К содержанию
РецензированоUZ2025

"TEXNOLOGIK TAʼLIMDA INNOVATSION METODLARNI QOʻLLASHNING SAMARADORLIGI"

QOʻLLASHNING SAMARADORLIGI" · Mamajonova Guluzro Abdurashitovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada texnologik ta’limda innovatsion metodlarni joriy etishning zarurati, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri hamda samaradorligi atroflicha tahlil qilingan. An’anaviy ta’lim shakllaridan farqli ravishda, interfaol va innovatsion metodlar o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirok etishga, mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarni yechishga o‘rgatadi. Xususan, loyiha asosida o‘qitish, “aqliy hujum”, “fikrlar kartasi”, rolli o‘yinlar, “besh barmoq” va “klaster” metodlarining qo‘llanilishi orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari, ijodiy yondashuvi va ijtimoiy faolligi rivojlanishi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yordamida darslarni interaktiv tashkil etish, multimediya vositalari orqali mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatlari ham yoritilgan. Ilmiy-nazariy tahlillar va amaliy kuzatuvlarga tayangan holda, innovatsion metodlarning texnologik ta’lim sifatini oshirishdagi roli asoslab berilgan va tavsiyalar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: texnologik ta’lim, innovatsion metodlar, interfaol yondashuv, loyiha asosida o‘qitish, ijodiy fikrlash, AKT, samaradorlik. Kirish: XXI asrda jamiyatning barcha sohalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar, ayniqsa, ta’lim tizimiga yangicha yondashuvni talab qilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, texnologik ta’lim ham zamon bilan hamnafas bo‘lishi, an’anaviy yondashuvlardan zamonaviy va interfaol metodlarga Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 23 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o‘tishi zarur. Innovatsion texnologiyalar – bu ta’lim jarayonini yanada sifatli tashkil etish, o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda samarali ta’lim berish imkonini beruvchi zamonaviy vosita va usullardir. Bugungi kunda texnologiya fanini o‘qitishda nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, kreativ tafakkurini rivojlantirish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchidan yangilikka ochiqlikni, doimiy izlanishni va pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirishni talab etadi. Interfaol o‘qitish metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, loyihaviy faoliyat, rolli o‘yinlar, o‘yinli texnologiyalar kabi yondashuvlar texnologiya darslarini samarali tashkil etish imkonini beradi. Ayniqsa, bunday usullar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiribgina qolmay, balki ularning mustaqil ishlash, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, ijtimoiy faollik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, texnologik ta’limda innovatsion yondashuvlarni muvaffaqiyatli joriy etish uchun o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasi, ularning zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish darajasi ham katta ahamiyatga ega. O‘quvchilarning ijtimoiy, psixologik va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda dars jarayonini tashkil qilish, ularning har biriga yondashuvni shaxsga yo‘naltirilgan tamoyil asosida qurish bugungi ta’limda dolzarb vazifalardan biridir. Shu asosda, mazkur ishda texnologik ta’lim darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari, ularning samaradorligi va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, maktab ta’limni modernizasiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va Maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 24 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT “O‘zbekiston Respublikasi maktab ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risi” dagi 08.10.2019 yil PF-5847-sonli farmonida keltirilib o‘tilgan.Ta’lim sohasidagi innovatsion texnologiyalar doimiy ravishda rivojlanib, ularning turlari kengayib bormoqda. Innovatsion faoliyat sohasiga,ta’lim berishda axborot texnologiyalariga aloqador dolzarb muammolarning yechimini izlashga o‘z vaqtida F.I.Peregudov munosib hissa qo‘shdi. Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo‘nalish - pedagogik innovasiya va ta’lim jarayonini yangilash g‘oyalarining paydo bo‘lishi natijasida o‘qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo‘nalish «O’qituvchining innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo‘ldi. «Innovatsion faoliyat» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.M

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada texnologik ta’limda innovatsion metodlarni joriy etishning zarurati, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri hamda samaradorligi atroflicha tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada texnologik ta’limda innovatsion metodlarni joriy etishning zarurati, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri hamda samaradorligi atroflicha tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodiy fikrlash, samaradorlik., interfaol yondashuv, texnologik ta’lim, AKT, innovatsion metodlar, loyiha asosida o‘qitish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники