К содержанию
РецензированоRU2025

ADABIY TA’LIMGA INNOVATSION YONDASHUV

o’qituvchisi Qanoatova Nazokatxon Sotvoldi qizi (“University of economics and pedagogy “NOTM) · talabasi Kenjaboyeva Sevara Mirzaorif qizi (“University of economics and pedagogy “NOTM)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье рассматривается, что инновационный подход к литературному образованию является требованием времени. Ключевые слова: глобальное образование, международные стандарты, концептуальный подход, непрерывное образование. Annotation: This article discusses how an innovative approach to literary education is a demand of the times. Keywords: global education, international standards, conceptual approach, lifelong learning. Bugungi kunda ta’lim oldida turgan eng muhim vazifalardan biri o`quvchilarni mustaqil fikrlay oladigan qilib tarbiyalashdan iborat.Xususan, yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng qulay va serunumini tanlay olish ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an`analarimiz ruhida tarbiyalashda o‘zbek adabiyoti fanining tutgan o`rni va imkoniyatlari benihoya kattadir.Bugun yurtimizda kichik bir sohadan tortib xalq turmushi farovonligi uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlardagi o‘zgarishlar, islohotlar shiddat bilan amalga oshirilayotirki, shu Vatanga qondosh har qanday millat Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 392 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kishisi bunday tarixiy o‘zgarishlarga loqayd qarab turolmaydi.Davlatimiz rahbari istiqboldagi taraqqiyotning kafolati ilm ahli va ziyolilar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq ekanini har bir uchrashuv, murojaatlarida ta’kidlab, uning rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun bir qancha qaror va farmonlarni qabul qildi.Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish,ta’lim sohasidagi innovatsiya yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlari belgilab berildi. Bunday islohotlar, ayniqsa yoshlarning maqsadli harakatlariga rag‘bat berish barobarida o‘z kuchiga ishonishni uyg‘otdi. Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida ta’lim tizimi oldida yangi talablar paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, adabiy ta’limga innovatsion yondashuv — yosh avlodni zamonaviy fikrlovchi, estetik didga ega, ijtimoiy faol shaxs sifatida shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. An’anaviy usullar bilan birga, bugungi kun adabiyoti darslarida yangicha, kreativ va interaktiv yondashuvlar zarur. Innovatsion yondashuvning mazmuni Innovatsion yondashuv deganda — ta’lim jarayonini yangilash, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, darslarni interaktiv shaklda tashkil etish tushuniladi. Adabiy ta’limda bu: Matnni tahlil qilishda kreativ metodlardan foydalanish, O‘quvchilarning shaxsiy fikrini shakllantirish, Adabiy obrazlarni chuqur o‘rganish orqali axloqiy-estetik tushunchalarni singdirish, Zamonaviy texnologiyalardan (multimedia, veb-ilovalar, platformalar) foydalanish orqali amalga oshiriladi. Adabiy ta’limda qo‘llaniladigan innovatsion metodlar 1. “B-B-B” usuli (Bilaman – Bilmoqchiman – Bildim): Darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha oldindan bilganlari aniqlanadi, dars davomida bilmoqchi bo‘lgan savollar yuzaga keladi va oxirida o‘zlashtirilgan bilimlar tahlil qilinadi. 2. Klaster usuli: Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 393 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Asar qahramonlari, g‘oyalari yoki syujet tarmoqlari asosida klasterlar tuzilib, o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinadi. 3. Rolga kirish (dramatizatsiya): Asar qahramonlari rolida chiqish qilish orqali o‘quvchi obrazlarni chuqur anglaydi, ifoda ko‘nikmasi rivojlanadi. 4. AKT vositalaridan foydalanish: 1. Slaydlar, video roliklar, 2. QR-kodli testlar, 3. Onlayn viktorinalar (Kahoot, Quizizz) orqali o‘quvchilarning darsga qiziqishi oshiriladi. 5. “Aqliy hujum” usuli: O‘quvchilardan fikr va savollar yig‘iladi, ularning ijodiy salohiyati rag‘batlantiriladi. Innovatsion yondashuvning afzalliklari Darslar samaradorligi oshadi – interaktiv vositalar orqali bilim mustahkam bo‘ladi. Ijodiy fikrlash rivojlanadi – o‘quvchi o‘z nuqtai nazarini erkin ifoda qiladi. O‘quvchi markazga chiqadi – faqat o‘qituvchi emas, balki o‘quvchi ham darsda faol ishtirok etadi. Estetik tarbiya beriladi – adabiyot orqali axloqiy va madaniy qadriyatlar singdiriladi. Bugun boshqa sohalar qatorida adabiy ta’limda uzoq yillar samara bergan metod va usullar, an’anaviy yondashuvlarni saqlagan yoki rivojlantirgan holda global ta’lim metodlaridan milliy strategik maqsadlarimizga moslarini tanlab, ularni bosqichma-bosqich joriy qilish orqali adabiyot o‘qitish metodikasini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqish vaqti keldi.Professor S.Matjonning «Kitob o‘qishni bilasizmi» nomli kitobida kitobxonlik madaniyati haqida so‘z yuritiladi: «Siz darsliklardan hayot va uning qonuniyatlari haqidagi bilimlar bilan tanishasiz, ulami aql kuchi bilan qabul qilasiz,xotirangizda qayd etasiz.Ammo bu bilim va xulosalar hissiyotingizga zarracha ta ’sir ко ‘rsatmaydi.Badiiy asami о ‘qiganda sizdagi Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 394 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bu «loqaydlik» faol munosabatga almashinadi. Qalbingiz cheksiz shodlikga chulg‘anadi - ruhlanasiz, g‘azablanasiz,iztirob chekasiz.Chunki и qalb dardi tufayli

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается, что инновационный подход к литературному образованию является требованием времени.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается, что инновационный подход к литературному образованию является требованием времени. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
global education, international standards, conceptual approach, konseptual yondashuv, uzluksiz ta’lim., global ta’lim, xalqaro standart
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники