Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TAJRIBAVIY GIPODINAMIYA HOLATIDA MIOKARDNING MORFOLOGIYASI
Odilbek Matkarimov · Sayyora Axmedova · Norbek Niyozov · Toshkent tibbiyot akademiyasi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Assessment of the nature of morphometric and morphological changes in the heart myocardium during experimental hypodynamia. After experimental hypodynamia, the area of cardiomyocyte cells decreases by 7.9-13.6% compared to the control group of white laboratory rats. An increase in the area of wall thickness and a decrease in the area of the stroma of arterioles and capillaries were detected, which was accompanied by an increase in the Wogenworth index in arterioles by 93.0% and in capillaries by 57.3%. An increase in individual parts of the basement membrane was detected. An increase in the myocardial layer compared to the norm led to morphological changes in the heart. Keywords: heart, myocardium, cardiomyocyte, hypodynamia. Dolzarbligi. Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, yurak qon-tomir kasalliklari butun dunyo xalqlari orasida o‘limning asosiy sabablaridan biri bo‘lib kelmoqda. 2016-yil ma’lumotiga ko‘ra, yurak qon-tomir kasalliklaridan 17.9 million inson vafot etgan bo‘lib, bu dunyodagi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning barcha o‘lim holatining 44%ni tashkil qiladi [Butun jahon SSV ma’lumoti 2016-yil]. Har yili Respublikamizda yurak qon-tomir kasalliklari bilan kasallanish darajasi barqaror o‘sishi va yosharib borishi kuzatilmoqda. Ilmiy adabiyot ma’lumotlarga ko‘ra, aholining yuqori 338 May, 2025-Yil yosh kontingentining 20-25% ida qon bosim kasalligi kuzatilgan bo‘lib, 11% ida yurak ishemik kasalligi, 1% ida esa miokard infarkti uchraydi. Davlat statistika qo‘mitasining 2019-yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yurak qon-tomir kasalliklaridan o‘lim ko‘rsatkichi 62,1% dan, nogironlikning ulushi esa 25% dan yuqori ekanligi kuzatilgan [O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumoti 2019-yil]. Bugungi kunda gipodinamiya zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan bo‘lib hisoblanadi. Bularning kelib chiqishiga fizik, fiziologik va ijtimoiy sabablar olib kelishi mumkin. Bundan tashqari travma va bir qator kasalliklar bemorlarda tayanch harakat tizimining faoliyatini cheklashga olib kelishi mumkin. O‘sib kelayotgan organizmning kamharakatsizlik holatida ichki a’zolarning morfologik o‘zgarishlari dolzarb bo‘lib, kompyuterning hayotga jadal kirib kelishi, video o‘yinlarning rivojlanishi, kamharakat hayot tarzi o‘sib kelayotgan organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Gipodinamiya ayniqsa yurak-qon tomir tizimiga taʼsir qiladi yurak qisqarishining kuchi zaiflashadi, ish qobiliyati pasayadi, tomirlar tonusi pasayadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, harakatsiz turmush tarzi inson tanasi uchun tibbiy xavflarning oshishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda ekspertlarning ta’kidlashicha, harakatsiz turmush tarzi chekishdan ko‘ra sog‘liq uchun ko‘proq xavf tug‘diradi. So‘nggi 10-15 yil ichida turli xil kasalliklarning paydo bo‘lishining eng keng tarqalgan xavf omillari orasida motor faolligini cheklash gipodinamiyaga sabab bo‘ladi. Gipodinamiyaning keng tarqalganligi va sabablarining xilma-xilligi tufayli bu bizning davrimizning eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, juda katta umumiy biologik va ijtimoiy ahamiyatga ega. Gipodinamiya natijasida yuzaga keladigan yurak kasalliklari erkaklarning 52 foizida va ayollarning 28 foizida o‘limga olib keladi. Gipodinamiya 35 va undan katta yoshdagi odamlar o‘limining 20 foiziga sabab bo‘ladi. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental qandli diabet sharoitida miyokardning strukturaviy va funksional holatini va uning mikrotomirlaridagi o‘zgarishlar xarakterini aniqlash. Materiallar va tadqiqot usullari. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun 60 nafar jinsiy yetuk oq laboratoriya kalamushlarning yurakgi o‘rganildi. Oq laborator kalamushlarini 2 ta guruhga ajratildi. Birinchi guruh nazorat guruhidagi kalamushlarni yetilgan intakt kalamushlar tashkil qiladi. Ikkinchi guruhimizda laboratoriya kalamushlar maxsus qafasga joylashtirilgach tajribaviy qandli diabet chaqirish uchun 100 gr tana og‘irligiga nisbatan 6 mg miqdorda streptozototsin qorin bo‘shlig‘iga yuboramiz va har kuni dum venasidan qon olinib qand miqdori o‘lchab boriladi. Gistologik tekshiruvlar uchun yurakdan to‘qimalar olindi. Yurak to‘qimasi 10% li formalin eritmasida fiksatsiya qilinib, spirtda suvsizlantirildi va parafinli bloklar tayyorlandi. 339 May, 2025-Yil Tayyorlangan parafinli bloklardan 8-12 mkmlik gistologik preparatlar tayyorlanib, gematoksilin- eozin usulida bo‘yaldi. Tajribadan 30 va 60 kun o‘tib kalamushlar jonsizlantiriladi. Tajribalar va hayvonlarni dekapitatsiya usulida jonsizlantirish “Eksperimentlar va boshqa ilmiy maqsadlarda ishlatiladigan umurtqali hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha Evropa konvensiyasi”ga muvofiq amalga oshirildi (Strasburg, 1985). Qalinligi 8-10 mikron bo‘lgan rotorli mikrotomda tayyorlangan gistologik kesmalar gematoksilin-eozin bilan standart usulda bo‘yalgan [Volkova O. V. V., Yeletskiy yu.K., 1982]. Natijalar va muhokama. Kalamush yuragi ko‘krak qafasi (thoracis) bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, anatomik jihatdan inson yuragining joylashuviga o‘xshash, lekin ba’zi farq
Доказательный фрагмент
«Assessment of the nature of morphometric and morphological changes in the heart myocardium during experimental hypodynamia.»
Образец извлечения
Демо-превьюAssessment of the nature of morphometric and morphological changes in the heart myocardium during experimental hypodynamia. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- heart, myocardium, cardiomyocyte, hypodynamia, yurak, gipodinamiya., miokard, kardiomiotsit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025