К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O’YIN FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI. BOLA HAYOTIDA UYINNING AHAMIYATI

Berdimurodova E’zoza. · Abdumurodova Sevinch

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning o’yin faoliyati, uning rivojlanish bosqichlari va psixologik-pedagogik xususiyatlari yoritilgan. O’yin orqali bolaning inteliktual, ijtimoiy va imotsiyalari rivojlanishiga qanday ta’sir etilishi haqida tahliliy fikrlar berilgan. Shuningdek, o’yin faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati, uning bolalar shaxsiyati shakllanishidagi o’rni va turli o’yin turlarning ta’lim jarayonidagi samaradorligi muhokama qilingan. Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim, o’yin faoliyati, psixologik rivojlanish, didaktik o’yin rolli o’yin, bolaning shaxsiyati, tarbiya ijodkorligi. O’yinning bolalar psixik taraqqiyotidagi g’oyat katta ahamiyatini nazarda tutib mashhur pedagoglar va mutafakkir yozuvchilar o’zlarining bu masalaga doir qimmatbaho fikrlarini yozib qoldirganlar. A.S.Makarenkoning fikricha bolalarning o’yin faoliyatlari ularni jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishlari uchun birdan-bir vositadir. Katta odamlar uchun mehnat faoliyati qanchalik ahamiyatli bo’lsa bolalar uchun o’yin shunchalik ahamiyatga ega. O’yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribayasini egallaydi, ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. O’yin bolalar hayotida shunday ko’p qirrali faoliyatki unda bolalar masub bo’lgan mehnat ham, narsalar haqida fikr yuritishi ham, san’at, xayol qilish, dam olish va xushchaqchaqlik manbalari ham mujassamlashtirilgandur. O’yinning bolalarni maftun etuvchi tomoni anashunda . Bolalarning haddan ziyod o’yinga berilib ketishi (xayoliy Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 315 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tarzda cho’pdan yasalgan otni, stulchalardan qilingan paraxodni berilib haydashi) real voqelikdan chetga chiqib ketishi deb qaramaslik kerak. Bola o'zining voqelikka bo'lgan cheksiz muhabbatini va undagi narsa hamda hodisalarni bilishga bo'lgan intilishini o'zining xilma-xil o'yin faoliyatlarida ifoda etadi. Shuning uchun bola o'zining turli variantdagi o'yinlarida hayoliy muhit yaratib, voqelikni mumkin qadar to'la va to'g'ri aks ettirishga intiladi. Chet el psixologlaridan J.Piazi va Koffkanning fikricha, bolalar go'yoki bir-biridan ajratilgan ikki xil dunyoda yani xayollar, afsonalar dunyosida va real voqey dunyoda yashaydilar. Bolalar o'zlarining faoliyatlarida qanchalik xayolga berilib ketmasinlar, har doim voqey dunyoga, undagi real narsalarga nazar tashlab turadilar. Psixolok A.N.Leontevning fikricha bolalarning o'yin faoliyatlarida real voqeylikdan chetga chiqib ketish darajasidagi afsonaviylik yuq. Bolalar o'yinlaridagi turli-tuman harakatlar va narsalar voqeylikda haqiqatdan bor bo'lgan real harakat va real voqeylik bilan, bog'liqlik bilan bo'lmagan xayoliy, afsonafiy o'yinlar yaratishning hali uddasidan chiqa olmaydi. Bolaning hayoti qanchalik mazmundar va yashash doirasi qanchalik keng bo'lsa uning o'yinlari ham shunchalik xilma-xil bo'ladi natijada bola zerikib qolmaydi. Bolalarning psixik revojlanishiga o'yinchoqlarning ta'siri ham bor. O'yinchoqning bola psixik taraqqiyotiga ta'sirini o'rganish ishlariga XIX arsga kelib jiddiy etibor berala boshlaydi. Bu yo’nalishdagi birinchi tatqiqot ishlarini nemis pedagogi Frebel tomonidan ilmiy tomonlama o’rganildi. Frebel o’z tatqiqotlarida bolaning dunyoga kelgan birinchi kunlaridanoq bilish jarayonlarini rivojlantirish zarurligini aytib o’tadi. Bolalar o’yin faoliyatining yana bir xususiyati, uyinning umumiylik haraktiriga ega bo’lishidir. Bola o’zining turli- tuman o’yinlarida faqat o’ziga tanish bo’lgan yolg’iz bir kasb egasining emas umuman haydovchilarning, millitsionerlarning, tarbiyachilarning, uchuvchilarning, katta harakatlarini aks ettiradi. Xulosa qilib aaytganda maktabdagi yoshgacha bolalar uchun o’yin faoliyatining ularning har tomonlama rivojlanishiga asosiy vositadur. O’yin orqali bola hayotini o’rganadi, o’zini anglaydi, shaxs sifatida shakllanadi. Shu sababli maktabgacha talim muassasalarida o’yin faoliyatiga asoslangan metodikalar keng qo’llanilishi zarur. Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 316 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR. 1.Makarenko.A.S. Pedagogik asarlar-Toshkent.1986 2.Leontev.A.N Faoliyat, ong va shaxs-Maskva:Pedagogika.1975 3.Piaje .J. Bolalar taffakuri va dunyo qarashi. 4.Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. 5.Z.T.Nishonova. Nizomiy nomidagi TDPU proffessori psixologiya fanlari doktori. 6.S.T.Madaliyeva. 1 TPK psixologiya fan o’qituvchisi. 7.Pardayeva G. o’yin faoliyatining nazariy asoslari. Toshkent 2021. Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 317

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning o’yin faoliyati, uning rivojlanish bosqichlari va psixologik-pedagogik xususiyatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning o’yin faoliyati, uning rivojlanish bosqichlari va psixologik-pedagogik xususiyatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Maktabgacha ta’lim, psixologik rivojlanish, didaktik o’yin rolli o’yin, tarbiya ijodkorligi., o’yin faoliyati, bolaning shaxsiyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники