ingliz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, uning tarjimasi “yangilanish”, “o‘zgartirish”, “yangilik kiritish” degan ma’noni bildiradi. Innovatsiya tizim ichki tuzilishini oʻzgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Pedagogik yangilik esa pedagogik faoliyatda ilgari ta’lim jarayonida noma’lum boʻlgan oʻzgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariy va amaliy jihatini boyitish va uni rivojlantirish vositasidir. Bundan anglashiniladiki, innovatsion jarayon yangilikning kiritilishi va shart– sharoitlari, tizimni yangi koʻrsatgichlarga muvaffaqiyatli oʻtishini ta’minlovchi oʻzgarishdir. Demak innovatsiya innovatsion oʻzgarishlarga tayyorgarlik koʻrish va uni amaliyotga kiritish jarayonidir. Oʻqituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim va markaziy masalasi oʻquv jarayonini sifatli va samarali tashkil etishdan iborat. Bu faoliyat shaxsan oʻqituvchini oʻzigagina taalluqli boʻlib qolmay, bir qator shaxs, guruh, omma, institutsion mashtabda ham boʻlishi mumkin. XXI asr didaktikada, shu jumladan o’qitish metodikasida chuqur islohotlar davrini boshlab berdi. Umumiy o’rta ta’limning maqsadlari zamon talablari asosida o’zgardi. Undan kelib chiqqan holda yangi ta’lim konsepsiyalari, o’quv rejalari, ta’lim standartlari ishlab chiqildi. Respublikaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma'naviy hayotida ro’y borayotgan o’zgarishlar, fan, texnika, texnologiya yutuqlari ta'lim mazmunida o’z ifodasini topishi lozim. Shuningdek o’quv-biluv jarayoni to’la ma'noda o’quvchi shaxsiga yo’naltirilishiga imkon boradigan ta’lim mazmunining yangi modellarini taklif etish va mazkur modellarning o’quv dasturlari, darsliklar hamda o’quv qo’llanmalarida aks etishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Innavatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga o‘shiriladi. O’qitish jaroyoni hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga o‘ladi. O‘qituvchining faoliyatini o‘quv materilani bayon qilish, o‘quvchilarning fantastik bo‘lgan qiziqishini o‘rtirish, fikrini teranlashtirish va e'tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos bilan qaragan o‘qituvchiga chinakgam ehtiros bo‘ladi. O‘qitish - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan o‘quvchilarning tartiblangan o‘zaro harakatidir. O‘rgatish-o‘qitish maqsadni amalga oshirish bo‘yicha pedagogning tartiblangan faoliyatini aks ettirsa, oʻrganish anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar jarayoni bo‘lib, avval egallanganlarni o‘rganadi. 23 Boshlang’ich ta’lim, ta’lim tizimimizda asosiy va muhim davr hisoblanadi. Chunki ushbu davrda o‘quvchilar eng sodda va muhim bilimlarni o‘zlashtiradilar. O‘quvchilarning eng zarur bilimlarini o‘zlashtirishi boshlang’ich ta’lim paytida amalga oshiriladi. Demak bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu jarayonga har bir pedagog o‘ta mohironalik va mas’uliyat bilan yondashmog’i talab etiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang’ich sinf 4 yilni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ushbu 4 yil mobaynida o‘quvchilar bir nechta fanlardan ko‘plab yangi bilimlarga ega bo‘ladilar. Yoshlarni ta’lim – tarbiya olishida kelgusida komil shaxs bo‘lib yetishida barcha jamiyat a’zolarining faol ishtiroki talab etiladi. Ta’lim jarayonini muvofiqlashtirish, tizimga yangi islohotlarni olib kirish, o‘qitish shaklini yengillashtirishga va o‘quvchilarni sifatli bilim olishiga sabab bo‘ladi. Jamiyatni yuksalishida, eng birinchi navbatda ta’lim tizimiga yangiliklar kiritish natijasida erishish mumkin. Chunki ta’lim sohasi rivojlangan jamiyatda barcha sohalar va yo‘nalishlarni yuksalish darajasi oshib boradi. Ta’lim sohasi taraqqiy etsa, yoshlarning bilim saviyasi va ma’naviy yetuklik darajasi yuqorilaydi. Sifatli ta’lim vatan taraqqiyotining muhim omilidir. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev o‘z nutqlarining birida ta’lim –tarbiya haqida quyidagi jumlalarni keltiradilar. “Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni -bilim, ta’lim va tarbiya bo‘ladi’’. Darhaqiqat, vatanimiz taraqqiy etishi, bilimli va zukko yoshlarning zimmasidadir. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishg

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oʻquv jarayoniga innovatsion tehnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tishning avzalliklari, ahamiyati ilmiy tadqiq etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oʻquv jarayoniga innovatsion tehnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tishning avzalliklari, ahamiyati ilmiy tadqiq etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o'zbek adabiyoti, realistik roman, Abdulla Qodiriy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники