Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
УЛУЧШЕНИЕ ПРОЦЕССА САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ С ПОМОЩЬЮ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА
Azimova Ziyodaxon Ergashevna. · Aliyeva Dilobarxon Begali qizi · ADPI professor DSc
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Hozirgi kunda sun’iy intellekt (SI) ta’lim jarayonida keng qo‘llanilmoqda va ayniqsa, mustaqil ta’lim olish samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada SI asosidagi texnologiyalar mustaqil ta’lim jarayoniga qanday ta’sir qilishi, ularning afzalliklari va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, AI yordamida moslashtirilgan o‘quv dasturlari, o‘quvchilarning bilim darajasini avtomatik baholash va individual ta’lim yo‘nalishlarini yaratish usullari ko‘rib chiqiladi. Kalit soʻzlar: Mustaqil ta’lim, sun’iy intellekt, kredit-modul tizimi, shaxsiylashtirilgan o‘quv reja, adaptiv ta’lim tizimlari, bilimlarni avtomatik baholash. Bugungi kunda mustaqil ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha respublikamizda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan davlat oliy ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi joriy etilmoqda. Bu esa talabalarning mustaqil ta’lim olishini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi joriy etilishi talabalarga o‘quv fanlarini ixtiyoriy tanlash imkoniyatini, mustaqil ta’lim soatlari hajmini oshirish va shu bilan birga talabalar o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari asosida kredit to‘plash imkonini beradi. Bu tizim talabalarni o‘z vaqtlarini mustaqil rejalashtirishga va o‘z ustida ishlashga ham zamin bo‘lmoqda. Buning asosida esa ta’lim platformalari orqali mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha bir qancha me’yoriy hujjatlar va o‘quv qo‘llanmalari ham joriy qilinmoqda. Shuningdek, talabalarning mustaqil ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ZiyoNET (www.ziyonet.uz) – darsliklar, qo‘llanmalar va ilmiy maqolalar joylangan ta’lim portali, oliy ta’lim muassasalarining elektron kutubxonalari – talabalar darsliklar va ilmiy materiallardan onlayn foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan bir nechta elektron platformalar tashkil etilgan. Shu bilan bir qatorda mustaqil ta’lim olish jarayonini takomillashtirish maqsadida davlat oliy ta’lim tizimining akademik va tashkiliy mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida oliy ta’lim muassasalari yangi o‘quv rejalari va dasturlari tadbiq etildi. Shuningdek, talabalar o‘z qiziqishlari va maqsadlariga mos ravishda o‘quv jadvalini shakllantira oladigan individual ta’lim rejalari joriy qilish kabi maxsus dasturlar ham ishlab chiqildi. Bu raqamli texnologiyalar tez rivojlanayotgan davrda ta’lim tizimini ham shu talablar aosida olib borishga qaratilgan jarayonlardir. Zero, “Ta’lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlariga bog‘liq holda amalga oshadi.” [1] 264 bet Mustaqil ta’lim – talabaning o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustaqil ravishda oshirish, yangi bilimlarni egallash hamda o‘zlashtirish jarayonini o‘zi tashkil qilishidir. Bunda ta’lim oluvchi pedagog rahbarligisiz yoki minimal nazorat bilan o‘rganish jarayonini olib boradi. Bugungi kunda mustaqil ta’lim zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylanib, talabalarga o‘z bilimini istalgan joyda va vaqtda rivojlantirish imkonini bermoqda. Mustaqil ta’limning asosiy xususiyatlari: 1. Talabaning faolligi – bilim olish jarayoni to‘liq ta’lim oluvchining o‘z tashabbusiga bog‘liq bo‘ladi. Bu orqali ta’lim oluvchi o‘z maqsadlarini belgilab, ta’lim olish strategiyasini adpi.uz universaljurnal.uz 6 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil mustaqil ravishda shakllantiradi. Bu jarayonda talaba kerakli manbaalarni izlaydi, qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlaydi, tajriba o‘tkazadi va o‘z bilimini mustahkamlash uchun turli interaktiv vositalardan foydalanadi. Shuningdek, talabaning faolligi uning o‘z-o‘zini baholashi, natijalarini tahlil qilishi hamda o‘zlashtirish jarayonini doimiy takomillashtirishga yordam beradi. 2. O‘quv jarayonining erkinligi – talaba o‘ziga qulay uslub, jadval va resurslarni tanlash imkoniyatiga ega, o‘z ehtiyojlari va qiziqishlariga mos ravishda ta’lim jarayonini tashkil etadi. Bu esa unga bilim olish jarayonida mustaqil qaror qabul qilish, o‘z bilim darajasi doirasida o‘rganish va chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, erkin ta’lim muhiti talabaning ijodiy fikrlashini rivojlantiradi, tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi va uni mas’uliyatli bo‘lishga undaydi. 3. O‘zini-o‘zi baholash – mustaqil ta’lim oluvchi o‘z natijalarini kuzatib, kamchiliklarini aniqlaydi va o‘rganish yo‘nalishini mos ravishda o‘zgartiradi. Bu jarayon talabaning o‘z ustida ishlashiga, bilimlarini chuqurlashtirishga va yanada samarali o‘qish strategiyalarini ishlab chiqishiga yordam beradi. Shuningdek, o‘zini-o‘zi baholash talabaning mas’uliyatini oshiradi, kuch
Доказательный фрагмент
«Hozirgi kunda sun’iy intellekt (SI) ta’lim jarayonida keng qo‘llanilmoqda va ayniqsa, mustaqil ta’lim olish samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi kunda sun’iy intellekt (SI) ta’lim jarayonida keng qo‘llanilmoqda va ayniqsa, mustaqil ta’lim olish samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- персонализированная учебная программа, personalized curriculum, Mustaqil ta’lim, кредитно-модульная система, automatic knowledge assessment., искусственный интеллект, автоматическая оценка знаний., sun’iy intellekt, artificial intelligence, Самостоятельное обучение, shaxsiylashtirilgan o‘quv reja, Independent learning, kredit-modul tizimi, credit-module system, adaptive learning systems, adaptiv ta’lim tizimlari, bilimlarni avtomatik baholash., адаптивные системы обучения
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026