Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВЛИЯНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА НА МЕЖДУНАРОДНЫЕ ОТНОШЕНИЯ
MUNOSABATLARGA TA’SIRI · Yusupova Sevara Nizamitdinovna · Oripova Shaxnoza Kodirjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
This article analyzes the impact of artifical intelligence technologies on interethnic relations. The article discusses ways to strengthen interethnic relations and cooperation through the rational use of artificial intelligence technologies, as well as ways to prevent negative consequences. Key words: Artificial intelligence, interethnic relations, globalization, language and culture, values, disinformation, digital inequality Sun’iy intellekt texnologiyalari XXI asrning eng muhim innovatsiyalaridan biri bo‘lib, insoniyat hayotining barcha sohalariga, shu jumladan, millatlararo munosabatlarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Sun’iy intellektning millatlararo munosabatlarga ta’siri barcha yo’nalishlarda yaqqol namoyon bo‘lib, hattoki milliy-madaniy qadriyatlar, an’analar va o‘zlikni anglashga ham ta’sir etmoqda. Globalizatsiya sharoitida millatlar va madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalar va ta’sir kuchayib bormoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalari bu jarayonni yanada tezlashtirib, milliy-madaniy xilma- xillikni saqlash va milliy o‘zlikni anglash, millatlararo munsabatlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Sun’iy intellektning millatlararo munosabatlar va madaniyatga ta’sirini o‘rganish millatlararo munosabatlarni to’g’ri yo‘naltirish hamda turli millatlar o’rtasidagi muammoli vaziyatlarni oldini olish uchun zarurdir. Sun’iy intellekt bugungi kunda ko’plab ilmiy ishlarning asosiy mavzusiga aylanib ulgurgan. Turli soha olimlari ham aynan o’z yo’nalishlariga sun’iy ongning ta’sirini o’rganib, tahlil qilishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda Sun’iy intellektning xalqaro va millatlararo munosabatlarga va madaniyatga ta’siriga bag‘ishlangan bir qator ilmiy ishlar mavjud. Millatlararo va xalqaro munosabatlarga ta’siri haqida rus olimlaridan Sankt-Peterburg davlat universiteti aspiranti T.Grishanina “Sun’iy intellekt xalqaro munosabatlarda mavzusida”[1], Moskva davlat Xalqaro munosabatlar instituti olimlaridan A.D.Korobkov “Sun’iy intellekt texnologiyalarning xalqaro va millatlararo munosabatlarga ta’siri[2] mavzusida, xorijiy olimlardan Germaniyada joylashgan xalqaro munosabatlar instituti olimi Octavio Kulezs “Sun’iy intellekt va xalqaro madaniy munosabatlar” (“Artifical Intelligence and International Cultural Relations”)[3] yo’nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar va ularning natijalariga ko’ra xalqaro va millatlararo munosabatlarda sun’iy intellekt texnologiyalarning o’rni tobora kuchayib bormoqda. adpi.uz universaljurnal.uz 337 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Avvalo, bugungi kunda sun’iy intellektning ommalashib borayotgani turli millatlar o’rtasidagi o’zaro ma’lumot almashinuvni kengaytirmoqda, turli tillar o’rtasidagi to’siq sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tez va oson hal etilmoqda. Turli tillardagi matn, ovozli yozuv va shu kabilarni avtomatik tarjima qilishga mo’ljallangan til ilovalari sun’iy intellektning eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Bu kabi sinxron tarjima apparatlari yordamida til to’siqlari juda oson yo’qotiladi va bu esa o’z navbatida, millatlar o’rtasida aloqalarni yanada mustahkamlaydi. Shuningdek, sun’iy intellekt turli madaniyatlarini va milliy an’analarini texnologiyalar orqali o’zga millat vakillariga oson yetkazib bera olishi va buning natijasidagi o’zaro anglash turli madaniyatlar o’rtasidagi har sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga ko’mak beradi. Ayrim sun’iy intellekt texnologiyalari turli millatlar va madaniyatlar o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni tez va oson aniqlashi natijasida turfa xil vakillar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Turli millatlarning o’zaro do’stlik aloqalarini rivojlantirishda ta’lim alohida o’rin tutadi. Sun’iy intellektdan foydalangan holda turli ta’lim platformalarining yaratilishi va ularning tobora ommalashib borayotgani ham turli mamlakatlar va turli millatdagi o’quvchi, talaba va tadqiqotchilarni aynan bir ta’lim platformasi orqali bilim olishiga ko’mak bermoqda bu esa madaniy almashinuv va milliy totuvlikni yanada kengaytiradi. Sun’iy internet texnologiyalar millatlararo totuvlikka yangi keng yo’l ochgan holda bugungi kunda yanada rivojlanib bormoqda. AQSHning sobiq davlat kotibi, mashxur siyosatshunos, diplomat Genri Kissenjer “Men sun’iy intellekt va u bilan bog’liq yo’nalishlar insoniyatni xuddi Renessans davridagidek o’zgartirishiga ishonch hosil qildim” deb yozgan edi. [4] Lekin yuqoridagi kabi ijobiy natijalar bilan birgalikda, ayni damda sun’iy ongning salbiy tomonlari ham xalqaro va millatlararo munosabatlarga ta’sir ko’rsatmoqda. Sun’iy intellektning eng kuchli xavf-xatarlaridan biri sifatida esa, soxta xabarlar va turli tashviqotlarning keng tarqalishi ko’rilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antonio Guterrish 2023 yilgi “Sun’iy intellekt farovonlik uchun” global sammitidagi tabrik nutqida shunday deydi: “Su
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the impact of artifical intelligence technologies on interethnic relations.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the impact of artifical intelligence technologies on interethnic relations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Artificial intelligence, interethnic relations, globalization, language and culture, education, глобализация, globalizatsiya, dezinformatsiya, образование, цифровое неравенство., til va madaniyat, Sun’iy intellekt, raqamli tengsizlik., язык и культура, межэтнические отношения, дезинформация, ценности, digital inequality., millatlararo munosabatlar, disinformation, ta’lim, qadriyatlar, values, Искусственный интеллект
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026