К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI TA’LIM MUHITI IMKONIYATLARI

Atabayeva Nargisa Nabijonovna · Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 9 · 1-6 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola zamonaviy raqamli ta’lim muhitining imkoniyatlari, uning ta’lim jarayoniga ta’siri va kelajakdagi rivoji haqida tahliliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli ta’lim texnologiyalarining qo‘llanilishi talabalarning bilim olish samaradorligini oshirish, o‘quv jarayonini individuallashtirish va ta’limning umumiy sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Maqolada raqamli ta’limning asosiy vositalari, ularning afzalliklari va cheklovlari, shuningdek raqamli ta’limni O‘zbekistonda joriy etish strategiyalari ko‘rib chiqilgan. Tahlillar natijasida, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish hamda innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish zarurligi aniqlangan. Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim muhiti, masofaviy o‘qitish, elektron ta’lim resurslari, raqamli kompetensiyalar, innovatsion pedagogik texnologiyalar, individuallashtirish, samaradorlik, rivojlantirish, yondashuv, hamkorlik, platforma, natija. Annotation: This article includes analytical information about the possibilities of modern digital educational environment, its impact on the educational process, and its future development. According to research results, the application of digital educational technologies serves to increase the effectiveness of students' learning, individualize the learning process, and improve the overall quality of education. The article examines the main tools of digital education, their advantages and limitations, as well as strategies for implementing digital education in Uzbekistan. As a result of the analysis, the necessity of developing digital competencies and implementing innovative pedagogical approaches has been identified. Keywords: digital educational environment, distance learning, electronic educational resources, digital competencies, innovative pedagogical technologies, individualization, effectiveness, development, approach, collaboration, platform, result. KIRISH. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi barcha sohalarga, shu jumladan ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi nafaqat vositalarning o‘zgarishiga, balki o‘qitish metodologiyasi, pedagogik yondashuvlar hamda ta’lim berish va olish madaniyatining tubdan yangilanishiga olib keldi [1]. Bugungi kunda "raqamli ta’lim muhiti" tushunchasi oddiy texnologik vositalar to‘plamidan ancha kengayib, butun bir ekotizimga aylandi. Raqamli ta’lim muhiti - bu shunday muhitki, unda ta’lim jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi [2]. Bu muhit o‘z ichiga elektron resurslar, onlayn kurslar, masofaviy ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar, simulyatorlar, VR/AR texnologiyalari, sun’iy intellekt tizimlari va boshqa ko‘plab vositalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan "Raqamli O‘zbekiston" strategiyasi va "Milliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" doirasida ta’lim sohasida raqamli transformatsiya jarayonlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda [3]. Raqamli ta’lim muhitini shakllantirish, sifatli elektron ta’lim resurslarini yaratish va ulardan samarali 9 foydalanish, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini oshirish - bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Ushbu maqolaning maqsadi raqamli ta’lim muhitining zamonaviy imkoniyatlarini tahlil qilish, uni shakllantirish va rivojlantirish yo‘llarini o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston sharoitida raqamli ta’limni joriy etishning xususiyatlarini aniqlashdan iborat. ADABIYOTLAR TAHLILI. Raqamli ta’lim muhiti va uning imkoniyatlari ko‘plab olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Xususan, M. Prensky [4] "raqamli aborigenlar" va "raqamli immigrantlar" tushunchalarini kiritib, zamonaviy o‘quvchilarning axborot bilan ishlash xususiyatlarini tahlil qilgan. Uning fikriga ko‘ra, bugungi o‘quvchilar (raqamli aborigenlar) ma’lumotlarni qayta ishlashning mutlaqo boshqa uslubiga ega bo‘lib, ular paralel jarayonlarni afzal ko‘radilar va ko‘p vazifali rejimda samarali ishlay oladilar. Rossiyalik olim A.Yu. Uvarov [5] raqamli ta’lim muhitini "o‘quv jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan pedagogik va didaktik shart-sharoitlarni, o‘quv-uslubiy materiallarni, texnik va dasturiy vositalarni o‘z ichiga olgan tizim" sifatida ta’riflaydi. U raqamli ta’lim muhitining uch asosiy komponentini ajratib ko‘rsatadi: texnologik (texnik infratuzilma), mazmunli (elektron ta’lim resurslari) va tashkiliy-pedagogik (o‘quv jarayonini boshqarish tizimi). Xalqaro miqyosda YUNESKO [6] raqamli ta’lim muhitini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqqan, unda ta’kidlanishicha, raqamli texnologiyalar ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishi, ta’lim sifatini oshirishi va ta’lim boshqaruvini samarali qilishi mumkin. AQSH olimi M. Horn [7] aralash ta’lim (blended learning) konsepsiyasini rivojlantirib, raqamli ta’lim muhitida an'anaviy va masofaviy ta’limning samarali kombinatsiyasini taklif etadi. Uning

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola zamonaviy raqamli ta’lim muhitining imkoniyatlari, uning ta’lim jarayoniga ta’siri va kelajakdagi rivoji haqida tahliliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola zamonaviy raqamli ta’lim muhitining imkoniyatlari, uning ta’lim jarayoniga ta’siri va kelajakdagi rivoji haqida tahliliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digital educational environment, distance learning, electronic educational, masofaviy o‘qitish, raqamli ta’lim muhiti, natija., samaradorlik, platforma, hamkorlik, innovatsion pedagogik texnologiyalar, elektron ta’lim resurslari, rivojlantirish, yondashuv, raqamli kompetensiyalar, individuallashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники