К содержанию
РецензированоRU2025

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ ПО МЕТОДИКЕ ОБУЧЕНИЮ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ИЛЛЮСТРАТИВНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH · Tadjibayev Salimjon Sabirjanovich

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

В данной статье речь пойдет о применении искусственного интеллекта который актуально считается в современной системе образования в процессе дисциплины “Методика обучения изобразительной деятельности” в направлении дошкольного образования. Ключевые слова: искусственный интеллект, студент, образование, интеграция, виртуальная реальность. Annotation. This article will focus on the use of artificial intelligence, which is considered relevant in the modern education system in the process of the discipline “Methods of teaching visual activities” in the direction of preschool education. Keywords: artificial intelligence, student, education, integration, virtual reality Tarixdan ma’lumki, Beruniy, al Xorazmiy, ibn Sino, al Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek kabi yurtdoshlarimiz o‘z aqliy qobiliyati va aqliy salohiyatlari bilan dunyoni lol qoldirganlar. Hozirgi vaqtda ham Oʻzbekiston fan, ishlab chiqarsh, madaniyat, sport kabi barcha sohalarda ulkan imkoniyatlar mamlakati ekanligi hozirgi vaqtda dunyo hamjamiyatida e’tirof etilmoqda. Bunga misol tariqasida kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizning fanlar miqyosidagi jahon olimpiadalari, “Aql gimnastikasi” deb tan olingan shaxmat turnirlarida g’olib bo‘layotganini keltirishimiz mumkin. So‘nggi yillarda Oʻzbekiston ta'lim tizimida sun'iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Bu texnologiyalar ta'lim jarayonini samarali tashkil etish, individual yondashuvni ta'minlash va ma'muriy vazifalarni avtomatlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.[1] Agar oddiy so‘zlar bilan aytadigan bo‘lsak, sun’iy intellekt (ingl. Artificial intellegence) – kompyuter tizimlarining shu vaqtgacha insonlarga xos bo‘lgan ijodkorlik va intellektual faoliyatni bajarish qobiliyatidir. U neyron tarmoqlar, mashinani o‘qitish (machine learning), tabiiy tilni qayta ishlash, kognitiv (ongli) hisob-kitoblar, kompyuterning tasvirni ko‘rishi singari fanning o‘ta murakkab yangi yo‘nalishlarini o‘zida birlashtiradi. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekistonda "Sun'iy intellekt" yo‘nalishida kadrlar tayyorlash uchun 6 ta oliy ta'lim muassasasida jami 245 ta kvota ajratildi. Shuningdek, "Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt" doktorantura yo‘nalishi tashkil etildi. [2] Xususan, sun’iy intellekt texnologiyalarini Oliy ta'lim muassasalarida qo‘llash orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin: · Individual ta'lim: SI talabalarning bilim darajasi va qobiliyatlariga mos ravishda o‘quv dasturlarini moslashtirish imkonini beradi. · Ma'muriy vazifalarni avtomatlashtirish: SI yordamida baholash, rejalashtirish va hujjatlarni yuritish kabi jarayonlar avtomatlashtirilib, o‘qituvchilarning ish yukini kamaytirish va samaradorlikni oshirish mumkin. Mazkur natijalarga erishish uchun esa quyidagi muammolarni hal etish uchun quyidagi chora- tadbirlarni amalga oshirish zarur: adpi.uz universaljurnal.uz 144 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil · Kadrlar tayyorlashni kengaytirish: SI yo‘nalishida ta'lim dasturlarini ko‘paytirish va mutaxassislar tayyorlashni jadallashtirish. · Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: SI texnologiyalarini joriy etish uchun davlat va xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilish. · Huquqiy bazani shakllantirish: SI sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish. Ta’lim tizimining boshlang’ich bo‘g’ini hisoblangan maktabgacha ta’limda faoliyat yurituvchi bo‘lajak tarbiyachilarni tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasini takomillashtirish va kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishda sun'iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish zamonaviy ta'lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda. SI texnologiyalari ta'lim jarayonini yanada interaktiv, moslashtirilgan va samarali qilish imkonini beradi. Sun’iy intellekt texnologiyalari pedagogik faoliyatda quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: · Moslashtirilgan o'quv tizimlari: Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan tizimlar har bir talabaning individual ehtiyojlari va qobiliyatlariga mos ravishda o'quv materiallarini taqdim etadi, bu esa talabalarning mustaqil ta'lim olish jarayonini qo'llab-quvvatlaydi. · Avtomatlashtirilgan baholash tizimlari: Sun’iy intellekt yordamida talabalarning uyga vazifalari va topshiriqlari avtomatik ravishda baholanadi, bu esa o‘qituvchilarning ish yukini kamaytiradi va baholash jarayonining shaffofligini ta'minlaydi. · Virtual repetitorlar: Sun’iy intellekt asosidagi virtual yordamchilar talabalarga mustaqil ravishda bilim olishda ko'maklashadi, ularga qo'shimcha tushuntirishlar va mashqlar taqdim etadi. Bo‘lajak tarbiyachilarni tasviriy faoliyatga o'rgatishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish quyidagi afzalliklarni beradi: · Interaktiv o'quv materiallari: Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan interaktiv darsliklar va ilovalar o'quvchilarga tasviriy san'atning asosiy tamoyillarini vizual va amaliy tarzda o'rganish imkoni

Доказательный фрагмент

«В данной статье речь пойдет о применении искусственного интеллекта который актуально считается в современной системе образования в процессе дисциплины “Методика обучения изобразительной деятельности” в направлении дош…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье речь пойдет о применении искусственного интеллекта который актуально считается в современной системе образования в процессе дисциплины “Методика обучения изобразительной деятельности” в направлении дош… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artificial intelligence, student, education, integration, virtual reality, virtual reality., talaba, студент, виртуальная реальность., ta’lim, искусственный интеллект, sun’iy intellet, образование, интеграция, virtual reallik., integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники