Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UYNI JIHOZLASH USULLARI
UYNI JIHOZLASH USULLARI · Ibrohimov Diyorbek Sirojiddin oʻgʻli · Nilufar Zuhriddinova Nusrat qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Каждая семья обставляет свои комнаты по-своему, исходя из своих потребностей, возможностей и понимания. При меблировке помещений важную роль играют количество, размер и пропорции комнат, размер и форма дверей и окон, количество дневного света, проникающего в комнаты, и т. д. В этой статье рассматриваются методы обустройства дома. Ключевые слова: дом, оборудование, мебель, гарнитур, прихожая, гостиница, отделка, лак. ANNOTATION: Each family furnishes rooms in its own way, depending on its needs, possibilities and understanding. The number, size, mutual proportions of rooms, the size and shape of doors and windows, the amount of daylight entering the rooms, etc. play a major role in furnishing rooms. This article discusses methods of furnishing a house. Keywords: house, equipment, furniture, set, hallway, hotel, decoration, varnish. Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 16 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT KIRISH. Mebellarni joylashtirish, xonalarning ichini bezash uy egalarining didi, uquvi va ma’lum darajada fe’liga bog‘liq. Xonalar qulay, shinam bo‘lishi uchun nimalar qilish, qanday jihozlar olish va ularni qanday joylashtirish, ularning hajmi, shakli, bezagi, rangi qanday bo‘lishi kerakligini odatda oldindan o‘ylab ko‘riladi. Xonalar mebellar va turli buyumlar bilan qalashtirib tashlanmagani ma’qul. Har bir jihozning o‘z o‘rni borligi, ular boshqa buyumlar va xonaning o‘zi bilan mutanosib bo‘lishi lozim. Xonalardagi mebel, jihozlar bir garnituradan bo‘lishi, bir to‘plamni tashkil etishi yoki zamonaviy bo‘lishi shart emas. Lekin hamma jihozlar shakli, hajmi, bezagi, rangi bilan bir-biriga uyg‘un, mos bo‘lmog‘i kerak. Xonani jihozlashda har bir narsa mebel, badiiy mato, chiroq, gilam, amaliy san’at namunalari, turli to‘shamalar ma’lum bir maqsadga xizmat qilishi, xona ichiga fayz kiritishi lozim Sandiq, xontaxta kabi milliy mebellar mahalliy sharoitga muvofiqligidan o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ayniqsa qariyalar xonasini sandiq, xontaxta kabilarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Odatda, sandiq xonaning bir burchagiga qo‘yiladi, ustiga ko‘rpa-yostiq yig‘iladi. Ko‘pincha, to‘g‘ri to‘rtburchak, ba’zan kvadrat, doira, oval shaklida ishlangan xontaxta xonaning o‘rtasiga yoki bir chetiga qo‘yiladi, atrofiga ko‘rpacha tashlanadi. Xontaxta va uning ustiga tashlanadigan dasturxon rangi bilan parda va devorning rangi bir-biriga muvofiq bo‘lishiga ahamiyat berilsa xona chiroyli ko‘rinadi. Mebelning barcha jihozlari yog‘ochning bir turidan tayyorlana-di yoki bir xil pardoz beriladi. Xona ichida ranglarning yaxlitligiga erishish uchun yumshoq mebellar bir xil mato bilan qopla-nishi, deraza pardalarining rangi ham xona ichidagi jihozlar rangiga mutanosib bo‘lishi kerak. Dahliz. Dahlizning asosiy jihozi kiyimilgich. Tor daxlizlar uchun qozig‘i yoki ilmog‘i bo‘lgan kiyimilgichlar qulay. Yuqori qismi bosh kiyimlarga mo‘ljallangan polga qo‘yiladigan kiyimilgichlar ham bor. Bolalar uchun kiyimilgichlar tayyorlash mumkin, sumka, soyabon va boshqa narsalar uchun ham ilgaklar qo‘yiladi. Buning Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 17 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT uchun devorga tik (vertikal ) qoqilgan taxtalarga oralig‘i 25—30 sm qilib, gorizontal yo‘nalishda ensiz taxtalar qoqiladi. Shu taxtalarga ilgaklar qo‘yiladi. Kiyim ilgichni moy bo‘yoq, emal, rangsiz lok bilan bo‘yash mumkin. Agar joy bemalol bo‘lsa, kiyim g‘ijimlanmasligi uchun kiyimosgichlardan foydalanish kerak. Kiyimilgichning ilgagi yer sathidan 190-200 sm balandlikda bo‘lishi kerak. Uning quyi qismida oyoq kiyimlari uchun tokcha bo‘ladi. Ko‘zgu dahlizning zarur jihozi hisoblanadi. Ko‘zgu foydalanish qulay bo‘lgan joyga o‘rnatilgani yaxshi. Uning yoniga taxta tokcha yoki pardoz-andoz buyumlari uchun stolcha qo‘yilishi lozim. Hajmi uncha katta bo‘lmagan ko‘zgular esa — to‘g‘ri to‘rtburchak, yumaloq, oval shakllardagi bezakli yog‘och yoki metall romlarga o‘rnatilgan bo‘lsa chiroyli ko‘rinadi. Daxdizda qurilma shkaflardan ham foydalanish mumkin. Mehmonxona. Umumiy xona, odatda, eng keng xona bo‘lib, undan umumiy oilaviy dam olish, mehmon kutish uchun foydalaniladi. Bu xonaning vazifasi ko‘p bo‘lganligi uchun uni jihozlashga alohida e’tibor berilishi kerak. Deraza oldi, odatda dam olishga ajratiladi. Shu maqsadda bu yerga divan, pastakkina jurnal stoli, bir yoki ikki kreslo, televizor, radiomagnitofon qo‘yiladi. Xonaning katta-kichikligiga qarab yana servant, bezak ashyolar, kitob javoni qo‘yish mumkin. Mehmon kutiladigan xonada albatta stol, stullar bo‘ladi. Xona keng bo‘lib turishi uchun stol devorga yaqin qo‘yilsa, zarur paytda o‘rtaga olinadi Mehmonxona tor bo‘lsa, stol yig‘ma bo‘lgani ma’qul. Xona o‘z nomi bilan mehmonxona bo‘lgani uchun ham aksariyat shu xona bekalarning didi, ichki madaniyatini namoyon etadi. Shuning uchun ham uni jihozlash va bezashga hamma bekalar ham alohida ahamiyat berishadi. Yotoqxona. Xonalar hajmi va oila a’zolarining soni, tarkibiga qarab yotoqxona, ish kabineti, bolalar xonasi kabilarga ajratiladi. Yotoqxona uchun odatda kichikroq xona ta
Доказательный фрагмент
«Каждая семья обставляет свои комнаты по-своему, исходя из своих потребностей, возможностей и понимания.»
Образец извлечения
Демо-превьюКаждая семья обставляет свои комнаты по-своему, исходя из своих потребностей, возможностей и понимания. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- house, equipment, furniture, set, hallway, hotel, decoration, uy, pardoz, garnitur, mehmonxona, dahliz, jihoz, mebel, lok bo`yoq.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014