Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
УСТОЙЧИВОСТЬ СЕМЕЙНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В КОНТЕКСТЕ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ
Odiljon G’ulomjonov (ADU)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida oilaviy qadriyatlarning barqarorligi haqida batafsil fikr-mulohazalar kiritilgan.Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot oqimlarining kuchayishi va jamiyat hayotining tobora raqamlashtirilishi natijasida oilaviy qadriyatlar an'anaviy va zamonaviy omillar o‘rtasida muvozanatni saqlash zaruriyati haqida atroflicha mulohazalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: raqamli transformatsiya, oila, oilaviy qadriyat, ijtimoiy falsafa, Oilaviy qadriyatlarning barqarorligi va o‘zgarishi raqamli transformatsiya sharoitida ijtimoiy falsafa kontekstida muhim ilmiy muammolar sirasiga kiradi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot oqimlarining kuchayishi va jamiyat hayotining tobora raqamlashtirilishi natijasida oilaviy qadriyatlar an'anaviy va zamonaviy omillar o‘rtasida muvozanatni saqlash zaruriyatiga duch kelmoqda. Bu holat ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinganda, oilaning ijtimoiy institut sifatida transformatsiyaga uchrashi, shaxslararo munosabatlarning yangi shakllari, ma’naviy merosning uzatilishi mexanizmlarining o‘zgarishi va raqamli muhitda ijtimoiy identifikatsiyaning yangi qiyofasini shakllantirish kabi jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy falsafa nuqtayi nazaridan oilaviy qadriyatlar insoniyat jamiyatining tarixiy shakllanish jarayonida rivojlanib kelgan eng barqaror institutlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. An’anaviy jamiyatda oila avlodlar o‘rtasida meros sifatida uzatiladigan ijtimoiy normalar, axloqiy tamoyillar va diniy e’tiqodlar orqali shakllangan bo‘lsa, raqamli transformatsiya sharoitida bu qadriyatlar yangi shakl kasb etmoqda. Axborot texnologiyalari oilaviy munosabatlarda o‘zaro ta’sir mexanizmlarini o‘zgartirgan holda, bir tomondan, aloqa imkoniyatlarini kengaytirmoqda, ikkinchi tomondan esa oilaviy qadriyatlarning fragmentatsiyalanishiga olib kelmoqda. Bugungi global raqamli jamiyatda oilaning ma’naviy rolini saqlab qolish va mustahkamlash muammosi dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Virtual muloqot va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi tufayli shaxslar o‘zaro real muloqot qilish ehtiyojidan ma’lum darajada uzoqlashmoqda. Bunday sharoitda oilaviy qadriyatlarning asosiy komponentlari – hurmat, ishonch, mehr-muhabbat va o‘zaro mas'uliyat kabi tushunchalar yangi kommunikatsiya vositalari orqali qayta talqin qilinmoqda. Shuningdek, raqamli texnologiyalar orqali oilaning ta’lim-tarbiyaviy vazifalari ham o‘zgarib, yangi avlodning ijtimoiylashuvi jarayoni boshqa formatda kechmoqda. E.N.Markina va A.O. Dik tomonidan alohida o‘rganilgan obman va manipulyatsiya fenomenlari oila institutiga dezinformatsion tahdidlarni tushunishda markaziy o‘rin tutadi. Yolg‘on - bu shunchaki yolg‘on emas, balki ijtimoiy haqiqatni konstruktiv buzish, axloqiy koordinatalarni noto‘g‘ri sozlash vositasidir. Shu jihatdan, oilada sodir bo‘layotgan axborotli nomutanosibliklar ko‘pincha tashqi ijtimoiy manipulyatsiyalarning samarasidir. N.R. Ganiyev tomonidan ko‘tarilgan “ma’naviy vandalizm” tushunchasi, dezinformatsiyaning nafaqat axborot, balki aksiyologik sohada ham halokatli rolini ochib beradi. Oilaning ichki qadriyat tuzilmasi yo‘q qilinayotganida, bu - tashqi axborot agresiyasining natijasi bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy falsafa doirasida oilaviy qadriyatlarning barqarorligi va o‘zgarishining tahlili shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya bu qadriyatlarni butunlay yo‘q qilish yoki almashtirish emas, balki ularni moslashuvchanlikka undash jarayonidir. Bu borada ijtimoiy ongning evolyutsion rivojlanishi, an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar sintezining muhimligi ta’kidlanadi. Masalan, oilaviy munosabatlarda an'anaviy axloqiy-me'yoriy tamoyillarni saqlab qolgan holda, raqamli muhitning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish oilaning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. “Ona farzandlari ruhiga eng gо‘zal axloqni naqsh etadi. Boshqalarni yaxshi kо‘rmoqni, yaqinlariga adpi.uz universaljurnal.uz 410 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil xushmuomala, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat kо‘rsatmoqni, zaif va zaifalarga yordam bermoqni о‘rgatadi. Ishlarni chiroyli va gо‘zal bajarishni, tо‘g‘ri sо‘z bо‘lishni uqtiradi. Axdiga vafo qilishni, hukmlarida odil bо‘lishni, shunga о‘xshash odob-axloqqa doir narsalarni farzand ongiga, qalbiga soladi va oqibatli, xushxulq inson bо‘lishiga tinimsiz yordam beradi”. Shunday qilib, ijtimoiy falsafa nuqtayi nazaridan raqamli transformatsiya sharoitida oilaviy qadriyatlarning barqarorligi va o‘zgarishi dialektik jarayon bo‘lib, bu jarayonda qadriyatlarning adaptatsiyasi, ularning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashuvi va meros sifatida uzatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamli jamiyat sharoitida oilaviy qadriyatlarning yo‘qolib ketmasligi uchun milliy an’analarni saqlash va ularga yangi texnologiyalar bilan uyg‘unlikda yondashish zarur. Bu esa ijtimoiy institut sifatida oilan
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida oilaviy qadriyatlarning barqarorligi haqida batafsil fikr-mulohazalar kiritilgan.Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot oqimlarining kuchayishi va jami…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida oilaviy qadriyatlarning barqarorligi haqida batafsil fikr-mulohazalar kiritilgan.Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot oqimlarining kuchayishi va jami… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- family values, социальная философия, digital transformation, raqamli transformatsiya, oilaviy qadriyat, oila, family, цифровая трансформация, social philosophy, семейные ценности, ijtimoiy falsafa, семья
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025