К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA AXBOROTNI QAYTA ISHLASH UCHUN MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISH

SHAROFOV O’TKIRBEK · Raqamli Iqtisodiyot · Axborot Texnologiyalari fakulteti

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Zamonaviy axborot texnologiyalari tez rivojlanayotgan soha boʻlib , ularning texnik va dasturiy vositalari kundalik hayotimizda muhim oʻrin egallaydi. Texnik vositalar masalan, kompyuterlar, smartfonlar va serverlar, malumotlarni tez , samarali va aniq qayta ishlash imkonini beradi. Doasturiy vositlar esa foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni boshqarish, tahlil qilish va ulardan foydalanish jarayonini soddalashtiradi. Ushbu texnologiyalar ta’lim, sogʻliqni saqlash, biznes va boshqa sohalarda innovatsiyalarni ta’minlab, global rivojlanishga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Kalit soʻzlar: Axborot texnologiyalari, Dasturiy vositalar, Kompyuterlar, Smartfonlar Ma’lumotlarni qayta ishlash, sun’iy intellekt, Innovatsiyalar, Biznes, Rivojlanish, Global oʻzgarishlar, Texnik vositalar va Foydalanuvchi tajribasi. Mavzuzuning dolzarbligi: Kundalik hayotimizda turli koʻrinishdagi axbototlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, rasmli va boshqa axborotlar bilan ishlashga toʻgʻri keladi. Axborot texnologiyasi biror obyekt , jarayon yoki hodisalarning holati haqidagi axborotlarni toʻplash , qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi jarayondir. Zamonaviy axborot texnologiyalari shaxsiy kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanilgan holdagi zamonaviy muloqotni oʻrnatuvchi axborot texnologiyasi hisoblanadi. Bugungi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) va mobil ilovalar iqtisodiyotning turli sohalarida yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Oʻzbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy axborotni qayta ishlash jarayoni mobil ilovalar yordamida samarali amalga oshirilmoqda. Mobil texnologiyalar va axborot tizimlarining tezkor rivojlanishi iqtisodiyotdagi jarayonlarni avtomatlashtirish, shuningdek, ma’lumotlarni tez va aniq qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirgan. Bu esa, o’z navbatida, biznes va iqtisodiyot sohalarida innovatsion yondashuvlarni qo’llashga, resurslarni samarali boshqarishga va iqtisodiy qarorlarni qabul qilish jarayonlarini tezlashtirishga yordam beradi. Mobil ilovalar iqtisodiy axborotni qayta ishlashda muhim vosita sifatida paydo boʻlgan. Ular foydalanuvchilarga turli ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish, prognoz qilish va qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Iqtisodiyotdagi mobil ilovalardan foydalanish imkoniyatlari faqatgina ma’lumotlarni tez va samarali yig’ish bilan cheklanmay, balki ulardan olingan natijalarni iqtisodiy jarayonlarga tatbiq etishning yangi yoʻllarini taqdim etadi. Bu jarayon iqtisodiyotda optimallashtirish, raqobatbardoshlikni oshirish, hamda biznes strategiyalarini yaratish uchun katta ahamiyatga ega. Mobil ilovalar iqtisodiy axborotni qayta ishlashda bir nechta asosiy sohalarda samarali ishlatilmoqda. Ular, birinchi navbatda, ma’lumotlarni tezkor yig’ish va tahlil qilish imkonini beradi. Masalan, moliyaviy xizmatlar, tijorat faoliyati, savdo va logistikada mobil ilovalar yordamida ma’lumotlar real vaqt rejimida yig’iladi va qayta ishlanadi. Bu esa, oʻz navbatida, 47 boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yordam beradi. Misol uchun, tijorat tashkilotlari mobil ilovalar yordamida mijozlarning ehtiyojlarini kuzatish, ularga yangi mahsulot va xizmatlar taklif qilish, hamda ularning xarid qilish odatlarini tahlil qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Ikkinchidan, mobil ilovalar iqtisodiy jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Bugungi kunda biznesdagi ko’plab jarayonlar, masalan, inventarizatsiya, soliq hisobi, xarajatlar monitoringi, va mijozlarga xizmat ko’rsatish jarayonlari mobil ilovalar orqali tez va samarali amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarning avtomatlashtirilishi biznes resurslarini tejashga, ish samaradorligini oshirishga va inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytirishga yordam beradi. Yana bir muhim jihat, mobil ilovalar yordamida iqtisodiy tahlillarni amalga oshirish va prognoz qilish imkoniyatining mavjudligi. Mobil ilovalar yordamida iqtisodiy ko’rsatkichlar real vaqt rejimida monitoring qilinishi mumkin. Bu esa tashkilotlarga va korxonalarga tezda bozor oʻzgarishlariga moslashish, prognozlarni yangilash va yangi strategiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Masalan, mobil ilovalar yordamida xarid qilish va sotish jarayonlarini, bozor talabini tahlil qilish, shuningdek, raqobatchilarni oʻrganish kabi jarayonlar osonlashtiriladi. Shuningdek, mobil ilovalar axborotni vizual tarzda taqdim etish imkoniyatlarini ham yaratadi. Iqtisodiy ma’lumotlar va ko’rsatkichlar grafikalar, diagrammalar va boshqa vizual formatlarda taqdim etiladi, bu esa foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni yaxshiroq anglash va tahlil qilish imkoniyatini taqdim etadi. Bunday vizualizatsiya yordamida iqtisodiy tahlilchilarga va menejerlarga osonlik bilan muhim xulosalar chiqarish va qarorlar qabul qilish osonlashadi. Mobil ilovalar yordamida iqtisodiy jarayonlarni samarali boshqarish va optimallashtirish. Mobil ilovalar nafaqat axborotni yig’ish va tahlil qilish, balki iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va optimallashtirishda ham juda samarali vosita hisoblanadi. Ma

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy axborot texnologiyalari tez rivojlanayotgan soha boʻlib , ularning texnik va dasturiy vositalari kundalik hayotimizda muhim oʻrin egallaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy axborot texnologiyalari tez rivojlanayotgan soha boʻlib , ularning texnik va dasturiy vositalari kundalik hayotimizda muhim oʻrin egallaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kompyuterlar, Global oʻzgarishlar, Biznes, Smartfonlar Ma’lumotlarni qayta ishlash, Texnik vositalar va Foydalanuvchi tajribasi., Axborot texnologiyalari, Rivojlanish, Dasturiy vositalar, sun’iy intellekt, Innovatsiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники