Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Maqolada hozirgi kunda maktab va maktab o`qituvchilarining asosiy maqsadi o`quvchilarga yangi noan`anaviy dars usullaridan foydalanib ta’lim berish va tarbiyalash ekanligi, barcha maktablar boshlang`ich ta`lim samaradorligini oshirishni o`z oldiga maqsad qilib, boshlang`ich ta`lim samaradorligini oshirishda innovatsion va zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish hozirgi zamon talabi ekanligi xususida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: boshlang`ich ta`lim, samaradorlik, innavatsion pedagogik texnologiyalar. Har bir ishning poydevori mustahkam bo’lsa ko’zlangan maqsadga oson erishiladi. Kelajak avlodimiz bo`lgan yoshlarga hozirgi zamon talablariga mos, dunyo yoshlari bilan har sohada tenglasha oladigan o`zining iqtidori, qobilyati, salohiyati bilan O`zbekiston deya atalmish vatanimizning nomini yanada yuksaklarga ko`taradigan darajada ta`lim tarbiya berishni boshlang`ich ta`limdan boshlashimiz juda ham muhimdir. Shu maqsadni inobatga olib barcha maktablar boshlang`ich ta`lim samaradorligini oshirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Boshlang`ich ta`lim samaradorligini oshirishda innovatsion va zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish hozirgi zamon talabiga juda mos keladi. Har bir o`quvchi o`ziga hos iqtidor va qobilyatga ega. Ularni iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarish va yanada rivojlantirish o`qituvchining kasb mahoratiga ijodkorligiga va o`z ustida tinmay ishlashiga va dars o`tish metodiga bog`liq. O`qituvchi pedogogik mahoratiga erishishi uchun avvalo ijodkor bo`lishi kerak. Ijodkor o`qituvchi albatta boshlang`ich ta`lim samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan unumli foydalana oladi va har bir dars o`quvchilar ongida muxrlanib qoladi. Yangi pedogogik texnologiyalaridan foydalanib ta`lim berish o`quvchilarni erkin fikrlashga, qobilyatlarini namoyon qilishga, nutqini rivojlantirishga, bilim olish va unga erishish uchun tinmay izlanishga, vatanparvarlikga, tengdoshlari bilan do`stona munosabatda bo`lib ular bilan o`z fikrlarini almasha olishga o`rgatadi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun har bir darsda o’qituvchi mavzuga oid bo’lgan turli nostandart testlardan va didaktik o’yinlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. O’qish darsida quydagi nostandart test topshiriqlari o’quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini oshirishi bilan birgalikda ob’yekt va uning qismlarini tanish, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash ko‘nikmalarini nazorat qilish va baholash jarayonini haqqoniy va odilona amalga oshirish imkonini beradi. Ertakli rasm qahramonlarini aniqlang va jadvalga har bir rasm ostiga mos raqamlarni yozing: 1) “Ayoz bobo” ertagi; 2) “Ur to‘qmoq”ertagi; 3) “Qizil qalpoqcha”ertagi; 4) “Maugli”ertagi; 5) “Maqtanchoq quyon”ertagi; 6) “Bo‘g‘irsoq”ertagi; 7) “Uch og‘ayni botirlar”ertagi Rasmli va ko‘p javobli nostandart test javobi quyidagicha bo‘ladi: adpi.uz universaljurnal.uz 477 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil 2 3 6 1 7 5 4 Yuqorida berilgan nostandart test orqali har bir o’quvchining mustaqil fikrlash bilan birgalikda muammoning yechimini bir necha usullar bilan topish malakasini o’zlashtiradi. Bu testing yana bir afzalligi o’qituvchi uchun o’quvchilarning bilim darajsini aniqlashi osonlashadi. Sababi e’tibor beradigan bo’lsak, rasmlar chalkash holatda bo’lgani uchun har bir o’quvchi to’g’ri javobni topib rasmning ostiga belgilashi shart. Bunda tabiiyki bir nechta o’tilgan mavzular yoki ertaklarni takrorlash imkoniyati yaratiladi. Bu testlarning darajasini o’qituvchi sinf o’quvchilarining bilim darajasiga qarab murakkablashtirishi yoki soddalashtirishi mumkin. Rasmda berilgan ertaklarni aniqlab mos raqamlarni yozing Javobi: 1,2,3,4. Asarlar nomi Raqamlar “O‘g‘irlangan quyosh” 1 ertagi “Bo‘g‘irsoq”ertagi 2 “Uch og‘ayni botirlar” 3 ertagi “Suvarakxon” ertagi 4 Bu rasmli test ham o’quvchilarning zukkologi va eslab qolish qobiliyatini oshirish imkonini beradi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan nostandart test topshiriqlari o’quvchilarning mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlash va ko‘nikma, malakalar hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ertak va uning qahramonlari, badiiy asar va undagi voqea rivoji, asar muallifi yuzasidan ma'lumotlar beradi. Ta'lim- tarbiya jarayonida Blum taksonomiyasiga binoan o‘quv topshiriqlarining bajarilishiga erishish - talabalarning bilim darajasini nazorat qilish va baholashda nostandart test topshiriqlaridan foydalanish nazoratning haqqoniyligi va keng qamrovliligini ta'minlaydi. Hozirgi zamonaviy ta’limda har bir o’qituvchi o’zida boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo’lishi zarur. Chunki noan’anaviy ta’lim jarayonida o’qituvchining darsdagi ro’li ancha kamaygan. Endi o’quvchilar mustaqil fikrlash orqali dars mavzusini o’zlashtirishi talab etilmoqda. O’qituvchi faqatgina yo’naltiruvchi, aniqlovchi, xato va kamchiliklarni tuzatib to’g’ri yo’lga boshlovchi maqomida turibdi. O’qituvchi endi har bir darsni qiziqarli o’tkazish va o’z
Доказательный фрагмент
«Maqolada hozirgi kunda maktab va maktab o`qituvchilarining asosiy maqsadi o`quvchilarga yangi noan`anaviy dars usullaridan foydalanib ta’lim berish va tarbiyalash ekanligi, barcha maktablar boshlang`ich ta`lim samarad…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada hozirgi kunda maktab va maktab o`qituvchilarining asosiy maqsadi o`quvchilarga yangi noan`anaviy dars usullaridan foydalanib ta’lim berish va tarbiyalash ekanligi, barcha maktablar boshlang`ich ta`lim samarad… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- primary education, innovative pedagogical technologies., samaradorlik, innavatsion pedagogik texnologiyalar., boshlang`ich ta`lim, начальное образование, инновационные педагогические технологии., efficiency, эффективность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025