К содержанию
РецензированоRU2025

СОЦИАЛЬНАЯ РОЛЬ УЧИТЕЛЕЙ ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК В СОВРЕМЕННУЮ «ИНФОРМАЦИОННУЮ ЭПОХУ».

QODIROVA B.T . · Mamazokirova R.M. (Andijon davlat pedagogika instituti, Pedagogika fanlari) · ADPI Boshlang’ich taʼlim (Andijon davlat pedagogika instituti, Pedagogika fanlari)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda ta’lim- tarbiya jarayonida fan o‘qituvchilari, ayniqsa o‘qituvchilarining o‘rni va mas’uliyati yoritilgan. Muallif zamonaviy axborot oqimi shaxs tafakkuriga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlab, yosh avlodda mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarurligini asoslaydi. Milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, estetik tarbiyaning o‘rni, bolalarda ijodkorlik va fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning dolzarbligi keng yoritilgan. Ayniqsa mashg‘ulotlarining bolalar yoshiga mos va qiziqarli tarzda tashkil etilishi, o‘qituvchilarining pedagogik mahorati va ijodiy yondashuvi orqali bolalarning madaniyatini shakllantirishga urg‘u berilgan. Xulosa o‘rnida, maqolada ta’lim tizimida milliylikni saqlagan holda jahon tajribasidan samarali foydalanish orqali barkamol avlodni voyaga yetkazish g‘oyasi ilgari suriladi. Tayanch soʼzlar: Axborot texnologiyalari,ilmiy yondashuv ,pedagoglar roli, ta’lim texnologiyalari, malaka oshirish, yoshlar tafakkuri, shaxs riv, milliy tafakkur, zamonaviy o‘qituvchi, tanqidiy fikrlash. Ключевые слова: Информационные технологии, научный подход, роль педагогов, образовательные технологии, повышение квалификации, мышление молодежи, развитие личности, национальное созна-,ние,современный учитель,критическое мышление Key words: Information Technologies, Scientific Approach,Role of Teachers, Educational Technologies,Professional Development,Youth Thinking, Personal Development,National Consciousness, Modern Teacher, Critical Thinking Bugungi kunda axborot texnologiyalari hayotimizning har bir jabhasiga kirib kelgan. Har bir inson ko‘p miqdordagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin, biroq bu ma’lumotlarni tahlil qilish, baholash va to‘g‘ri foydalanish uchun ilmiy yondashuv zarur. Bu jarayonda fan o‘qituvchilarining roli beqiyosdir. “Axborot asri” deb e'tirof etilayotgan yangi asrda yashab ijod qiluvchi yoshlarning ongini o`stirishda o`qituvchi pedagoglarning roli juda muhim. Ayniqsa, ijtimoiy-pedagogik sharoitga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo`llash dolzarb masala. Bu o`rinda o`qituvchi pedagoglarning o`zlari qay darajada imkoniyatga ega ekanligi, har qanday yangilikni tez o`zlashtirib oluvchi yoshlar oldida bir qadam oldinda yurish har bir pedagogning oldida turgan muhim vazifalardan biri bo`lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo`lishi kerak. Chunki o`qituvchi pedagoglar ta’lim-tarbiya jarayonining eng mas’ul shaxslari hisoblanadi. Shuning uchun ham bu jarayonda raqobat bo`lishi tabiiy. Buning shartlari esa tinimsiz mehnat, malakasini oshirish, o`z ustida ishlash va o`z tafakkurini kengaytirib borishdir. Hadisi sha’rifda aytilganidek,-“Beshikdan to qabrgacha ilm izla”. -Axborotlar oqimining negizlashuvi inson xotirasiga ortiqcha yuk, shaxsning tafakkuri va fikr yuritishi jarayonlarida keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘lmasmikin? Ongga yetib kelayotgan axborotlar shaxsning mavjud madaniy-ma'rifiy muhitga moslashuvi jarayonida qay tarzda aks etishini bilishimiz va shunga mos tarzda ta'lim-tarbiya muassasalarida o‘quv dasturlari va jihozlariga nisbatan talablarni ishlab chiqishimiz lozim, deyishadi olimlarimiz. adpi.uz universaljurnal.uz 250 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Respublikamizning pedagog olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistoning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta'lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta'lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar. Agar biz har bir yosh qalbida Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat, pok iymon va odamgarchilikni tarbiyalay olsak, ular xalqaro axborot tizimlari orqali bizning fikrlash tarzimiz, urf- odatlarimiz, milliy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan ma'lumotlarni tanqidsiz qabul qilmaydigan, yurtimiz istiqboliga xizmat etadiganlarinigina saralab olish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Buning uchun biz yoshlarimizda barqaror mafkuraviy immunitetni tarbiyalashimiz kerak. Bularning barchasi ta'lim-tarbiya sohasida islohotlar o‘tkazishni asosiy masala qilib qo‘ydi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonini uzluksiz ta’limning ilk bosqichi Maktab ta’limdan boshlash kerakligi alohida qayd etildi va bu borada bir qancha vazifalarni maqsad qilib qo`ydi. Bu borada xorijiy tajribalarni o`rganish, ulardan o`zimizga kerakligini olish, bolalarimizga o`z milliyligimizni, milliy qadriyatlarimizni singdirib borish, ularda insoniylik fazilatlarini, Vatanga, do`stlikka, tinchlikka, atrof-muhitga, mehnatga, estetikaga bo`lgan ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirib borish oldimizda turgan ulkan vazifalardir. Аjdodlarimiz barkamol insonni voyagа yetkazishdа badiiy estetik tarbiya vositalari, jumladan, musiqа san’atining аhamiyatini chuqur аnglab, yoshlarning ichki hissiy dunyosini boyitishdа, ma’naviy-ахloqiy fazilatlarni shakllantiri

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda ta’lim- tarbiya jarayonida fan o‘qituvchilari, ayniqsa o‘qituvchilarining o‘rni va mas’uliyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda ta’lim- tarbiya jarayonida fan o‘qituvchilari, ayniqsa o‘qituvchilarining o‘rni va mas’uliyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Information Technologies, Scientific Approach, Role of Teachers, zamonaviy o‘qituvchi, образовательные технологии, национальное мышление, critical thinking., tanqidiy fikrlash., youth thinking, роль педагогов, ta’lim texnologiyalari, shaxs riv, modern teacher, Информационные технологии, мышление молодежи, role of educators, educational technologies, milliy tafakkur, профессиональное развитие, критическое мышление., Axborot texnologiyalari, personal development, ilmiy yondashuv, professional development, pedagoglar roli, современный учитель, national thinking, malaka oshirish, yoshlar tafakkuri, научный подход, личностное развитие
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники