Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XVIII – XIX ASR OXIRIGACHA DAVRDA SHIMOLIY SURXON VOHASIDAGI BEKLIKLARNING MA’MURIY-HUDUDIY BO’LINISHI
BEKLIKLARNING MA’MURIY-HUDUDIY BO’LINISHI · Boynazarova Dilfuza Saʼdullayevna · Xidrasha (Xidirsho)
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
In Surkhan Oasis, however, there were stations such as Sherabad, Denov, Boysun, Sarijoy and Yurchi, and these were tshkililildi yugatli at different times. And in this article we will research the stations located in the northern part of the Surkhan Oasis. Keywords: Sherabad, Denov, Boysun, Sarijoy, Yurchi, Sina, Qarluq, Poshindara, Khidrasha (Khidirsho), Durmon and Gardaqurgan. Buxoro amirligi XVIII - XIX asrlarda ma’muriy-hududiy jihatdan bekliklarga (viloyat) bo’lingan. Buxoro amirligining sharqiy hududllari va budungi Surxondayo viloyati hududlari ilmiy adabiyotlarda “Sharqiy Buxoro yerlari” deb nomlangan. Buxoro amirligi qo‘shbegisining 1915-yilgi ma’lumotiga ko‘ra, Sharqiy Buxoroda Boysun, Sherobod, Sarijo‘y, Dehnov, Hisor, Qo‘rg‘ontepa, Baljuvon, Ko‘lob, Darvoz bekliklari joylashgan bo‘lib, ular “viloyat” deb atalgan. Har bir viloyat amlokdorliklarga bo‘lingan. Surxon vohasida esa Sherobod, Denov, Boysun, Sarijo’y va Yurchi kabi bekliklar bo’lgan va bular turli davrlarda tshkil etilib yugatilib turilgan. Ushbu maqolada esa Surxon vohasining shimoliy qismida joylashgan bekliklarni tadqiq qilamiz. Surxon vohasining Denov bekligi XVI - XVII acp o‘rtalarida Buxoro amirligining Hisor hokimligi mulki hisoblangan. Rus sayyohi A.Mayev Hisor o‘lkasi 9 beklikka bo‘lingani haqida ma’lumot bergan. Sayyohning ta’kidlashicha, quyidagi bekliklar bo‘lgan: Boysun, Sherobod, Denov, Yurchi, Hisor, Baljuvon, Ko‘lob, Qo‘rg‘ontepa, Qabodiyon va Darband. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Hisor mustaqil mulklik bo‘lgan davrda ham uning siyosiy- ma’muriy markazi Surxon vohasi edi. Denov vohadagi eng qulay geografik hududda joylashgan, iqlimi, suv resurslari dehqonchilik qilish uchun nihoyatda qulay, sarhadlari Hisortog‘ qo‘ltiqlarigacha cho‘zilgan iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega beklik edi. Shu sababli ko‘plab tarixchi. sharqshunos, tadqiqotchilar Denovning strategik o‘rniga yuqori baho berganlar. 1 13 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Topograf L.F.Kostenkoning yozishicha: «Denov Hisor o‘lkasining mahalliy aholi markazlari bilan bog‘lanadigan qulay hududda joylashib, inchunun, Surxon voha sining yuqori oqimidagi butun aholi yashaydigan markazlarni bog‘laydigan boy madaniy taraqqiyotga ega, hosildor tuproqli joy». Polkovnik D.N.Logofet yozadi: «Denov Hisor o‘lkasidagi yirik, ahamiyatli, mashhur shaharlardan biridir. Eng muhimi, birinchidan, harbiy qal’a sifatida butun vohaning janubidagi himoya tayanchi bo‘lsa, ikkinchidan, savdo shahri sifatida ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Uchinchidan, Hisor o‘lkasining beklik markazi sifatida faoliyat ko‘rsatadi». Hisor o‘lkasi Buxoro amirligi kuch-qudratli bo‘lgan davrda unga bo‘ysungan, kuchsizlangan vaqtda birdaniga o‘z mustaqilligini e’lon qilgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, amir Nasrullo tomonidan Denov begi etib Abdulkarim dodxoh tayinlangan. Amir rus qo‘shinidan mag‘lubiyatga uchrab, kuchsizlangan vaziyatda unga bo‘ysunishni istamagan. Umuman, Buxoro amiriga qarshi harakat markazida hamisha Denov shahri turgan. Sherobod bekligidagi singari Denov bekligida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli amloklik soni o‘zgarib turgan. XVIII asr ikkinchi yarmidan XІX asr o‘rtalariga qadar beklikda quyidagi amlokliklar bo‘lgan: Sina, Qarluq, Po‘stindara, Xidrasha (Xidirsho), Do‘rmon va Gardaqo‘rg‘on. Amlokliklarda quyidagi miqdorda aholi yashagan. Sina 1130 xo‘jalik, 5650 kishi, Qarluq 610 xo‘jalik, 3050 kishi, Po‘stindara 365 xo‘jalik, 1775 kishi, Xidirsho 485 xo‘jalik, 2425 kishi, Do‘rmon 295 xo‘jalik, 1475 kishi, Gardiqo‘rg‘on 325 xo‘jalik, 1475 kishi, jami 4595 xo‘jalik, 25525 kishi. Gardiqo‘rg‘on amlokdorligi Denov shahrining rabotini ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun Denov shahrida 90 xo‘jalik turgan, unga qal’a ahli ham kirgan. Denov bekligining Qarluq amlokdorligidagi Mirshodi qishlog‘i tarixiy manbalarda ko‘p tilga olingan. Avvalambor, u Boysun Denov yo‘lida joylashgan. Qishloqda chorva mollari bozori bo‘lib, Janubi-Sharqiy Tojikistondan mollar olib kelingan. Bu yerga nafaqat Buxoro, balki butun O‘rta Osiyodan chorva mollari xarid qilishga savdogarlar kelishardi. Sabab, chorva mollari narxi uncha yuqori bo‘lmagan. Masalan, 1889 yili qo‘y 20-30 tanga, echki 15-20 tanga, yirik shoxli mol 40-50 tanga, ot 120-150 tanga, tuyalar 250-350 tanga sotilgan. XІX asr o‘rtalariga qadar mavjud bo‘lgan beklardan biri Yurchidir. Yurchi Denovdan 8 km shimolda joylashgan. Yurchi turkcha «yo‘l boshlovchi» yoki «oqsoqol» degan ma’noni anglatadi. Bu yerda dehqonchilik qilish uchun Xo‘jaipok suvidan foydalanilgan. Beklik amlokliklari haqida manbalarda quyidagi ma’lumot berilgan. Arxeolog olim Z. Xoliqov Sangardak, Poshor, Chambuloq, O‘rtaqo‘ri, Yurchi shahri, Y.Avazov Sangardak, Poshor, Chambuloq, O‘rtakuri, Yurchi; F.Ochildiyev Sangardak, Poshor, Chambuloq va Yurchi shahrini amlokliklar sifatida keltirib o‘tgan. Umuman, Yurchi bekligi Denov bekligi tarkibiga kirishi arafasida 5 amloklik bo‘l
Доказательный фрагмент
«In Surkhan Oasis, however, there were stations such as Sherabad, Denov, Boysun, Sarijoy and Yurchi, and these were tshkililildi yugatli at different times.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn Surkhan Oasis, however, there were stations such as Sherabad, Denov, Boysun, Sarijoy and Yurchi, and these were tshkililildi yugatli at different times. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sherabad, Denov, Boysun, Sarijoy, Yurchi, Sina, Qarluq, Poshindara, Sarijo’y, Xidrasha (Xidirsho), Sherobod, Po‘stindara, Do‘rmon va Gardaqo‘rg‘on.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025