Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BRYUSSEL I REGLAMENTI: YAGONA YEVROPA YURISDIKSIYASINING ASOSI SIFATIDA
YURISDIKSIYASINING ASOSI SIFATIDA · Ism familiya: Madaminova Madinabonu
Современное образование и развитие · 249–270 · 2012
Аннотация
The article analyzes the Brussels I Regulation of the Council of the European Union and its 2012 recast (Brussels I Recast). It outlines the adoption of the Brussels I Regulation, its role in regulating issues of uniform jurisdiction in civil and commercial matters, recognition and enforcement of judgments. It sets out in detail the important innovations in the Recast Regulation, including the abolition of the exequatur procedure, new procedures for choice of jurisdiction agreements and new mechanisms for parallel proceedings with third countries. It emphasizes the importance of the Brussels I Regulation in the formation of the single legal space of the European Union and draws conclusions about its practical aspects. The article uses international legal and theoretical literature, as well as regulatory legal acts of the European Union. Keywords: Brussels I Regulation, Brussels I Recast, European Union, jurisdiction, exequatur, choice of jurisdiction agreements, single legal space. Tadqiqot metodlari: Mavzu doirasida tadqiqot olib borish uchun huquqiy- normativ, qiyosiy-huquqiy, tarixiy-huquqiy, tizimli yondashuv, mantiqiy-deduktiv hamda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish metodlaridan foydalanildi. Huquqiy-normativ metod orqali Bryussel I reglamentining huquqiy mazmuni tahlil qilindi, qiyosiy- huquqiy metod yordamida reglamentning eski va yangi versiyalari solishtirildi. Tarixiy-huquqiy metod orqali reglamentning shakllanish bosqichlari ko‘rib chiqildi. Tizimli yondashuv va mantiqiy-deduktiv metod reglamentning Yevropa Ittifoqi huquq tizimidagi o‘rnini aniqlashga imkon berdi. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish orqali mavjud ilmiy yondashuvlar va nazariy qarashlar o‘rganildi. Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 266 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tadqiqot natijalari. Yevropa Ittifoqida keyingi yigirma yil ichida fuqarolik protsessual huquqini integratsiyalash va unifikatsiya qilish ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Xususan, transchegaraviy fuqarolik va tijorat nizolarini tartibga soluvchi yagona me’yoriy baza shakllantirilib, bunda Bryussel I reglamenti muhim rol o‘ynadi. Bryussel I reglamenti deb mashhur bo‘lgan 2001-yil 22-dekabrdagi Kengashning 44/2001-sonli Reglamenti (EC) (“Fuqarolik va tijorat ishlarida sud yurisdiksiyasi hamda sud qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risida”) qabul qilinishi bilan, Yevropa Ittifoqida xalqaro xususiy huquqning “kommunitarizatsiyasi” yuz berdi. Ya’ni, bu sohada normativ tartibga solishni YI darajasiga olib chiqish natijasida a’zo davlatlar o‘zaro yoki uchinchi davlatlar bilan sud yurisdiksiyasi hamda sud hujjatlarini tan olish/ijro etishga doir alohida xalqaro bitimlar tuzish huquqidan mahrum bo‘ldilar. Shu tariqa Bryussel I reglamenti yagona Yevropa yurisdiksiyasining asosini yaratdi va Yevropa sudlararo hamkorligi sohasida YIning mutlaq vakolatini ta’minladi. Bryussel I (44/2001) va uning Recast (1215/2012) versiyalari. 44/2001-sonli reglament 2002-yildan boshlab Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlarda to‘g‘ridan- to‘g‘ri qo‘llanilib, 1968-yildagi Bryussel Konvensiyasining o‘rnini egalladi. O‘tgan vaqt davomida mazkur reglament transchegaraviy sud jarayonlarida samarali huquqiy mexanizm sifatida namoyon bo‘ldi. Biroq 2012-yilda Yevropa Parlamenti va Kengash Bryussel I reglamentining yangi tahririni – 1215/2012-sonli reglamentni (Brussels I Recast yoki “Bryussel I bis”) qabul qildi. Ushbu yangi tahrir 2015-yil 10-yanvardan e’tiboran kuchga kirib, o‘sha sanadan keyin boshlangan ish yurituvlariga tatbiq etila boshladi. Bryussel I Recast oldingi 44/2001-sonli reglament o‘rnini egalladi va amalda uni to‘liq almashtirdi. Shu bilan birga, Recast versiya tuzilishi jihatdan avvalgi reglamentga o‘xshash bo‘lib, unda faqat ayrim muhim o‘zgartirish va yangiliklar kiritildi. Asosiy maqsad Yevropa huquqiy makonida yanada samarali, adolatli hamda integrallashgan sud jarayonini ta’minlash edi. Fuqarolik va tijorat ishlari bo‘yicha yurisdiksiya tartibi. Bryussel I reglamenti doirasida Yevropa Ittifoqida yagona yurisdiksiya qoidalari o‘rnatilgan bo‘lib, ularning asosida javobgarning doimiy yashash joyi prinsipi yotadi. Umumiy Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 267 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qoida shuki, agar javobgar YI hududidagi davlatda doimiy yashasa, u odatda aynan o‘sha davlat sudida javobgarlikka tortilishi kerak. Biroq reglamentda bu qoidaga bir qator istisno yurisdiksiya hollari belgilangan. Xususan, agar nizoli masala ma’lum bir davlat bilan yaqin aloqador bo‘lsa, da’vogar ba’zi hollarda javobgar yashash joyidan tashqari joyda ham da’vo qo‘zg‘atishi mumkin. Masalan, shartnoma majburiyatlaridan kelib chiqadigan da’volar shartnoma bajarilishi lozim bo‘lgan joyda, delikt xulq-atvor bilan bog‘liq da’volar zarar yetkazilgan joyda ko‘rib chiqilishi mumkin[5]. Shuningdek, agar bir nechta javobgar bo‘lsa, ulardan birortasi yashaydigan davlat sudida ularning barchasiga birgalikda da’vo qo‘zg‘atishga ruxsat beriladi. Bryussel I reglamenti “fuqarolik va tijorat
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the Brussels I Regulation of the Council of the European Union and its 2012 recast (Brussels I Recast).»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the Brussels I Regulation of the Council of the European Union and its 2012 recast (Brussels I Recast). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Brussels I Regulation, Brussels I Recast, European Union, Yevropa Ittifoqi, Bryussel I reglamenti, yagona huquqiy hudud., ekzekvatura, yurisdiksiya, yurisdiksiya tanlash kelishuvlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024