Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ «ЯЗЫКОВОЙ ЛИЧНОСТИ» В ВИРТУАЛЬНОМ ВЗАИМОДЕЙСТВИИ
DSc Dilfuza Nurmanova · PhD Barchinoy Isroilova
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
This article discusses the characteristic features of the Internet environment, the linguistic personality and its opportunities for using language, and the linguistic and extralinguistic factors that shape the linguistic personality. Keywords: speech ontogenesis, Internet, virtuality, linguistic personality phenomenon, linguistic factors, extralinguistic factors. XIX asrning birinchi yarmida V.Gumboldt tomonidan zamonaviy antropologik tilshunoslikka asos solindi. U bir necha bor, til – bu shunday organki, inson u yordamida o‘z fikrini ifodalaydi deb ta’kidlagan. U til millat ruhini ifodalashini va shakllantirishini, olam haqidagi milliy tasavvurni ko‘rsatishini ta’kidlaydi. V.Gumboldt tillarni qiyoslashga alohida e’tibor berish zarurligini aytadi: “ularning farqi – bu nafaqat tovush va belgilarda, balki dunyoqarashda hamdir. Bunda, barcha til tadqiqotlarining yakuniy maqsadi va mazmuni yotadi”. Inson nutqi shakllanish, til oʻzlashtirilish jarayoni nutq ontogenezi deb nomlanadi. Mazkur jarayon ikki asosiy bosqichda yuz beradi: a) verballashuvgacha boʻlgan davr; b) verballashuv davri. Verballashuvgacha boʻlgan davrda inson oʻzini oʻrab turgan olam obrazlarini 5 ta sezgi: koʻrish, eshitish, sezish, ta’m bilish, hid bilish orqali oʻzlashtiradi, natijada amaliy bilim toʻplanadi, ushbu amaliy bilimlar, tabiatdagi denotatlar inson ongida ramzlar shaklida muhrlanib boradi va signifikatga, nazariy bilimga aylanadi. Bu jarayonda ushbu davrda atrofdagi muloqot tilida denotat hamda signifikatni ifodalash uchun zarur boʻlgan soʻz shakllari jadal oʻzlashtiriladi. Verballashuv davrida esa, mazkur oʻzlashtirilgan unsurlar faol nutqqa koʻchadi va ular vositasida muloqot jarayoni, axborot almashinuvi yuzaga keladi. Yuqorida ta’kidlaganidek, insonlardagi bunday axborot almashinuvi ham fonetik, ham semantik qobiqqa ega boʻladi. Demak, insonlarning oʻzaro axborot almashinuvi kognitsiya, ya’ni tafakkur natijasida ongda aks etgan ramzlar va ularni semantik jihatdan ifodalovchi lisoniy birliklar vositasida amalga oshiriladi. Bugungi kunda internet xususiy informatsiya, sotsial, psixologik va lingvistik omil sifatida qabul qilinmoqda. Internet muhitining xarakterli xususiyatlariga virtuallik, interaktivlik, globallik, yaratuvchilik, anonimlik va mozaika daxldor. Bu ochiq kommunikativ makon, ideal muhitdir. Unda bevosita lisoniy shaxs va uning tildan foydalanish imkoniyatlari, oʻziga xos xususiyatlari, ya’ni til – inson yaxlitligi tom ma’nodagi butun bir mohiyat sifatida namoyon boʻladi. Shuning uchun ham virtual maydondagi muloqot jarayonini shakllantirishda bosh omil sifatida lisoniy shaxs ishtiroki va adpi.uz universaljurnal.uz 444 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil uning maqomi asosiy masala sanaladi. Oʻz navbatida, Y.Odilov “Inson madaniy tajriba, lisoniy bilimlarga ega boʻlib borishi bilan oʻz shaxsiyatini shakllantiradi, shaxsiyatlar birlashib esa, millat zehniyatini yuzaga keltiradi. Jamiyat – til – madaniyat tarzidagi muntazam ta’sirlashuvda lisoniy va madaniy malakalarning oʻzgarib turishi qanchalik tabiiy boʻlsa, jamiyat a’zolarining oʻz lisoniy va madaniy koʻnikmalarini barqaror saqlashga intilish ham shunchalik tabiiy”, – deya oʻrinli ta’kidlab oʻtadi. Virtual olam va unda kechayotgan muloqot jarayonlari ham alohida belgi xususiyatlarga ega ekanligi jihatidan xarakterlanadi. Alohida bir shakl va qonuniyatlarga ega boʻlib borayotgan mazkur nutqiy faoliyat ogʻzaki va yozma shakllarning qaysidir ma’nodagi umumlashmasi, yaxlitligi, qorishiqligi tarzida shakllanganligi jihatidan murakkablik kasb etmoqda. Ayni jarayonda til shaxsining til me’yorlarini bilishi, ogʻzaki va yozma nutq koʻnikmalariga ega boʻlishi, ularni chalkashtirmaslik hamda oʻz o‘rnida qoʻllay olishi bilan bogʻliq jihatlar asosiy muammo sifatida yuzaga chiqmoqda. Til inson mavjudligining muhim sharti, tilsiz inson faoliyatini tasavvur qilib boʻlmaydi. Inson tildan foydalanish jarayonida uni oʻz izmiga solishga harakat qiladi, oʻz navbatida, til ham insonning ijtimoiy shakllanishida muhim oʻrin tutadi. Bu holat tilshunoslikda tilda inson omili muammosini oʻrganish zaruratini yuzaga keltirdi. D.Xudoyberganova “tilni “til shaxsi”, boshqacha aytganda, “lisoniy shaxs” omili bilan bogʻliqlikda oʻrganish antroposentrik tilshunoslikning qayd etilgan yoʻnalishlari qatorida lingvopersonologiyaning mustaqil ilmiy paradigma sifatida shakllanishiga olib kelganligini hamda lingvopersonologiyaning mustaqil ilmiy paradigma sifatida shakllanishiga tilshunoslikda lisoniy shaxs muammosini oʻrganishga e’tiborning kuchayishi sabab boʻlgan deb hisoblaydi”. Professor A.Nurmonov esa, “tilshunoslik ilmiy paradigmasiga “til shaxsi” kategoriyasining kiritilishi ilgari tilshunoslik nazaridan chetda qolgan, lekin tilshunoslikka yaqin boʻlgan fanlarda keng qoʻllanilgan shaxs, ong, tafakkur, faoliyat, xulq, vaziyat singari tushunchalarning oʻzlashtirilishiga olib k
Доказательный фрагмент
«This article discusses the characteristic features of the Internet environment, the linguistic personality and its opportunities for using language, and the linguistic and extralinguistic factors that shape the lingui…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the characteristic features of the Internet environment, the linguistic personality and its opportunities for using language, and the linguistic and extralinguistic factors that shape the lingui… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech ontogenesis, Internet, virtuality, linguistic personality phenomenon, интернет, lisoniy shaxs fenomeni, лингвистические факторы, virtuallik, экстралингвистические факторы., ekstralingvistik omillar., речевой онтогенез, linguistic factors, lingvistik omillar, феномен языковой личности, nutq ontogenezi, extralinguistic factors., виртуальность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026