К содержанию
РецензированоUZ2025

YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ISLOMIY MOLIYA MAHSULOTLARI ORQALI MOLIYALASHTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

Kariyeva Munis Dilshodovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Global iqtisodiyot miqyosida ekologik barqarorlikni taʼminlash bugungi kunning dolzarb muommolaridan biri hisoblanadi. Islomiy moliya- ekologik loyihalarni moliyalashtirish orqali iqtisodiy oʻsishning global muommolariga yechim topishda samarali usul sifatida oʻziga xos yoʻndashuvni taklif qiladi. Kalit soʻzlar: yashil iqtisodiyot, islomiy moliya, ekologik barqarorlik, shariat, yashil sukuk, ESG, vaqf. Yashil iqtisodiyot uzoq muddatli istiqbolli global muommolarga yechim topishda muhim rol oʻynaydi. Yashil iqtisodiyot-ekologik barqarorlik bilan iqtisodiy oʻsish integratsiyasiga yoʻnaltirilgan tabiy resurslardan samarali foydalanish, ekologik muhitga jiddiy zarar yetkazmasdan iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va ijtimoiy farovonlikni oshirishga qaratilgan iqtisodiy modeldir. Yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, yani resurlarni samarali boshqarish – tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtish, ekologik toza texnologiyalarni qoʻllash bilan birga, atrof muhitga zarar yetkazmaydigan innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda ijtimoiy adolat va farovonlik tamoyillari asosida jamiyat a’zolari uchun sogʻlom muhit yaratib, yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni qoʻllab quvvatlaydi. Atrof muhitning ifloslanishi va iqlim oʻzgarishi iqtisodiy barqarorlik va inson farovonligiga jiddiy xavf soladi. Ananaviy yashil iqtisodiyot bu muommolarni bozor mexanizmlari orqali hal etish imkoniyatini bersa, islomiy moliya bu borada axloqiy va diniy yoʻndoshuvni oʻz ichiga olgan muqobil yaxlit modelni taklif etadi. Zero, islomiy moliya tamoyillari yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan, mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishida natijalarga erishishi uchun samarali usuldir. Maʼlumki, islomiy moliya shariat qoidalariga asoslangan moliya tizimi (Muhammad Usmoniy Taqiy, 2023) boʻlib, unga koʻra inson yerdagi resurslarning muhofazasiga masʼul 370 May, 2025-Yil boʻlishi bilan birga, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishi kerak. Islomiy moliyada isrofgarchilik va ortiqcha sarf xarajat man etilishini inobatga olgan holda, atrof muhitga, jamiyatga zarar yetkazuvchi har qanday iqtisodiy faoliyat taʼqiqlangan. Ekologik barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan iqtisodiyot esa ayni islomiy moliya tamoyillari bilan uygʻunlikda masulyatli iqtisodiy faoliyatni aks ettiradi. 1-jadval. Islomiy moliya va yashil iqtisodiyotning oʻxshash mezonlari T/r Mezonlar Islomiy moliya Yashil iqtisodiyot Moliyaviy va ijtimoiy Ekologik va iqtisodiy 1. Barqarorlik barqarorlikni taʼminlaydi barqarorlikni qoʻllab quvvatlaydi Atrof muhitga zarar Zarar yetkazishni Atrof muhitga jamiyatga 2. yetkazadigan faoliyatni ta’qiqlash iqtisodiy zarar taʼqiqlanadi kamaytirishni talab etadi Tabiiy resurslardan Isrofgarchilik va ortiqcha Tabiiy resurslardan samarali 3. oqilona foydalanish sarf xarajat ta’qiqlanadi foydalanish muhim sanaladi Haddan tashqari tavakkalchilik (noaniqlik) Haddan tashqari havfli va zararli 4. Tavakkalchilik va spekulatsiya loyihalar cheklanadi ta’qiqlanadi Ijtimoiy adolat va Ekologik adolat va resurslardan 5. Adolat va tenglik moliyaviy tenglik teng foydalanish imkoniyatiga ta’minlashga qaratilgan asoslanadi Atrof muhitga zarar Halol faoliyatni 6. Masulyatli investitsiya yetkazmaydigan loyihalarni moliyalashtiradi moliyalashtiradi Muallif nuqtayi nazari Jahon iqtisodiyoti iqlim oʻzgarishi va resurslarning kamayib borishi muommolariga javob sifatida barqaror rivojlanish yoʻliga oʻtmoqda (UNEP, 2021). Yashil iqtisodiyot ulushining oʻsishini moliyalashtirish katta hajmdagi moliyaviy resurslar talab etadi va islomiy moliya tizimi ekologik barqarorlikka mos keluvchi bir qancha vositalarni taklif etadi. Xususan, yashil sukuk, islomiy bank xizmatlari orqali moliyalashtirish (murobaha, mushoraka, ijara bitimlari) va vaqf, zakot mablagʻlari (Ahmed& Mohieldin, 2019) yordamida barqaror va foizsiz moliyalashtirish mehanizmlarini taqdim etib, atrof muhitga zarar yetkazmaydigan iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi (Elasrag, 2017). 371 May, 2025-Yil Yashil sukuk islomiy aktivga asoslangan va foizdan xoli mahsus obligatsiya turi hisoblanib, ekologik va barqaror loyihalarini rivojlantirishni moliyalashtirish uchun chiqariladi. Bunday obligatsiyalar qayta tiklanadigan energiya, ekologik trasport, chiqindini qayta ishlash va suvni boshqarish infratuzilmasi kabi loyihalar uchun mablagʻ jalb qilishga imkon beradi. Yashil sukuk bozorida Malayziya, Indoneziya, Birlashgan Arab Amirliklari yetakchi ulushga ega hisoblanadi. Dunyodagi ilk yashil sukuk Malayziyada 2017-yil chiqarilgan boʻlib, 60 milliard AQSH dollarlik mablagʻlar qayta tiklanuvchi energiya loyihalariga yoʻnaltirilgan (Securities Comission Malaysia, 2020). Keyinchalik Indoneziya 2018-yilda 1,25 milliard AQSH dollarlik global yashil sukuk chiqarib yetakchi davlatga aylandi. Yashil sukuk orqali ekologik loyihalarni moliyalashtirishning bir necha afzalliklari sifatida, foizsiz moliyalashtirish va real aktivga a

Доказательный фрагмент

«Global iqtisodiyot miqyosida ekologik barqarorlikni taʼminlash bugungi kunning dolzarb muommolaridan biri hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Global iqtisodiyot miqyosida ekologik barqarorlikni taʼminlash bugungi kunning dolzarb muommolaridan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ESG, ekologik barqarorlik, shariat, vaqf., yashil iqtisodiyot, yashil sukuk, islomiy moliya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники