Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BEHBUDIYNING "YOSHLARGA MUROJAAT" VA "MUHTARAM" YOSHLARGA MUROJAAT MAQOLALARINI TAHLIL ETISH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ulashova Nilufar Azamat qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Ochilov Abrorxon Qiyom o'g'li (Shahrisabz davlat pedagogika instituti 1-bosqich talabasi)
Молодые ученые · 1909
Аннотация
ushbu maqolada jadid marifatparvari Mahmudxo'ja Behbudiyning "Yoshlarga murojaat" va "Muhtaram yoshlarga murojaat" nomli maqolalari tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor muallifning yoshlarga qaratilgan manaviy,axloqiy, ilmiy va ijtimoiy chaqiriqlari, milliy uyg'onish g'oyalari hamda zamonaviy tafakkur tarbiyasini shakllantirishdagi o'rniga qaratilgan. Maqolalar tahlili orqali Behbudiyning yoshlar tarbiyasiga oid qarashlari, ularning jamiyatdagi faol pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan da'vatlari yoritib beriladi. Kalit sozlar: Behbudiy, jadidchilik, yoshlarga murojaat, ma'naviy tarbiya, milliy uyg'onish, ijtimoiy faollik, ma'rifatparvarlik. Mahmudxoja Behbudiy o'zbek jadidchilik harakatining yirik vakillaridan biri bo'lib, o'zining ma'rifatparvarlik faoliyati bilan millatning uyg'onishiga, yoshlarning ilm-fan, madaniyat va zamonaviy tafakkur asosida tarbiyalanishiga katta hissa qo'shgan. Uning "Yoshlarga murojaat" (1909) va "Muhtaram yoshlarga murojaat" (1915) nomli maqolalari o'zbek ijtimoiy-fikr taraqqiyotida alohida o'rin tutadi. Ushbu maqolalar orqali Behbudiy yoshlarga murojaat qilgan, ularni o'z millatiga xizmat qilish, ilm olish, axloqiy tozalik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishga undagan. Behbudiy jadidchilik g'oyalarining faol targ'ibotchisi sifatida milliy maktablar ochish, ilmiy-marifiy asarlar yozish bilan birga, ommaviy matbuot orqali yoshlarni uyg'otishga intilgan. U Taraqqiy, Samarqand, Oyna kabi gazeta va jurnallarda faol ishtirok etgan. Behbudiy uchun yozuvchi bu millat ogohligi uchun javobgar shaxsdir[1]. Mahmudxo'ja Behbudiy o'zbek jadidchilik harakatining yetakchi namoyandalaridan biri bo'lib, uning "Yoshlarga murojaat" va "Muhtaram yoshlarga murojaat" maqolalari o'z davrida milliy ong va ma'rifatni yuksaltirishga qaratilgan muhim asarlar hisoblanadi. Ushbu maqolalar zamonaviy yoshlarni o'z ustida ishlash, ilm olish va jamiyat rivojiga hissa qo'shishga davat etadi. Behbudiy bu maqolalarida yoshlarning milliy va ma'naviy kamolotini, ularning o'z jamiyatiga nisbatan ma'suliyatini oshirish zarurligini ta'kidlaydi. Ushbu esseda mazkur maqolalarining asosiy g'oyalari va ularning bugungi kun uchun ahamiyati tahlil qilinadi. Behbudiy yoshlarga ilm-fan, ma'rifat va kasb-hunar o'rganishning muhimligini tushuntiradi.U yoshlarni dangasalik va beparvolikdan voz kechishga chaqiradi.Jamiyatning taraqqiy etishi yoshlarning bilimdonligi va faoliyatiga bog'liqligini ta'kidlaydi. Behbudiy yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash zarurligini qayd etadi.U musulmon jamiyatlarining orqaga qolish sabablaridan biri sifatida ilmga e'tibor berilmaganligini ko'rsatadi. Yoshlarni zamonaviy dunyoqarashga ega bo'lishga va jamiyatni isloh qilish yo'lida harakat qilishga chaqiradi. Behbudiy ilm-ma'rifatni jamiyat taraqqiyotining asosiy omili deb biladi.Yoshlar orasida bilim olishni keng targ'ib qilish orqali xalqning madaniy darajasini oshirish mumkin.Behbudiy o'z asarlarida yoshlarni milliy g'urur va vatanparvarlik hissi bilan 128 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo yashashga undaydi.U milliy taraqqiyotga erishish uchun yoshlarning o'z madaniyati va tarixiga hurmat bilan qarashini ta'kidlaydi.Behbudiy ta'lim va texnologik taraqqiyotdan orqada qolmaslik uchun zamonaviy bilimlarni organish muhimligini takidlaydi.U ana'naviy fikrlashdan chiqib, innovatsion yondashuvlarga e'tibor qaratish zarurligini qayd etadi. Bugungi kunda ham yoshlar uchun ilm olish va ma'rifatli bo'lish dolzarb masala hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bilim olish imkoniyatlari kengaygan bo'lsa-da, yoshlarning uni to'g'ri yo'nalishda ishlatishi muhim.Jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etish va mustaqil fikrlash yoshlar oldidi asosiy vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. 1915-yilda yozilgan bu maqolada Behbudiy oz davatini yanada keskinlashtiradi. U zamonaviy bilimlardan uzoq, g'aflatda qolayotgan yoshlardan xavotirda. Muallif shunday yozadi:[2] "Ey yoshlar! Tashqarida olam ozgarib borur, sen esa uyquda yurursen Sen uygonmasang, kim uygotar xalqni?" (Behbudiy, 1915). Bu maqolada "ogohlik" va "ma'suliyat" g'oyalari markazda turadi. Behbudiy uchun har bir yo'sh millatning ertangi poydevori, shuning uchun ularni beparvolikdan ogohlantirish zarur deb biladi. Ikkala maqola ham yoshlarni uyg'otish, ma'rifatli bo'lish, millat va vatan oldida ma'suliyatli bo'lishga chaqiradi. Biroq, "Yoshlarga murojaat" nisbatan yumshoq, da'vatkor ohangda yozilgan bo'lsa, "Muhtaram yoshlarga murojaat"da keskin tanqid va xavotir ustuvorlik qiladi. Bu farq zamonning murakkablashuvi, jadidlarning siyosiy bosim ostida qolishi bilan bogliq.[3] Yoshlarning ongli ravishda ta'lim olishlari va mustaqil fikrlashni o'rganishlari kelajakda jamiyatning taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.Mahmudxo'ja Behbudiyning "Yoshlarga murojaat" va "Muhtaram yoshlarga murojaat" maqolalari o'zbek jadidchiligining asosiy tamoyillarini o'zida aks ettiradi.[4] U yoshlarni ilm-ma'rifatga intilishga, jamiyatni rivojlantirishga va vatanparvar
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada jadid marifatparvari Mahmudxo'ja Behbudiyning "Yoshlarga murojaat" va "Muhtaram yoshlarga murojaat" nomli maqolalari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada jadid marifatparvari Mahmudxo'ja Behbudiyning "Yoshlarga murojaat" va "Muhtaram yoshlarga murojaat" nomli maqolalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma'naviy tarbiya, ma'rifatparvarlik., milliy uyg'onish, yoshlarga murojaat, jadidchilik, Behbudiy, ijtimoiy faollik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025