К содержанию
РецензированоUZ2025

TALABALARNING MEHNAT BOZORIGA MOSLASHUVI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR · Qurbonova Sevara Solijon qizi · Toshpo'latova Gulsanam Shahriddin qizi · Dotsent v.b. Nazarova Nilufar Jo’rayevna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada talabalarning zamonaviy mehnat bozoriga moslashuvi jarayonidagi muammolar va mavjud imkoniyatlar tahlil qilingan. Ishda oliy ta’lim tizimining mehnat bozoridagi talablar bilan uyg‘unligi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi muammolar, shuningdek, talabalarning kasbiy ijtimoiylashuvi jarayonidagi psixologik va iqtisodiy omillar ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, mehnat bozoriga samarali integratsiyalashuvi uchun ilg‘or xorijiy tajriba va istiqbolli yo‘nalishlar o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: talaba, mehnat bozori, moslashuv, kasbiy tayyorgarlik, bandlik, innovatsion yondashuv, ta’lim sifati, kompetensiyalar, amaliyot, ishga joylashish. Zamonaviy davrda mehnat bozori dinamik tarzda rivojlanmoqda. Yangi kasblar paydo bo‘lmoqda, mavjud kasblar esa qayta shakllanmoqda. Bunday sharoitda oliy ta’lim muassasalarini bitirayotgan talabalar o‘z kasbiy hayotini boshlash oldidan jiddiy muammolarga duch kelishmoqda. Mehnat bozorining o‘zgaruvchan talablari, ish beruvchilarning yuqori malaka va amaliy ko‘nikmalar talab qilishi, tajribasiz yosh mutaxassislar uchun ish topishdagi qiyinchiliklar bu jarayonni murakkablashtirmoqda. Shu nuqtai nazardan, talabalarning mehnat bozoriga moslashuv darajasi, ularga zarur kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, amaliyot va tajriba imkoniyatlarini yaratish kabi masalalar dolzarb hisoblanadi. Mazkur maqolada ushbu masalalar tahlil qilinadi, mavjud muammolar va istiqbolli yechimlar ko‘rib chiqiladi. Bozor munosabatlari tizimida mehnat bozori muhim o‘rinni egallaydi. Mana shu bozorda mehnatga qobiliyatli kishilar va davlat biror bir jamoa va xususiy Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 332 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tashkilotlarning nomidan ish ko‘ruvchilar va ish beruvchilarning manfaati to‘qnash keladi. Mehnat bozorida vujudga keladigan munosabatlar yaqqol ifodalangan ijtimoiy- iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lib, ular mamlakat aholisi ko‘pchiligining muhim ehtiyojlariga daxldor bo‘ladi. Mehnat bozori mexanizmi orqali aholining ish bilan bandligi va mehnatga haq to‘lash darajalari belgilanadi. Mehnat bozorida ro‘y berayotgan jarayonlarning jiddiy oqibati ishsizlik bo‘lib, u umuman olganda salbiy hodisa hisoblansa ham, lekin amalda jamiyat hayotining muqarrar natijasidir. Mehnat va aholi ish bilan bandligi sohasida bozor aloqalarini rivojlantirish yangi va o‘xshash bo‘lmagan yondashishni, mehnat bozori elementlarini o‘rganishda muntazamlikni, bozor kategoriyalari va tushunchalarining uslubiy bazasini yangilashni talab etadi. Iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kelgusida aholini oqilona ish bilan bandligi sohasidagi institutsional tuzilmalar faoliyatlarini jadallashtirish va normativ-huquqiy bazalarini rivojlantirishni talab qiladi. Iqtisodiy taraqqiyot va inson salohiyatini rivojlantirishda aholini ish bilan bandligi muhim omil hisoblanadi. Aholini ish bilan bandligini ta'minlash uning takror ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir. Bugungi kunda O‘zbekistonning oliy ta’lim muassasalarida minglab yoshlar tahsil olmoqda. Ammo ko‘plab bitiruvchilar o‘qishni tugatgach, darhol ish topishda qiynalishadi. Buning asosiy sabablari quyidagilar: O‘quv dasturlarida nazariy bilimlar ustuvor bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar, 1. real ish tajribasi yetarli darajada tashkil etilmagan. Talabalarning aksariyati qaysi yo‘nalishda ishlashi kerakligi, o‘z 2. qobiliyatlarini qanday rivojlantirishi bo‘yicha yetarli ma’lumotga ega emas. Ba’zi sohalarda yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj katta bo‘lsa-da, 3. boshqa sohalarda ish o‘rinlari juda kam. Bu esa ish topishdagi raqobatni oshiradi. Ish beruvchilar ko‘pincha tajribali mutaxassislarni afzal ko‘radilar, ammo 4. yoshlar o‘qish davrida yetarli tajriba orttira olmaydi. Hozirgi mehnat bozori faqat diplomga emas, balki amaliy ko‘nikma, tashabbuskorlik, muammolarni hal qilish qobiliyati, axborot texnologiyalarini bilish va xorijiy tillarni egallagan yosh kadrlarga ehtiyoj sezmoqda. Shuningdek, “yumshoq Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 333 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ko‘nikmalar” (soft skills), jumladan, jamoada ishlash, muloqot, tanqidiy fikrlash, vaqtni boshqarish kabi fazilatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, oliy ta’lim muassasalari zamonaviy ta’lim standartlariga mos holda yangilanishi, o‘quv jarayoni esa mehnat bozoridagi real talablar bilan uyg‘unlashtirilishi lozim. Muammolarni yechish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish maqsadga muvofiq: Dual ta’lim tizimini joriy etish – o‘qish bilan birga ishlab tajriba orttirish 1. imkoniyatini yaratadi. Kasbiy yo‘naltirish xizmatlarini kuchaytirish – talabalarga mehnat 2. bozorining talablari haqida muntazam ma’lumot berish. Stajirovkalar, amaliyotlar va treninglar sonini oshirish – talabalarni 3. real ish muhitiga tayyorlash. Karyera markazlarini rivojlantirish – OTMlar huzurida tashkil etilgan 4. markazlar orqali bitiruvchilarning bandligini ta’minlash. Startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada talabalarning zamonaviy mehnat bozoriga moslashuvi jarayonidagi muammolar va mavjud imkoniyatlar tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada talabalarning zamonaviy mehnat bozoriga moslashuvi jarayonidagi muammolar va mavjud imkoniyatlar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion yondashuv, talaba, kompetensiyalar, mehnat bozori, ta’lim sifati, kasbiy tayyorgarlik, bandlik, ishga joylashish, moslashuv, amaliyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники