Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ: ПОЛЬЗА ИЛИ ВРЕД ДЛЯ СТУДЕНТОВ?
Sattorov Abdusalom Mutalipovich · Nizomiddinova Maftunaxon Shoirjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
This article examines the advantages and disadvantages of artificial intelligence for students. We will analyze in detail how the technology affects the educational process and how it can be used correctly. Kirish. Ma’lumki, bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ularning ichida so‘nggi yillarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan va rivojlanayotgan sohalardan biri sun’iy intellekt (SI) hisoblanadi. SI turli sohalarda inqilobiy o‘zgarishlar qilish bilan birga, ta’lim tizimida ham muhim rol o‘ynamoqda. Bugungi kunda talabalar ilm olish, ma’lumot izlash va ilmiy ishlar yozishda SI vositalaridan keng foydalanmoqda. Lekin shuni ham ta’lidlash kerakki, sun’iy intellektning ta’limga ta’siri har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. Uning talabalar uchun qulaylik yaratish bilan birga, ayrim salbiy jihatlari ham bor. Masalan, SI bilim olish jarayonini osonlashtirsada, shu bilan birga, talabalar mustaqil fikrlash va tahliliy yondashuvdan uzoqlashish xavfi tug‘iladi. Bugungi kunda sun’iy intellekt inson faoliyatining turli jabhalarida muhim ro‘l o‘ynab, mehnat jarayonlarini yengillashtirish, samaradorlikni oshirish hamda yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda va ulardan biri sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan [1]. Ushbu texnologiyalarning salohiyati yuksak baholanib, ularni amaliyotga keng tatbiq etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jadal texnologik taraqqiyot sharoitida sun’iy intellekt turli sohalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. U ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, ilm-fan va innovasiyalar sohasidagi yutuqlarni tezlashtirish kabi bir qancha yo‘nalishlarda katta foyda keltirishi mumkin. Biroq, ushbu texnologiyalarning to‘laqonli joriy etilishi uchun malakali kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan o‘z kasbini mukammal egallagan mutaxassislar sun’iy intellektni turli sohalarga keng joriy etish va undan samarali foydalanishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Moziyga nazar tashlasak, 20 yil avval g‘ishtdek keladigan tugmali telefonni ko‘chada ko‘tarib yurgan odam hammaning e’tiborini o‘ziga jalb qilgan bo‘lsa, bugun o‘sha telefon orqali endi ular smartfonga aylangan – kino ko‘rishimiz, uyga bozorlik qilishimiz, farzandimizning maktabdagi hayotini kuzatishimiz, mutolaa, muloqot va yana juda ko‘plab ishlarni bajarishimiz oddiy holga aylanishiga diqqat qilsak, zamon shiddat bilan olg‘a ilgarilayotganini ko‘ramiz. Bugungi kunda, ta’lim sohasida sun’iy intellekt intensiv ravishda o‘z o‘rinini egallayapti. Sun’iy intellekt ma'lumotlarni o‘rganish, tahlil qilish, o‘zgartirish va tasavvur qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan axborot tizimlarini yaratishda katta ro‘lni o‘ynaydi. Sun’iy intellekt ta’lim oluvchining vaqtini tejashga va ta’limda muvaffaqiyatli rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Sun’iy intellektning imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u sizni qiziqtirgan savollarga javob berishi, berilgan buyruq asosida rasm chizishi yoki turli mavzularda taqdimotlar yaratishi va xattoki, turli referat va adpi.uz universaljurnal.uz 241 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil maqolalar ham yozib bera olish imkoniyatiga ega. Uning ta’lim algoritmlari, talabalarning individual xususiyatlari va o‘rganish usullari asosida moslashtiriladi, bu esa har bir talabalarning o‘ziga xos ta’lim yo‘lidagi qobiliyatlarini oshiradi. Sun’iy intellekt (SI) ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish va shaxsiylashtirilgan o‘qitish imkoniyatini yaratishda muhim rol o‘ynaydi [2]. Ta’lim sohasida SI texnologiyalarining turli yo‘nalishlarda qo‘llanilishi mumkin. Quyida SIning ta’lim sohasida ishlatilishi mumkin bo‘lgan asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. Ekspert tizimlar va aqlli tutorlar Ekspert tizimlar aniq bir sohaga oid bilimlar asosida qaror qabul qiluvchi sun’iy intellekt tizimlaridir. Aqlli tutorlar esa o‘quvchilarga individual tarzda o‘rgatuvchi dasturlardir. Misollar: Socratic by Google – matematik, ilmiy va adabiy savollarni tushuntirish uchun ishlatiladigan sun’iy intellekt vositasi. Khan Academy, AI Tutor – o‘quvchilarga savollar bo‘yicha tushuntirishlar beruvchi o‘qituvchi tizimi. Carnegie Learning’s MATHia – matematikani o‘rganishda individual yordam beruvchi sun’iy intellekt tizimi. Foydasi: §Talabalarning bilim darajasiga mos holda o‘qitish; §Qiyinchilik darajasiga moslashtirilgan mashg‘ulotlar; §Real o‘qituvchilarga yordam berish; 2. Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) tizimlari Bu texnologiya matn va nutqni tushunish, tarjima qilish va tahlil qilish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi. Misollar: ChatGPT, HIX.AI, Google Bard – talabalar savollariga javob berish va tushuntirish uchun foydalanish mumkin. Google Translate, DeepL – matnlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish. Grammarly, Q
Доказательный фрагмент
«This article examines the advantages and disadvantages of artificial intelligence for students.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the advantages and disadvantages of artificial intelligence for students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sun intellekt, bugungi kunda, lim sohasida, nggi yillarda, biri sun, muhim rol, sun intellektning
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025