Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ УСПЕШНОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ СТУДЕНТОВ
INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH · Turaboyeva Madinaxon Raxmonjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Maqolada zamonaviy jamiyat sharoitida ta’lim sifati va samaradorligiga erishishning muhim jihatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Bugungi ta’lim jarayonida talaba faoliyati va uning muvaffaqiyati eng muhim natija sifatida qaralib, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘quv jarayoni samarali tashkil etish va mazkur jarayonda sun’iy intellekt imkoniyatdan unumli foydalanish lozim bo‘lib, bu esa pedagogdan katta mahoratni, intellektual zakovatni talab etadi. Shu ma’noda, maqolada talabalarning ta’limdagi muvaffaqiyatini oshirishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish jarayonini rivojlantirishda tutgan o‘rni borasida taklif va tavsiyalar bayon etilgan. Tayanch so‘z: ta’lim, ta’lim tizimi, texnologiya, muvaffaqiyat, ijtimoiy hayot, intellekt, sun’iy intellekt. Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish jamiyatning asosiy maqsadlaridan biri sifatida qaralmoqda. Darhaqiqat, ta’lim – ko‘nikma va bilimlarni o‘rganishdir. Bu, shuningdek, insonlarga biror vazifani qanday qilishni o‘rganishga yordam berish va ularni o‘rganganlari haqida o‘ylashga yordam berishni anglatadi. Shuningdek, pedagoglar uchun axborotni topish va undan foydalanish usullarini o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim uni qanday yaxshilashni aniqlash uchun tadqiqotga muhtoj. Ta’lim orqali jamiyat, mamlakat va dunyo haqidagi bilimlar avloddan-avlodga o‘tadi. Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi, lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi. Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan. Ta’limning maqsadi: “ta’limda mukammallikni rivojlantirish va teng foydalanishni ta’minlash orqali o‘quvchilarning yutuqlarini rag‘batlantirish va global raqobatbardoshlikka tayyorlash” dan iborat. Bugungi zamonaviy jamiyatda inson aqlining chegarasi cheksiz bo‘lib, o‘z navbatida ilm-fanga va ta’limga sun’iy intellektni joriy etish uchun malakali kadrlar sonini oshirish talab etilmoqda. Bu esa bevosita ta’lim muhitidan boshlash bo‘lajak kadrlarni o‘qish faoliyatida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish zaruriyatini taqazo etadi. adpi.uz universaljurnal.uz 129 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Sun’iy intellekt muayyan vazifalarni bajarishda inson xatti-harakatiga taqlid qilishga qodir bo‘lgan tizim yoki texnologiya bo‘lib, olingan ma’lumotlardan foydalanib asta-sekin mukammallashib boradi. Umuman olganda sun’iy intellekt format ham, funksiya ham emas, balki bu jarayon bo‘lib, ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish kabilarni o‘z ichiga oladi. “Sun’iy intellekt” deganda ko‘pchilik robotlarning turli sohalarga jalb qilinishini tushunadi. Ammo sun’iy intellekt atamasi robotlarning inson bilan o‘rin almashishini anglatmaydi. Uning asosiy maqsadi inson qobiliyatlari va imkoniyatlarining chegaralarini kengaytirishdir. Sun’iy intellekt sohasida o‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari boshlangan. Ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954) mazkur yo‘nalishda ilk tadqiqot muallifi hisoblanadi. Xususan, 1950-yili texnologiyalar imkoniyatlari insonlarni aql jihatdan ortda qoldirishi haqida savollarga asoslangan maqola chop etilgan. Uning muallifi Alan Tyuring edi. Keyinchalik olim o‘zining nomi bilan atalgan “Tyuring testi” tartibini ishlab chiqdi. Maqola chop etilganidan so‘ng sun’iy intellekt sohasida yangidan-yangi tadqiqotlar amalga oshirildi. Ushbu davr mobaynida olim qarashlarini o‘zgartirmagan holda fikrlashda insondan farq qilmaydigan mashinalar haqida ham turli fikrlar bildira boshlagan. “Sun’iy intellekt”
Доказательный фрагмент
«Maqolada zamonaviy jamiyat sharoitida ta’lim sifati va samaradorligiga erishishning muhim jihatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada zamonaviy jamiyat sharoitida ta’lim sifati va samaradorligiga erishishning muhim jihatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- muvaffaqiyat, education system, education, система образования, ta’lim tizimi, интеллект, intellekt, общественная жизнь, artificial intelligence., образование, technology, social life, успех, технологии, ijtimoiy hayot, intelligence, ta’lim, texnologiya, искусственный интеллект., sun’iy intellekt., success
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014