К содержанию
РецензированоRU2025

SEMATIKA VA PRAGMATIKANING TILSHUNOSLIKDAGI O’RNI

Tohirova Diyoraxon Dilshod qizi · Igamberdiyeva Shaxnoza Adxamovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье представлена информация о значении семантики и прагматики в лингвистике, а также основные различия между ними. Ключевые слова: лингвистика, семантика, прагматика, субординация, координация, речевые акты. Annotation: This article provides information about the importance of semantics and pragmatics in linguistics, as well as the main differences between them. Keywords: linguistics, semantics, pragmatics, subordination, coordination, speech acts. Tilshunoslik — tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi, tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va boshqa shu kabi masalalarni o‘rganadigan fan sohasidir. Semantika va pragmatika esa tilshunoslikning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, tilshunoslikda muhim o‘rin egallaydi. Semantika va pragmatika bir-biriga yaqindek bo‘lsa-da, ular o‘rtasida muayyan farqlar mavjuddir. Ularning farqi asosan "so‘zning ma’nosi" va "so‘zning kontekstdagi ma’nosi" atrofida yig‘iladi. Semantika — tilshunoslikda ma'no va uning ifodalanishini, so‘zlar va ularning tuzilmalari orqali qanday ma'nolar shakllanishini o‘rganuvchi fan sohasidir. Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 310 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Semantika, avvalo, so‘zlarning, jumlalar va iboralarining ma'nolarini, ularning lingvistik kontekstda qanday ishlashini tahlil qiladi. Bu soha tilning ma'nosini to‘liq tushunish va ifodalash uchun zarur bo‘lgan nazariy asoslarni ishlab chiqadi. Semantika, shuningdek, so‘zlarning ko‘plab ma’nolariga ega bo‘lishi, shuningdek, ularning o‘zgaruvchanligi va shartli talqinlari bilan shug‘ullanadi. Ma'nolarni aniqlashda tilning o‘ziga xos strukturalarini va ularning o‘zaro aloqalarini chuqur tahlil qilish talab etiladi. Semantik ma'no tilshunoslikda so‘z yoki iboraning lug‘aviy, aniq va to‘g‘ri ifodalanadigan ma'nosini anglatadi. Bu ma'no ko‘pincha so‘zning o‘zida mujassam bo‘lib, uning lingvistik kontekstida o‘zgarishsiz qoladi. Masalan, "kitob" so‘zi "matn bilan to‘ldirilgan nashr" ma'nosini anglatadi, bu esa so‘zning lug‘aviy ma'nosidir. Semantik ma'no tilshunoslikda o‘zgaruvchan va kontekstdan mustaqil bo‘lgan so‘zlarning asosiy ma'nosini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Pragmatik ma'no so‘z va iboralarning kontekstdagi ma'no o‘zgarishlarini o‘rganadi. Bu turdagi ma'no tilning ijtimoiy va muloqot jarayonidagi amaliy ishlatilishini aks ettiradi. So‘zlarning yoki iboralarining ma'nosi faqat ularning o‘ziga xos lingvistik tarkibi bilan emas, balki kimga, qanday holatda va qaysi kontekstda ishlatilayotganiga ham bog‘liqdir. Masalan, "Yaxshi ish qilding!" iborasi biror kishiga mukofot yoki tan olish sifatida ishlatiladi, lekin uning ma'nosi faqat muloqotning kontekstiga asoslanadi va shaxslararo munosabatlarga qarab farq qiladi. Semantika va sintaksis tilshunoslikda bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki asosiy yo‘nalishdir. Sintaksis, asosan, so‘zlarning tuzilishini va ularning til ichidagi joylashishini o‘rganadi, ya’ni so‘zlarning qanday tartibda va qanday bog‘lanishda ishlatilishini tahlil qiladi. Semantika esa so‘zlar, iboralar va jumlalar orqali ifodalangan ma’nolarni va ularning funksiyalarini aniqlashga qaratilgan. Sintaksis va semantika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushunish, tilning to‘g‘ri va aniq ifodalanishini ta'minlashda juda muhimdir. Misol uchun, quyidagi ikkita jumla sintaktik jihatdan to‘g‘ri, ammo semantik jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lsa-da, ularning tuzilishi farq qiladi: "Men kitobni o'qidim." Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 311 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT "Kitobni men o'qidim." Har ikkala jumla ma'nosi jihatidan bir xil bo‘lsa-da, ularning sintaktik tuzilishi farqlidir. Birinchi jumlada subyekt ("Men") boshida joylashgan bo‘lsa, ikkinchi jumlada esa ob'ekt ("Kitobni") boshida keladi. Bu sintaksisning o‘zgarishi ma'noga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasa-da, jumlaning tuzilishidagi o‘zgarishning semantik ta'siri ko‘rsatilgan bo‘ladi. Sintaksis ma'lum bir ma'noni qanday qilib ifodalashni belgilasa, semantika esa bu ifoda orqali qanday ma'no anglashishini tushuntiradi. Semantika va sintaksis o‘rtasidagi aloqani ko‘proq tushunish uchun subordinatsiya va koordinatsiya kabi tushunchalarni ko‘rib chiqish lozim. Jumlalar ichidagi ma'no turli darajalarda o‘rnatiladi. Sintaktik strukturalar semantikaning qanday shakllanishini belgilaydi. Subordinatsiya (to‘liqroq ma'no) va koordinatsiya (ikki yoki undan ortiq elementlarni birlashtirish) semantik nuqtai nazardan alohida ahamiyatga ega. Subordinatsiya — bu biror ibora yoki jumlaning boshqa bir jumlaga yoki iboraga bog‘lanishidir, bunda asosiy ma'no bosh jumlada ifodalanadi, qo‘shimcha ma'no esa ikkinchi jumlada taqdim etiladi. Misol uchun:"Men kechqurun kutubxonada ishladim."Bu jumlada subordinaatsiya mavjud bo‘lib, asosiy ma'no "Men kechqurun kutubxonada ishladim" jumlasida to‘liq ifodalanadi. Koordinatsiya — bu ikki yoki undan ortiq elementning bir-biriga teng darajada bog‘lanishidir. Koordinatsi

Доказательный фрагмент

«В данной статье представлена информация о значении семантики и прагматики в лингвистике, а также основные различия между ними.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье представлена информация о значении семантики и прагматики в лингвистике, а также основные различия между ними. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
linguistics, semantics, pragmatics, subordination, coordination, koordiatsiya, subordinnatsiya, nutq amallari., pragmatika, semantika, tilshuoslik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники