К содержанию
РецензированоUZ2026

XOTIRA HAQIDAGI QARASHLAR VA XOTIRANI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Madazimova Dilnoza Dilshodbek qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Xorij psixologiyasida, Xorij psixologiyasida motivatsiya muammosi keng ko'lamda o‘rganilgan, A.Maslou ehtiyojlarning quyidagi ierarxik qatorini ajratadi: fiziologik ehtiyojlar, xavfsizlikka bo’lgan ehtiyoj, muhabbat va boshqalar bilan bog’liq. Motiv va motivatsiya tushunchalari inson xatti-harakatlarini tushunish va bashorat qilish uchun muhim ahamiyatga ega. O’qish, o’quv faoliyati motivlari haqidagi chet el olimlarining asarlarida ilgari surilgan g’oyalarini tahlil qilar ekanmiz, quyidagilarga e'tiborni qaratish joizdir. Chet el psixologlari orasida A.Maslou ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasi bilan mashhurdir. Kalit so’zlar: Xorij psixologiyasi, motivatsiya, Motiv, motiv - bu kishini faoliyatga undovchi kuch, Motiv (lotincha "movere" - harakatga keltirish). Motiv va motivatsiya tushunchalari Kirish: Inson faoliyatining asosiy harakatlantiruvchi kuchi nima? Bu savol azaldan faylasuflar, pedagoglar va psixologlarni qiziqtirib kelgan. Javob oddiy va murakkab: insonni harakatga undaydigan sabab – motivdir. Motiv va motivatsiya tushunchalari psixologiyada muhim o'rin tutadi, chunki ular inson xatti-harakatlarini tushunish va bashorat qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Motivatsiya – bu shaxsning ehtiyojlari, qiziqishlari va e'tiqodlariga asoslangan maqsadga yo'naltirilgan faoliyatini faollashtiradigan, boshqaradigan va saqlab turadigan psixologik jarayondir. Xorij psixologiyasida motivatsiya muammosi keng ko'lamda o'rganilgan bo'lib, bu sohada ko'plab nazariyalar va tadqiqotlar mavjud. Garchand psixologik adabiyotlarda ayniqsa yosh va pedagogik psixologiyaga oid manbalarda motiv va motivatsiya masalasi ko’p bora ko’tarilgan bo’lsa-da, batafsil yoritilmagan. Masalan, ayrim psixologlar maktabgacha yoshda ayrim tarqoq situasion mayllar ma'lum motivlar tizimlariga aylanib borishini qayd etadilar. Biroq bu fikr atroflicha chuqurroq o’rganilmagan. Shunga muvofiq adabiyotlarda psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida motiv va motivatsiya tushunchasi turlicha talqin qilingan. Motiv va motivatsiya tushunchalarining mazmunini ochib berish. Asosiy qism: Xorij psixologiyasida motivatsiya muammosiga oid asosiy nazariyalarni ko'rib chiqish (Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasi, Herzbergning ikki omilli nazariyasi, Vroomning kutish nazariyasi, Banduraning o'z-o'ziga ishonch nazariyasi, Deci va Ryanning o'z- o'zini belgilash nazariyasi va boshqalar). Motivatsiya turlarini (ichki va tashqi motivatsiya) tahlil qilish. Motivatsiyaga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash. Olingan nazariy xulosalarni umumlashtirish va amaliy ahamiyatini baholash. Eng keng tarqalgan ta'riflarga ko’ra, motiv - bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig’indisidan iboratdir. Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta'rif beriladi: A.Maslouning fikricha, motiv bu ehtiyojlar yig’indisidir.S.L.Rubinshteynning ta'kidlashicha, motiv bu ehtiyojning his qilinishi va qondirilishi.S.L Rubinshteyn. "Motivatsiya - bu psixika orqali amalga oshuvchi determinasiyadir".A.N.Leontev - motivni inson faoliyatiga yo’nalgan aniq ehtiyojlar va uni qo’zg’atadigan voqelik deb hisoblaydi.Motiv -ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab.Motivatsiya keng ma'noda inson hayotining (uning xulq-atvori, 39 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si faoliyatining) murakkab ko’p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi.Motivatsiya - insonni faoliyatga undashning murakkab, ko’p darajali tizimi bo’lib, u o’zida ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Motivatsiya - murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi bo’lib, u o’zini mayllar, maqsadlar, ideallar ko’rinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi.Motivatsiya - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir. Motiv (lotincha "movere" - harakatga keltirish): Bu insonni muayyan harakatga undaydigan ichki turtki yoki sababdir. Motivlar ehtiyojlar, instinktlar, qiziqishlar, ishonchlar va qadriyatlardan kelib chiqishi mumkin. Motivatsiya (inglizcha "motivation"): Bu motivlar asosida maqsadga erishish uchun harakatga tayyorlik va faollikni ta'minlaydigan psixologik jarayondir. Motivatsiya insonni harakatga undaydi, uning yo'nalishini belgilaydi va harakatni davom ettirishga yordam beradi. V.S.Merlin motivlar tizimlarining ayrim jihatlarini ancha batafsil yoritib bergan.U motivlar tizimlarining shakllanish jarayonini quyidagicha tasavvur etadi: "turli motivlar bora-bora o’zaro bog’liq va bir-biriga tobe bo’lib boradi hamda oxir oqibatda motivlarning yaxlit tizimi vujudga keladi". V.S.Merlin fikricha, motivlar tizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar barqarorligi, balki motivlarni anglash kabi shartlar bajarilishini talab etiladi. Demak, V.S.Merlin bo’yicha motivlari tizimlari o’zaro bog’liq va bir-biriga tobe shaxs motivlarining bir butun yig’indisidan iborat. Ammo V.S.Me

Доказательный фрагмент

«Xorij psixologiyasida, Xorij psixologiyasida motivatsiya muammosi keng ko'lamda o‘rganilgan, A.Maslou ehtiyojlarning quyidagi ierarxik qatorini ajratadi: fiziologik ehtiyojlar, xavfsizlikka bo’lgan ehtiyoj, muhabbat v…»

Образец извлечения

Демо-превью

Xorij psixologiyasida, Xorij psixologiyasida motivatsiya muammosi keng ko'lamda o‘rganilgan, A.Maslou ehtiyojlarning quyidagi ierarxik qatorini ajratadi: fiziologik ehtiyojlar, xavfsizlikka bo’lgan ehtiyoj, muhabbat v… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
verbal va noverbal, psixik jarayon, I. M. Sechenov, XVII asr, ixtiyorsiz, K. D. Ushinskiy, Angilya, Farobiy, sensor xotira, qisqa, uzoq muddatli, Germaniya, E. G‘. G‘oziyev, idrok, ixtiyoriy, Xotira, individ
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники