Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕТОДИКА РАБОТЫ НАД ОНТО-ЯЗЫКОВЫМИ СПОСОБНОСТЯМИ ДЕТЕЙ
Komilova Dilnozaxon Abdulxayevna
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
В статье описаны условия формирования и регулярного совершенствования онтолингвистических навыков детей, подготовки их к самостоятельной жизни путем совершенствования способности детей свободно участвовать во взаимодействиях со сверстниками и взрослыми и, наконец, в общении. Ключевые слова: oнтолингвистические способности, свободное участие, профессиональные навыки, взаимодействие, активность, исполнительность, язык, речь, невербальные средства, вербальные средства, общение. Annotation: The article provides information about the conditions for systematically and systematically improving ontolinguistic work in children, increasing children's ability to freely participate in interactions with peers and adults, and ultimately developing communication skills. Key words: ontolinguistic ability, free participation, professional skills, interaction, activity, effectiveness, language, speech, nonverbal means, verbal means, communication. Buyuk o‘zgarishlar davrida hamma vaqt ta’lim-tarbiya masalasi birinchi o‘ringa chiqadi. “Abdulla Avloniyning fikricha: “Tarbiya vujudimizni quvvatlandurmak, fikrimizni nurlandurmak, axloqimizni go‘zallandurmak, zehnimizni ravshanlandurmak uchun zarur ”. Bu haq gap. Ijtimoiy munosabatlar va insonlararo muloqotlar “noziklashgan” bugungi davrda bolalarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni to‘laqonli muloqot ko‘nikmalariga o‘rgatish, ya’ni ularga munosib ta’lim-tarbiya berish bir millat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvida ontolingvistik qobiliyatlar o‘ta dolzarb sanaladi. Bu esa faoliyatning samarali natijasi hamda o‘zaro munosabatga kirishish jarayoni bilan bog‘liqdir. Bolalarda muloqotning samarali bo‘lishidagi eng zarur komponentlardan biri bu ontolingvistik qobiliyatlar ularda qay darajada shakllanganligiga borib taqaladi. Ma’lumki, insonlarning ontolingvistik qobiliyatlar tarkibiga o‘zaro muloqot yuritishda foydalaniladigan belgilar, ya’ni til, nutq va turli noverbal vositalar kiradi. Bugun mamlakatimizda ta’lim-tarbiya, jumladan, boshlang‘ich ta’lim sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq, bolalarni tengdoshlari va atrofdagilar bilan muloqotga kirishishida bir qator muammolarga duch kelishayotgani sir emas. Ayni paytda, boshlang‘ich ta’lim yoshidan keyingi ta’lim jarayoniga o‘tish bola psixikasi uchun juda qiyin sinov hisoblanadi. Masalani o‘rganish va kuzatishlarimiz natijasida quyidagi muammolar aniqlandi: – bolalardagi lug‘at boylikning maktabda o‘qitiladigan umumta’lim fanlarini egallashi uchun yetarli emasligi; – bolalarning o‘z fikrini erkin ifodalashi, nutqiy muhitga mos so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishiga oid didaktik ta’minotning talab darajasiga javob bermasligi; – ota-onalarning o‘z farzandini maktab ta’limiga nutqiy jihatdan tayyor bo‘lishining mezonlari va talablaridan yetarlicha xabar topmaganliklari; adpi.uz universaljurnal.uz 451 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil – bolalarning muloqot jarayonida o‘z fikri, hissiyotlari va taassurotlarini namoyon eta olmayotganligi; – bolalarning iltimos yoki ma’lumotlarni o‘z tengdoshlariga tugal aytolmasligi, tanish insonlari bilan muloqotga dadil kirisha olmasligi; – bolalarda nutqning dialogik shaklini yetarli darajada shakllanmaganligi hamda kommunikativlikni rivojlantirishga mo‘ljallangan metodik manbalarning yetishmasligi; – pedagoglari tomonidan kommunikativ kompetensiyaning ijtimoiy-ruhiy aspektlari to‘liq anglanmayotganligi. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bola jismoniy, ruhiy, ma’naviy, shu bilan birga nutqiy bilimga ehtiyoj sezadi. Bola nutqdan o‘z fikri, his-tuyg‘ularini ifodalashga rag‘bat ko‘rsatadi, qiziqadi, undan atrofdagi insonlarga taʼsir qilish uchun faol foydalanadi. Bola tashqi dunyoni ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek, nutq yordamida bilib olish imkoniyatini doim sezib turadi. Bu o‘rinda buyuk adib Abdurauf Fitratning quyidagi fikrini eslab o‘tish joiz: “Suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha rangda tovlangani kabi bolalar ham qaysi muhitda bo‘lsalar, o‘sha muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar”. Inson bolasining ijtimoiy hayotga ko‘nikishi juda sekin amalga oshadigan jarayon sanaladi. Uning hayotdagi o‘rni nutqi bilan belgilanadi. Nutq esa amaliy ong sanaladi. Demak, bolalarda ontolingvistik qobiliyatlarini shakllantirish va muntazam takomillashtirib borish shartlaridan biri bu – bola ongini har jihatdan o‘stirishga borib taqaladi. Bu jarayondagi bosh mezon uni o‘rab turgan muhim sanaladi. Ijtimoiy ko‘nikmalari yetarlicha shakllanmagan bola tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro munosabatlarda erkin ishtirok eta olmaydi va uning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda harakatlanish imkoniyatlari chegaralanib qoladi. Shu bois, mazkur kichkina tadqiqot ishimizda ilgari surilgan g‘oya bu –bolalarda ontolingvistik qobiliyatlarini shakllantirish orqali ularni mustaqil hayotga tayyorlash, pirovard natijada
Доказательный фрагмент
«В статье описаны условия формирования и регулярного совершенствования онтолингвистических навыков детей, подготовки их к самостоятельной жизни путем совершенствования способности детей свободно участвовать во взаимоде…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье описаны условия формирования и регулярного совершенствования онтолингвистических навыков детей, подготовки их к самостоятельной жизни путем совершенствования способности детей свободно участвовать во взаимоде… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ontolinguistic ability, free participation, professional skills, interaction, activity, erkin ishtirok, language, ontolingvistik qobiliyat, nonverbal means, kаsbiу kо‘nikmаlаr, effectiveness, samara, communication., speech, til, muloqot., verbal means, o‘zaro munosabat, noverbal vositalar, verbal vositalar, nutq, faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014