К содержанию
РецензированоRU2025

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ПРЕПОДАВАНИИ ГУМАНИТАРНЫХ НАУК

Ataxanov Rafikjon Sotvoldievich

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

The article discusses the role and importance of artificial intelligence technologies in teaching humanities. It also highlights the useful aspects, advantages and examples of their application in the education system. Key words: artificial intelligence, education system, humanities, database, interactive, virtual laboratories, algorithm. Zamonaviy ta’lim tizimi oʻqitishning yangi texnik ва texnologik yutuqlariga asoslangan holda rivojlanmoqda. Xususan, keyingi yillarda sun’iy intellektdan ta’lim jarayoniда samarali foydalanish jadal sur’atlar bilan joriy qilinmoqda. Ma’lumki, gumanitar fanlar inson tafakkuri, tili, madaniyati, tarixi va jamiyat taraqqiyotini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, sun’iy intellektdan foydalanish ushbu jarayonlarni yanada aniqroq tahlil qilish, ma’lumotlarni qayta ishlash va interfaol o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Snu ma’noda, sun’iy intellekt gumanitar fanlarni o‘qitishda yangi yondashuvlar yaratib, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Sun’iy intellekt va gumanitar fanlarning o‘zaro bog‘liqligi shundaki, gumanitar fanlar insoniyat tarixining, madaniyatining va tafakkurining chuqur qatlamlarini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu sohada sun’iy intellektning qo‘llanilishi, avvalo, tarixiy manbalarni raqamlashtirish, til va adabiyotlarni tahlil qilish, madaniy va san’at asarlarini qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi. Sun’iy intellektning rivojlanishi bir necha o‘n yilliklar davomida bosqichma-bosqich shakllandi. Dastlab, matematik modellar va statistik usullar yordamida muayyan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan sun’iy intellekt tizimlari yaratilgan edi. Bu tizimlar inson tafakkurining murakkab jihatlarini ham qamrab olishga intiladi, shu bilan gumanitar fanlar doirasida yangi tadqiqot metodologiyalarini yaratishga yordam beradi. Masalan, tarixiy hujjatlar, qadimgi matnlar va adabiyot namunalarini raqamlashtirish jarayonida sun’iy intellect algoritmlari yordamida avtomatik transkripsiya va tahlil usullari qo‘llaniladi. Bu orqali olimlar qadimgi tilshunoslik va madaniyatni chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, bu usullar yordamida adabiy asarlar orasidagi stilistik va tematik o‘xshashliklarni aniqlash, madaniy qadriyatlar o‘zgarishini kuzatish va hatto yangi ilmiy gipotezalarni ishlab chiqish mumkin. Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari gumanitar fanlarda raqamli ma’lumotlar bazalarini yaratish, til modellari yordamida matnlarni avtomatik tarjima qilish va adabiy asarlarni tahlil qilish uchun keng qo‘llanilmoqda. Misol uchun, raqamli kutubxonalar, tarixiy arxivlar va tilshunoslik tadqiqotlari uchun maxsus ishlab chiqilgan tizimlar mavjud. Ushbu tizimlar yordamida olimlar nafaqat matnlarni avtomatik tarzda adpi.uz universaljurnal.uz 456 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil tahlil qilib, ularning mazmunini tushunish, balki interfaol usullar orqali o‘zaro bog‘liqliklarni ham aniqlashlari mumkin. Bundan tashqari, interfaol platformalar va virtual ta’lim muhitlari sun’iy intellektning imkoniyatlarini kengaytirishda katta rol o‘ynaydi. Talabalar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan maxsus dasturiy ta’minot, raqamli resurslar va virtual laboratoriyalar yordamida gumanitar fanlar yanada interaktiv shaklda o‘qitiladi. Bu nafaqat o‘quv jarayonini qiziqarliroq qiladi, balki talabalarning tahliliy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Sun’iy intellektning ta’lim tizimiga kirishi ko‘plab yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Quyidagi bo‘limlarda gumanitar fanlarni o‘qitishda sun’iy intellekt qo‘llanilishining asosiy jihatlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Har bir talabani o‘ziga xos xususiyatlari, bilim darajasi va qiziqishlari bilan ajralib turadi. Sun’iy intellekt texnologiyalari bu farqlarni aniqlash va ularni hisobga olgan holda moslashtirilgan o‘quv rejalarini yaratishda qo‘l keladi Sun’iy intellekt ta’lim oluvchining vaqtini tejashga va ta’limda muvaffaqiyatli rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Sun’iy intellektning imkoniyatlari keng qamrovli bo’lib, u sizni qiziqtirgan savollarga javob berishi, berilgan buyruq asosida rasm chizishi yoki turli mavzularda taqdimotlar yaratishi va xattoki, turli referat va maqolalar ham yozib bera olish imkoniyatiga ega. Uning ta'lim algoritmlari, talabalarning individual xususiyatlari va o'rganish usullari asosida moslashtiriladi, bu esa har bir talabalarning o'ziga xos ta'lim yo'lidagi qobiliyatlarini oshiradi [1]. Adaptiv o‘quv tizimlari: Mashinaviy o‘rganish algoritmlari yordamida har bir talabani doimiy kuzatish, uning o‘zlashtirish tezligini aniqlash va o‘qitish materiallarini shunga mos tarzda moslashtirish mumkin. Masalan, sun’iy intellekt asosidagi platformalar talabalar tomonidan yechilayotgan topshiriqlar, test natijalari va muhokamalarga asoslanib, ularning qiyinchilik darajasini baholaydi va keyingi materiallarni

Доказательный фрагмент

«The article discusses the role and importance of artificial intelligence technologies in teaching humanities.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the role and importance of artificial intelligence technologies in teaching humanities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artificial intelligence, education system, humanities, database, interactive, интерактив, виртуальные лаборатории, virtual laboratories, система образования, алгоритм., virtual laboratoriyalar, ta’lim tizimi, гуманитарные науки, algoritm., algorithm., база данных, искусственный интеллект, gumanitar fanlar, interfaol, ma’lumotlar ba’zasi, sun’iy intellekt
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники