Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TRANSKRIPSIYA VA TRANSLITERATSIYA
TRANSKRIPSIYA VA TRANSLITERATSIYA · Hulkar O’razboyeva · Dilnura Amanboyeva · Oʻqituvchi: O’lmas Saidov
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada tilshunoslikdagi muhim jarayonlar – transkripsiya va transliteratsiya tushunchalari, ularning o‘zaro farqlari, amaliy qo‘llanilishi va oʻzbek tilidagi oʻrni yoritiladi. Kalit soʻzlar: Transkripsiya, transliteratsiya, oʻzbek tili, fonetik tahlil, fonematik tahlil. Kirish. Transkripsiya lotincha qaytadan degan ma’noni bildiradi. Shevalardagi konkret nutq tovushlarini, ya’ni fonemaning variatsiyalari, variantlarini yozuvda ifodalash uchun qo‘llaniladigan harflar, ishoralar sistemasiga transkripsiya deyiladi. Transliteratsiya esa bir tildagi yozuv qismlarini boshqa bir yozuv tizimidagi mos harflar bilan aks jarayondir. Har ikkalasini bir-birisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tilshunoslikda transkripsiya va transliteratsiya yozuv tizimlari, talaffuz, tarjima bilan bog’liq muhim jarayonlardir. Yozuvda so‘zlashuv nutqi tovushlarini va uning barcha o‘zgarishlarini talaffuz etilishicha mos ravishda to‘liq ifodalab bo‘lmaydi. Bunda u yoki bu tilda mavjud bo‘lgan alfavitdagi belgilar yetarli bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra alfavitga tegishli o‘zgartirishlar kiritish talab qilinadi. Bu belgilar odatda mavjud alfavitdagi harflarning ustidan, yonidan va tagidan shartli belgilar qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi yoki boshqa alfavitdan shartli ravishda belgi (harf) qabul qilinadi. Transkripsiya bilan transliteratsiya o‘zaro mustahkam bog`liqdir. Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki ma‘lum bir matnni nashr etishda shu yodgorliklarning yozuv tizimini orqali ifodalash transliteratsiya deyiladi. Masalan, arab yozuvidagi yozma manbani hozirgi amalda Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 69 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bo‘lgan yozuv tizimi bilan berish kabi. Qiyosiy va tarixiy grammatika, filologik lug`atlar tasvirini izohlashda va nashr etishda transliteratsiyadan foydalaniladi. Tilshunoslik fanida transkripsiya muhim o‘rin tutadi. Yozuvning o‘zgarishi yangi transkripsiya tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Bunda ikkita muhim vazifani hal etish dolzarb bo‘lib turibdi. Birinchisi, zamonaviy yozuv texnikasi (kompyuterlar)ning imkoniyatlarini hisobga olgan holda yangi yozuvga mos hamda muvofiq keladigan mukammal transkripsiya (fonetik yozuv) yaratish bo‘lsa, ikkinchisi, transkripsion belgilar tizimi yuzasidan bir to‘xtamga kelish, qat`iylashtirishdir. Ular turli tillar va yozuvlari, ilmiy tadqiqot, tarjima ishlari, hujjatlar va texnologiya rivojida katta joyga ega bo‘ladi. Transkripsiya asosida fonetik va fonologik tahlilarda qo‘l. U, asosan, tillar talaffuzini o‘rganishda, chet tillarni o‘rganishda talaffuzni to‘g’ri o‘zlashtirishga, ovoz tizimlarini tadqiq qilishda, matnlarni nutqqa yaratish va elementlar muhimida rol o‘ynaydi. U yozuv tizimlarini o‘zgartirish va standartlashtirishda, tarixiy hujjatlarni zamonaviy alifboga moslashtirishda, xalqaro standart hujjatlarda, pasport, diplom, rasmiy hujjatlar uchun shaxsiy yozuvlar o‘girishlarni boshqarishda. Transkripsiya – talaffuzga raqobat bo‘lib, lingvistik, fonetik tahillar va talaffuzni standartlashtirish uchun muhim. Fonematik transkripsiya har bir soʻzni fonema tarkibiga koʻra aks ettiradi, bunda kucheiz pozitsiyalarda paydo boʻladigan variantlar aks ettirilmaydi. Ushbu transkripsiyaning prinsipiga koʻra, har bir fonema, pozitsiyasidan qatʼi nazar, doimo ayni bir belgi bilan aks ettiriladi. Fonematik transkripsiyadafonetik transkripsiyaga qaraganda kamroq belgi ishlatiladi, chunki fonemalar miqdori doimo variantlar miqdoridan kam boʻladi. Amaliy transkripsiya muayyan milliy alifbo vositalari orqali boshqa tillardagi atokli otlar, terminlar, maxsus nomlar va shu kabi tarjima qilinmaydigan soʻzlarni aks ettiradi va shu yoʻl bilan ularni qabul qiluvchi tilning bosma matnlariga kiritadi. Amaliy transkripsiya qabul qiluvchi til alifbosidagi belgilar chegarasidan chiqmaydi, lekin belgilarning ayrim gʻayriodatiy qoʻllanishlariga yoʻl qoʻyadi. Amaliy transkripsiyaga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri qabul qilinayotgan birlikning Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 70 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT talaffuzini imkon qadar aniq saqlab qolishdir. Shu bilan birga, amaliy transkripsiya soʻzning morfem tuzilishini, uning grafik xususiyatlari va boshqa ni saqlab qolishi hamda muayyan soʻzning oson oʻzlashishini taʼminlashi kerak. Turkalogiyada ikki xil transkripsiya qabul qilingan. Biri kiril alifbosi negizidagi, ikkinchisi esa lotin alifbosi negizidagi.So‘ngi chog’larda hatto rus turkalogiyasida ham lotin yozuvi asosidagi transkripsiya keng ishlatilmoqda. Matnni transkripsiyaga o‘girishda avvalo asarning fonetik xususiyatlarini, asarning tovishlar tizimini yaxshi bilmoq kerak. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi [a] unlisi o‘rnida yozma yodgorliklar tilidagi ikki fanema qo‘llangan:yo‘g’on talaffuzli so‘zlar orqa qator [a], ingichka talaffuzli so‘zlarda esa old qator [a] ishlatilgan. Bularning har ikkovi ma’no farqlash xususiyatiga ega.Masalan ilk o‘rta asrlar manbalarida ab-,,ov’’ ingichka unli bilan talaffuz qilinsa uy so‘zi anglashiladi.Yoki at-ot(yilqi) yoki ,,ism’’ in
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tilshunoslikdagi muhim jarayonlar – transkripsiya va transliteratsiya tushunchalari, ularning o‘zaro farqlari, amaliy qo‘llanilishi va oʻzbek tilidagi oʻrni yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tilshunoslikdagi muhim jarayonlar – transkripsiya va transliteratsiya tushunchalari, ularning o‘zaro farqlari, amaliy qo‘llanilishi va oʻzbek tilidagi oʻrni yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transliteratsiya, fonematik tahlil., oʻzbek tili, Transkripsiya, fonetik tahlil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014