К содержанию
РецензированоRU2025

ЗНАЧЕНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В РАЗВИТИИ ПИСЬМЕННОЙ И УСТНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

FOYDALANISHNING AHAMIYATI · Foziljonova Durdona Voxidjon qizi

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

This article details the importance of using artificial intelligence in developing the written speech competence of future primary school teachers. Also, artificial intelligence technologies are conceptually substantiated as a modern didactic tool and analyzed as an effective theoretical and methodological platform that ensures epistemological harmony between educational activities and research processes. Аннотация. В данной статье подробно освещается значение использования искусственного интеллекта в развитии письменной речевой компетенции будущих учителей начальных классов. Также технологии искусственного интеллекта концептуально обоснованы как современное дидактическое средство, проанализированы как эффективная теоретико-методическая платформа, обеспечивающая эпистемологическую гармонию между образовательной деятельностью и научно-исследовательскими процессами. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, nutqiy kompetensiya, yozma nutqiy kompetensiya; psixologik, metodik va lingvistik yondashuvlar; yozuv malakasi, sun’iy intellekt (AI), plagiat, innovatsion taraqqiyot. Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiluvchi kuch bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiya ekanligi isbot talab qilmas haqiqatdir. Jamiyatni rivojlantirish, kelajak poydevori bo‘lmish yosh avlodni ma’nan sog‘lom va har tomonlama barkamol shaxs etib voyaga yetkazishda ham ilm-fan o‘chog‘i – kichik ta’lim jabhalarining o‘rni beqiyosdir. Shu bois, islohotlarning asosiy negizi maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni tubdan isloh etishga qaratilmoqda. Xususan, boshlang‘ich ta’lim ta’limning asosini tashkil etib, pedagoglar oldiga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini samarali rivojlantirishni ta’minlashdek mas’uliyatli vazifa qo‘yiladi. Nutqiy kompetensiyani rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi shaxsini har tomonlama shakllantirishdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “O‘z fikrini mustaqil ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”, – degan fikrlari kichik yoshli maktab o‘quvchilarining nutqiga alohida e’tibor bilan yondashishga chorlaydi [2]. Zero, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy o‘rin tutadi. Nutqiy kompetensiya shaxsning nutqini aniq, ravon va samarali ifodalash qobiliyatidir. Buning isboti o‘laroq, olima D.Shadmankulovaning ilmiy yondashuvlariga koʻra, "Nutqiy kompetensiya (kommunikativ kompetensiya)-oʻquvchining notanish matnni ifodali oʻqiy olish, oʻzgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda uni ogʻzaki qayta bayon qila olish, fikrni yozma ravishda izchil ifodalay olish darajasi hisoblanadi" [1]. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini shakllantirish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi, negaki bu ularning bilim, ko’nikma, malakalarini rivojlantirishga, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishga, o‘z-o‘zini o‘rganishga va global adpi.uz universaljurnal.uz 308 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil dunyoda muvaffaqiyatli bo‘lishlarida ahamiyatlidir. Shuningdek, o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirish ularning shaxsiy o‘sishi va ijtimoiy faolligi, akademik muvaffaqiyatga erishishi uchun zamin yaratadi hamda o‘rinli tanqidiy fikrlash natijasida samarali takliflar berish ko‘nikmasini ham shakllantiradi. Yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirish – bu murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u psixologik, metodik va lingvistik asoslar bilan chambarchas bog‘liqdir. Psixologik yondashuvga ko‘ra, yozma nutqni shakllantirishda o‘quvchining individual qobiliyatlari, fikrlash darajasi, emotsional holati va motivatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Yozish jarayoni ongli faoliyat bo‘lib, unda tafakkur, xotira, e’tibor va ijodiy yondashuvlar ishtirok etadi. Metodik yondashuv esa yozma nutqni bosqichma-bosqich, tizimli tarzda shakllantirishni nazarda tutadi. Bu yerda matn tuzish qoidalari, kompozitsion tuzilma, uslubiy jihatlar, mavzuga mos yondashuvlar va topshiriqlarning izchilligi e’tiborga olinadi. Sun’iy intellektdan foydalanish esa metodik jarayonni soddalashtiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrini rag‘batlantiradi. Lingvistik yondashuv yozma nutqdagi til vositalarining to‘g‘ri, mazmunli va grammatik jihatdan aniq qo‘llanilishini o‘z ichiga oladi. Bunda sinonimlar, uslubiy vositalar, gap tuzilishi va kontekst muhim ahamiyatga ega. SI texnologiyalari matnning grammatik va uslubiy sifati ustida ishlashga yordam beradi. Ushbu yondashuvlar uyg‘unlashganda, ta’lim jarayonida yozma nutq kompetensiyasi yuqori darajada shakllanadi. Zero, yozuv malakasi oʻqituvchi faoliyati uchun asosiy koʻnikmalardan biri bo‘lib, aynan boshlang‘ich sinf oʻqituvchilarining bu boradagi mahorati o‘quvchilarning dastlabki bilimlari shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida,

Доказательный фрагмент

«This article details the importance of using artificial intelligence in developing the written speech competence of future primary school teachers.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article details the importance of using artificial intelligence in developing the written speech competence of future primary school teachers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yozuv malakasi, плагиат, boshlang‘ich ta’lim, инновационное развитие., yozma nutqiy kompetensiya, innovative development., written oral competence, plagiarism, plagiat, artificial intelligence (AI), writing skills, oral competence, methodological and linguistic approaches, устная грамотность, innovatsion taraqqiyot., психологические, письменная устная грамотность, навыки письма, primary education, nutqiy kompetensiya, sun’iy intellekt (AI), методические и лингвистические подходы, искусственный интеллект (ИИ), psixologik, начальное образование, metodik va lingvistik yondashuvlar, psychological
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники