Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ
INTELEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH · ADPI Boshlang’ich ta’lim dotsenti I.M.Sattarova
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
в статье анализируются возможности использования технологий искусственного интеллекта (ИИ) для повышения качества профессиональной подготовки студентов. Искусственный интеллект играет важную роль в индивидуализации процесса обучения, создании адаптивных учебных сред, анализе и оценке в реальном времени, а также формировании практических навыков. В статье также рассматривается влияние образовательных платформ на основе искусственного интеллекта, виртуальных лабораторий и симуляций на качество образования. Даны рекомендации по модернизации профессионального образования с использованием СИ. Ключевые слова: Искусственный интеллект, профессиональное обучение, адаптивное обучение, виртуальные лаборатории, образовательные симуляции, цифровые технологии, качество образования, индивидуализированное обучение. Kirish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-sonli qaroriga koʻra, sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish va ulardan samarali foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi belgilangan. “…Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda…” [2] Ushbu qaror “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq holda ishlab chiqilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi sunʼiy intellekt texnologiyalarini turli sohalarga tatbiq etish, raqamli maʼlumotlardan samarali foydalanish, ularning sifati va ochiqligini taʼminlash hamda malakali mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir. Strategiyaning muhim yoʻnalishlaridan biri ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va sunʼiy intellektni iqtisodiyot, ijtimoiy soha hamda davlat boshqaruvi tizimiga integratsiya qilishdir. adpi.uz universaljurnal.uz 147 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish, innovatsion mahsulotlar va dasturiy taʼminot yaratish, shuningdek, xorijiy ilmiy va innovatsion markazlar bilan hamkorlikni kengaytirish ushbu jarayonning ajralmas qismidir.[1] Raqamli transformatsiya doirasida taʼlim tizimini modernizatsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Sunʼiy intellekt sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlash maqsadida universitetlar, texnikumlar va kollejlarda matematik bilimlar, maʼlumotlar fanlari va sunʼiy intellektga oid taʼlim dasturlarini keng joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu islohotlar quyidagi uch asosiy maqsadni oʻz ichiga oladi:[2] 1. Barcha universitet va texnik kollej talabalari (yiliga taxminan 500 ming bitiruvchi) oʻz oʻquv kurslarida boshlangʻich darajadagi matematika, maʼlumotshunoslik va sunʼiy intellekt boʻyicha bilimlarga ega boʻlishlari lozim. 2. Har yili taxminan 1 million ishchi axborot texnologiyalari, maʼlumotlar fanlari va sunʼiy intellekt boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallash imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. 3. Universitet talabalari va faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun liberal sanʼat taʼlimi kuchaytiriladi. Kasbiy ta’limda SI texnologiyalari ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilishni ta’minlaydi, bu esa o‘qituvchilarga talabalar natijalarini tahlil qilish va ularga mos o‘quv materiallarini taqdim etish imkonini beradi. Shuningdek, SI orqali amalga oshirilgan simulyatsiyalar talabalar uchun murakkab amaliy jarayonlarni xavfsiz muhitda mashq qilish imkonini yaratadi. Ushbu maqolada sun’iy intellektdan foydalangan holda kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish yo‘llari, uning afzalliklari va duch kelinishi mumkin bo‘lgan muammolar tahlil qilinadi.[3] Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining kasbiy tayyorgarlik jarayoniga integratsiyalashuvi o‘quv jarayonini yanada samarali va individual yondashuv asosida tashkil etishga imkon yaratmoqda. SI asosida ishlovchi ta’lim platformalari har bir talabaning o‘qish jarayonini tahlil qilib, unga mos keladigan o‘quv materiallarini taklif qiladi. Shu bilan birga, adaptiv ta’lim tizimlari talabalar bilim darajasini real vaqtda baholab, ularga individual maslahatlar berishga yordam beradi. Virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalar esa amaliy mashg‘ulotlarni yanada interaktiv va xavfsiz tarzda o‘tkazish imkonini beradi. Masalan, tibbiyot, muhandislik va texnologiya sohalarida talabalar SI yordamida murakkab jarayonlarni model qilish, xatolarini tahlil qilish va tajriba orttirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, sun’iy intellekt robotlashtirilgan repetitor tizimlari yordamida talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonini yengillashtiradi. SI ni kasbiy ta’limga joriy etishda muhim jihatlardan biri uning avtomatlashtirilgan baholash tizimlarini yaratishidir. Ushbu tizimlar talabalar bilimini xolisona va aniq baholab, natijalarga asoslangan individual ta’lim strategiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi. Shu bilan birga, SI texnologiyalarining ta’lim j
Доказательный фрагмент
«в статье анализируются возможности использования технологий искусственного интеллекта (ИИ) для повышения качества профессиональной подготовки студентов.»
Образец извлечения
Демо-превьюв статье анализируются возможности использования технологий искусственного интеллекта (ИИ) для повышения качества профессиональной подготовки студентов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Artificial intelligence, vocational training, adaptive education, virtual laboratories, виртуальные лаборатории, individualized learning., ta’lim sifati, virtual laboratoriyalar, o‘quv simulyatsiyalari, индивидуализированное обучение., adaptive learning, digital technologies, Sun'iy intellekt, образовательные симуляции, individuallashtirilgan o‘qitish., цифровые технологии, educational quality, raqamli texnologiyalar, качество образования, kasbiy tayyorgarlik, профессиональное обучение, educational simulations, адаптивное обучение, adaptiv ta’lim, Искусственный интеллект
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024