К содержанию
РецензированоRU2025

ФУНКЦИОНАЛЬНАЯ МОДЕЛЬ ЗНАНИЙ МЕДИАФИЛОСОФИИ СТУДЕНТОВ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ВУЗОВ

Nazarov Otabek Dilshodbekovich

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

This article aims to develop a functional model of learning media philosophy knowledge in pedagogical higher education institutions, to teach students how to work with media on the basis of responsible and critical thinking. The article also teaches students how media philosophy develops practical skills in the educational process. Key words: media philosophy, pedagogical higher education, students, media, critical thinking, social responsibility, ethical issues, innovative education. Kirish: Zamonaviy ta’lim tizimida pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun media falsafasining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi. Mediya texnologiyalari va raqamli kommunikatsiya vositalari keng tarqalgan bir davrda, talabalarning media va axborot vositalari haqidagi bilimlari, ular tomonidan olingan bilimlarning sifatini va jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi. Media falsafasi, asosan, media vositalarining jamiyatga ta’sirini, axloqiy va ijtimoiy mas’uliyatni o‘z ichiga olgan o‘quv jarayonini anglatadi. Ushbu maqola pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining media falsafasi haqidagi bilimlari va bu bilimlarning funksional modelini tahlil qiladi. Asosiy qism: Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalarining media falsafasi haqidagi bilimlarini shakllantirishning funksional modeli, talabalarga media vositalarining ijtimoiy, axloqiy, estetik va siyosiy jihatlarini anglatishni o‘rgatadi. Ushbu modelning asosiy maqsadi, talabalarga nafaqat media vositalarini ishlatish ko‘nikmalarini berish, balki ularga bu vositalardan mas’uliyatli va ongli foydalanish imkoniyatini yaratishdir. Shuningdek, Media falsafasi, asosan, media vositalarining jamiyatga ta’siri, axloqiy mas’uliyat, ijtimoiy aloqalar va tanqidiy fikrlashni o‘z ichiga oladi. Pedagogik jarayonda, talabalarga media vositalarini ishlatishda axloqiy va ijtimoiy mas’uliyatni his qilish, axborot tarqatishda haqiqatni tekshirish va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni o‘rganish zarur. Bu jarayon, talabalarga o‘z fikrlarini, g‘oyalarini va qarorlarini ongli ravishda adpi.uz universaljurnal.uz 272 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil shakllantirishni, shuningdek, media vositalaridan kreativ va innovatsion fikrlashda foydalanishni o‘rgatadi. Funksional model, talabalarning media vositalari orqali axborot almashinuvi, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga ta’siri, shuningdek, ularning axloqiy va estetik aspektlarini anglashda yordam beradi. Modelning asosiy komponentlari: 1. Kritik Fikrlash - bu media vositalari orqali taqdim etilgan axborotni chuqur tahlil qilish, uning ishonchliligini va haqiqatini tekshirish jarayonidir. Media vositalari, ayniqsa raqamli va ijtimoiy tarmoqlar, axborotning keng tarqalishini ta’minlaydi, biroq bu axborotning haqiqiy yoki yolg‘on ekanligini farqlash, uni tahlil qilish va baholash talab qilinadi. Kritik fikrlash, talabalar va umumiy jamiyat uchun muhim xisoblanadi, chunki: siyosiy yangiliklarda soxta xabarlar yoki qarama- qarshi fikrlar bo‘lishi mumkin. Talaba, bir yangilikni ko‘rganida, uning haqiqatligini tekshirish uchun manbalarni solishtiradi, faqat ishonchli manbalar va faktlarga tayangan holda xulosa chiqaradi. Shu boisdan quyidagi tahlillarni o‘tkazshi maqsadga muviq: - Axborotning manbasini tekshirish: Har bir axborotning manbasi ishonchli yoki ishonchsiz bo‘lishi mumkin. Talabalar, axborot tarqatishda kimning tomonidan va qanday kontekstda taqdim etilganini tahlil qilishni o‘rganishlari kerak. - Tahrir va manipulyatsiyani aniqlash: Media vositalarida ko‘pincha axborot tahrirlanadi yoki manipulyatsiyaga uchraydi. Kritik fikrlash orqali talabalar bu manipulyatsiyani aniqlashni va to‘g‘ri axborot bilan ishlashni o‘rganadilar. - Axborotni muvozanatlash va qaror qabul qilish: Axborotni tahlil qilishda, uning asosidagi tarafkashlikni yoki ko‘rsatilgan fikrlarni aniqlash kerak. Talabalar, haqiqatni aniqlashda muvozanatli yondashuvni rivojlantiradilar. - Qaror qabul qilish jarayoni: Tahlil qilingan axborot asosida talabalar ongli va adolatli qarorlar qabul qilishni o‘rganadilar. Bu ularning kundalik hayotida va professional faoliyatlarida muhimdir. 2. Axloqiy mas’uliyat – bunda media vositalarini ishlatishda axloqiy mas’uliyat, axborotning to‘g‘ri va adolatli tarzda tarqatilishiga qaratilgan ehtiyotkorlikdir. Bu o‘z navbatida jamiyatning axloqiy qadriyatlariga mos ravishda, media vositalaridan foydalanishda quyidagi muhim jihatlarni talab etadi: - Axborotning adolatli taqdimoti - yani media orqali axborotlar faqat faktlarni, haqiqatni va ob’ektivlikni tarqatishi kerak. Yolg‘on, manipulyatsiya yoki diskriminatsiya bilan bog‘liq axborotlarni tarqatmaslik axloqiy mas’uliyatni anglatadi. - Shaxsiy axborotni himoya qilish - Media vositalarida shaxsiy ma’lumotlarning oshkor bo’lishi va shaxsiy hayotga aralashishni oldini olish axloqiy mas’uliyatni ifodalaydi. Xar bir shaxs axborotlarni jamiyatga taqdim etishda, insonlarning shaxsiy

Доказательный фрагмент

«This article aims to develop a functional model of learning media philosophy knowledge in pedagogical higher education institutions, to teach students how to work with media on the basis of responsible and critical th…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article aims to develop a functional model of learning media philosophy knowledge in pedagogical higher education institutions, to teach students how to work with media on the basis of responsible and critical th… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
media philosophy, pedagogical higher education, students, media, critical thinking, ijtimoiy mas’uliyat, этические проблемы, kritik fikrlash, media falsafasi, media vositalari, pedagogik oliy ta’lim, критическое мышление, social responsibility, медиа, innovatsion ta’lim., инновационное образование., axloqiy masalalar, ethical issues, медиафилософия, педагогическое высшее образование, innovative education., студенты, talabalar, социальная ответственность
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники