К содержанию
РецензированоUZ2025

SOVET DAVRIDA SURXON VOHASINING DEMOGRAFIK JARAYONLARI

Toshmamatov Azizbek Tohir o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada 1917–1991 yillar oralig ‘ida Surxon vohasida yuz bergan demografik jarayonlar tahlil qilinadi. Sovet siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri, migratsiya harakatlari, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlaridagi islohotlar o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Surxon vohasi, demografik jarayonlar, Sovet davri, tabiiy o‘sish, migratsiya, urbanizatsiya, etnik tarkib, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimi, Sovet-Afg‘on urushi, ijtimoiy islohotlar. Kirish:1917 yildan 1991 yilgacha bo‘lgan Sovet davri Surxon vohasi tarixida ijtimoiy, iqtisodiy va demografik jihatdan chuqur o‘zgarishlarga boy bo‘ldi. Bu yillarda amalga oshirilgan siyosatlar aholining soni, tarkibi, joylashuvi va turmush tarziga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Aholining tabiiy harakati va sog‘liqni saqlash tizimi islohotlari. Sovet hokimiyatining ilk yillarida, ayniqsa 1930-yillardagi kollektivlashtirish siyosati natijasida an’anaviy dehqon xo‘jaliklari tugatilib, kolxoz va sovxozlar barpo etildi1. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash va ta‘lim tizimlarining rivojlanishi bolalar o‘limi darajasining pasayishiga olib keldi2. 1950–1980-yillarda tug‘ilish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, demografik “portlash” yuzaga keldi 3, ayniqsa qishloq joylarda katta oilalarning ko‘pligi aholi sonining jadal ortishiga xizmat qildi 4 . Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1959-yilda Surxondaryo viloyati aholisi 700 mingdan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 1979-yilda bu ko‘rsatkich 1,1 millionga yetgan5. Bu esa 20 yil ichida aholining deyarli ikki baravar ortganini anglatadi6. Tug‘ilish ko‘rsatkichi o‘sha yillarda 1000 aholiga nisbatan 35–40 bola atrofida bo‘lgan7. Migratsion jarayonlar va etnik tarkib o‘zgarishlari. Sovet davrida amalga oshirilgan ichki migratsiya siyosati vohaning demografik tarkibiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi8. 1940-yillar oxiri 1 История Узбекистана. Т. 4. — Ташкент: Шарқ, 2002. — С. 112. 2 Мамажонов А. Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш тизими тарихи. — Т.: Фан, 2007. — Б. 89. 3 Саидов А. Демографические процессы в Узбекистане в советский период. — Т.: Фан, 2005. — С. 135. 4 Рахимов Ш. Социодемографические изменения в южных регионах Узбекистана. — Самарканд, 2010. С. 57. 5 Ўзбекистон ССР халк хўжалиги. Статистик маълумотлар. — Тошкент: Госкомстат, 1980. — Б. 44. 6 Назаров К. Демография ва аҳоли зичлиги. — Тошкент: Фан, 2001. — Б. 64. 7 Ўзбекистонда демографик ўзгаришлар. Илмий тўплам. — Тошкент, 2012. — Б. 92. 8 Халқ хўжалиги ва аҳолиси. Ўзбекистон ССР статистика маълумотлари. — Т.: 1975. — Б. 73. 401 May, 2025-Yil va 1950-yillar boshlarida Surxondaryo viloyatiga boshqa hududlardan, xususan Rossiya, Ukraina, Koreya va boshqa respublikalardan ishchi kuchi ko‘chirildi9. Koreyslar 1940–1950 yillarda Uzoq Sharqdan deportatsiya qilinib, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga joylashtirildi10. Natijada viloyat etnik tarkibida rang-baranglik yuzaga keldi, biroq asosiy etnik guruh sifatida o‘zbeklar son jihatdan ustunligini saqlab qoldi11. Termiz shahri va uning atrofidagi hududlar Sovet Ittifoqining janubiy chegarasi sifatida strategik ahamiyat kasb etgan12. Ayniqsa, 1979–1989 yillardagi Sovet- Afg‘on urushi davrida Termiz shahri harbiy-logistik markazga aylantirildi13. Bu yillarda Sovet armiyasi xizmatchilari, texnik mutaxassislar va ularning oilalari vaqtincha Surxon vohasiga joylashtirildi. Afg‘onistondan kelgan siyosiy muhojirlar, etnik o‘zbeklar va boshqa millat vakillari ham vohaning demografiyasiga ta’sir ko‘rsatdi14. Urbanizatsiya, irrigatsiya va sanoatlashuv omillari. 1950–1970-yillarda amalga oshirilgan irrigatsiya loyihalari orqali yangi yerlar o‘zlashtirildi, bu esa paxtachilik, g‘allachilik va bog‘dorchilikning rivojlanishiga olib keldi15. Xulosa Sovet davrida, xususan 1930-yillardan 1980-yillargacha bo‘lgan oraliqda Surxondaryo viloyatida aholi sonining tez sur’atlar bilan ortishi kuzatildi. Bu holat bir necha omillar ta’siri bilan shakllandi. Dastlab, kollektivlashtirish siyosati natijasida an’anaviy dehqon xo‘jaliklarining tugatilishi va kolxoz-sovxoz tizimining joriy etilishi mehnat tuzilmasini tubdan o‘zgartirdi. Biroq ayni vaqtda sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimining rivoji bolalar o‘limini kamaytirishga va aholining sog‘lom yashash tarzini shakllantirishga xizmat qildi.1950–1980-yillar oralig‘ida kuzatilgan “demografik portlash” aholining tabiiy ko‘payishida muhim rol o‘ynadi. Ayniqsa, qishloq joylarda katta oilalarning ko‘pligi, bolalar tug‘ilishining yuqoriligi viloyatda aholining ikki baravarga yaqin ortishiga olib keldi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1959-yildagi 700 ming aholi soni 1979-yilga kelib 1,1 millionga yetgan. Bu holat iqtisodiy, ijtimoiy va demografik siyosatning natijasi sifatida qaraladi. Shuningdek, ichki migratsion jarayonlar va deportatsiyalar vohaning etnik tarkibini boyitdi. Koreyslar, ruslar, ukrainlar va boshqa millat vakillarining joylashtirilishi natijasida viloyat ko‘pmillatli hududga aylandi. Shu bilan birga, 1979–1989 yillardagi Sovet-Afg‘on urushi ham Termiz shahri va uning atrofida harbiy-logistik infratuzilmaning shakllanishiga

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada 1917–1991 yillar oralig ‘ida Surxon vohasida yuz bergan demografik jarayonlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada 1917–1991 yillar oralig ‘ida Surxon vohasida yuz bergan demografik jarayonlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
etnik tarkib, tabiiy o‘sish, Sovet davri, Surxon vohasi, urbanizatsiya, Sovet-Afg‘on urushi, migratsiya, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimi, ijtimoiy islohotlar., demografik jarayonlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники