К содержанию
РецензированоUZ2025

MIRZO ULUG'BEK TANGASI VA ILMIY MEROSI

Salimov Baxrom · Voxidov Axmad

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola Mirzo Ulug'bekning iqtisodiy va ilmiy merosini tangalar zarbi orqali yoritishga bag‘ishlangan. Ulug'bek O‘rta Osiyo tarixidagi yirik olim va hukmdor sifatida nafaqat astronomiya va matematika sohalarida, balki iqtisodiy rivojlanishda ham muhim rol o‘ynagan. Kalit so'zlar: Mirzo Uluĝbek tangalarining xususiyatlari, tangalar zarb qilinishining maqsadi, arxeologik dalillarni taxlil qilish. Kirish: Mirzo Ulug'bek (1394–1449) – O'rta Osiyo tarixidagi buyuk hukmdor va olimlardan biri bo'lib, u ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda katta rol o'ynagan. Ulug'bekning davlat boshqaruvi va ilmiy ishlari bilan birga, Samarqandda tangalar ham zarb qilingan, bu o'z davrida iqtisodiy va madaniy jihatdan muhim ahamiyatga ega edi. O‘zbekiston tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk davlat arbobi, olim va astronom Mirzo Ulug‘bek nomi nafaqat ilm-fan, balki numizmatika – ya'ni qadimgi tangalar va pul belgilarini o‘rganish sohasida ham alohida o‘rin tutadi. XV asrda Movarounnahrning siyosiy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan Ulug‘bek hukmronligi davrida zarb etilgan tangalar, o‘z davrining iqtisodiy, siyosiy va madaniy holatini o‘rganishda noyob manba sifatida qadrlanadi. Ushbu tangalar orqali biz o‘sha davr pul ayirboshlash tizimi, iqtisodiy aloqalar, san’at darajasi, hatto ideologik qarashlar haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Ulug‘bek davrida zarbxonalar faoliyatining jadallashuvi, pul birligining yagona tizimga solinishi va tangalarda ishlatilgan yozuv hamda bezaklar — bularning barchasi o‘zbek numizmatik merosining muhim qismi hisoblanadi. Tangalar faqat moliyaviy vosita bo‘lib qolmay, balki o‘sha davr hukmdorining hokimiyat timsoli, diniy qarashlari, ilohiylik da’vosining aks-sadosi sifatida ham xizmat qilgan. Ayniqsa, Mirzo Ulug‘bek kabi ilm-fan fidoyisi bo‘lgan shaxs tomonidan chiqarilgan tangalar, o‘ziga xos tarixiy va madaniy iz qoldirgan. Arxeologik dalillarni tahlil qilish: Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidan topilgan temuriylar davriga oid mis tangalar tadqiq qilindi. Ularning tarixiy ahamiyati va saqlanish holati muhokama qilindi. Mirzo Ulug'bekning ilmiy yutug'lari bilan birga, uning tangalari ham tarixda muhim iz qoldirdi. Ulug'bek Samarqandda hukmronlik qilgan davrda, 15-asrning boshlarida o'zining iqtisodiy faoliyatini ham mustahkamladi. Uning hukmronligi davrida Samarqandda ko'plab tangalar zarb qilindi. Bu tangalar ulug'bekning siyosiy va iqtisodiy qudratini, shuningdek, o'zining ilmiy ishlari va madaniy merosini ommalashtirish maqsadida zarb etilgan. Mirzo Ulug'bek Tangalarining Xususiyatlari: Mirzo Ulug'bek tangalari o'zining estetik va san'at jihatdan yuksak sifati bilan ajralib turadi. Tangalar ustida ulug'bekning ismi va uning hukmronligi davri haqida yozuvlar mavjud. 1 13 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Samarqandda zarb qilingan tangalar ko'pincha "Samarqand" nomi bilan tanilgan bo'lib, ularning yuzasida ulug'bekning tasviri, shuningdek, arabcha yozuvlar joylashgan. Bu tangalar turli xildagi o'lchamlarga ega bo'lib, ular shuningdek, metalldan qilingan va tasvirlari tasviriy san'atning yuqori darajada rivojlanganligini ko'rsatadi. Samarqandda zarb qilingan tangalarda ko'pincha "Shahriyori Samarqand" degan yozuv ham mavjud bo'lib, bu o'z navbatida Samarqandning iqtisodiy va madaniy markaz sifatida roli haqida ma'lumot beradi. Tangalar Zarb Qilishning Maqsadi: Ulug'bek Samarqandda tangalar zarb qilishni davom ettirdi, chunki bu iqtisodiy va siyosiy qudratni namoyish qilish, shuningdek, mamlakatning barqarorligini ta'minlash uchun zarur edi. Tanganing zarbi, shuningdek, mintaqadagi boshqa davlatlar bilan bo'lgan aloqalarni mustahkamlash maqsadida ham amalga oshirilgan. Tangalar orqali davlatning hukmdori o'zining kuchini va yirik madaniyatini ko'rsatib, xalqining ishonchini qozonishga intilgan. Xulosa: Mirzo Ulug'bekning tangalari O'rta Osiyo tarixining bir qismi bo'lib, ularning zarb qilinishi faqat iqtisodiy faoliyatni emas, balki ilm-fan, madaniyat va siyosiy hokimiyatni ham mustahkamlashga qaratilgan edi. Ulug'bekning tangalari o'z davrining yuqori san'ati va iqtisodiy rivojlanishini ko'rsatadi, shuningdek, uning davlat boshqaruvi va ilmiy ishlari bilan birgalikda yuksak ahamiyatga ega. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida temuriylar davriga oid mis tangalar topilganligi “Bu mis tangalarning metall sifatida ahamiyati kam bo‘lishi mumkin, ammo tarixiy ahamiyati yuqori. Aslida, temuriylar, xususan, Mirzo Ulug‘bek davrida zarb qilingan bu kabi tanga pullar ko‘p topiladi. Lekin, bu mis tanga pullar anchagina yaxshi saqlangan Daryo qirg‘og‘idan topilgan bu tangalar Ulug‘bek hukmronligining turli davrlarida 1420—1436-yillar oralig‘ida Samarqandda zarb qilingan. Tangalarda olti qirrali yulduz va turli astronomik belgilar aks etgan. Bu hukmdorning o‘zi bevosita ushbu tangalarni zarb etishda bosh-qosh bo‘lganligi, o‘sha davrda matematika va astronomiya yuqori darajada rivojl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola Mirzo Ulug'bekning iqtisodiy va ilmiy merosini tangalar zarbi orqali yoritishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola Mirzo Ulug'bekning iqtisodiy va ilmiy merosini tangalar zarbi orqali yoritishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mirzo Uluĝbek tangalarining xususiyatlari, tangalar zarb qilinishining, tangalar zarb qilinishining maqsadi, arxeologik dalillarni taxlil qilish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники