Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИНТЕГРАЦИЯ СЕМЬИ, ОБЩЕСТВА И ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО УЧРЕЖДЕНИЯ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ ПРОЦЕСС
Joxongir Solaydinovich Matkarimov (Andijon davlat pedagogika institute) · Xolmatova Shukrona (Andijon davlat pedagogika institute) · Umarova Gulsanam (Andijon davlat pedagogika institute) · Umaraliyeva Rayxona (Andijon davlat pedagogika institute) · Umaraliyeva Muborak (Andijon davlat pedagogika institute)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada oila, mahalla va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi integratsiyaning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Tarbiya jarayonida ushbu institutlar o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarbligi, bugungi kunda yuzaga kelayotgan ijtimoiy muammolar fonida integratsiyaga bo‘lgan ehtiyoj yoritilgan. Shuningdek, integratsiyaning samaralari, amaliy foydasi va uni amalga oshirishda uchraydigan muammolar haqida fikr yuritiladi. Xulosa va takliflar asosida ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga doir tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: tarbiya, integratsiya, oila, mahalla, ta’lim muassasasi, hamkorlik, farzand kamoloti, ijtimoiy muhit, ma’naviyat, pedagogik tizim. Har qanday jamiyatning taraqqiyoti, uning madaniy-ma’naviy salohiyati, iqtisodiy barqarorligi va siyosiy barpo etilishi, eng avvalo, o‘sha jamiyat a’zolarining bilim va tarbiyasiga bog‘liqdir. Ta’lim-tarbiya jarayoni esa inson shaxsini shakllantirishda, uni ijtimoiy hayotga tayyorlashda, yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlarga ega bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim omil hisoblanadi. Zamonaviy davrda yosh avlodga nafaqat bilim berish, balki ularning hayotga, mehnatga, vatanparvarlikka bo‘lgan munosabatini shakllantirish, ularda fuqarolik pozitsiyasini, milliy g‘urur va qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish ta’lim-tarbiya tizimining asosiy vazifalaridan biri sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ta’lim-tarbiya faqat maktab yoki o‘quv dargohi doirasida emas, balki butun jamiyat miqyosida olib borilishi lozim bo‘lgan jarayondir. Ijtimoiy hayotda ta’lim va tarbiya bir-birini to‘ldiruvchi jarayonlar bo‘lib, ular jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning ma’naviy immunitetini mustahkamlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv sharoitida yoshlarning ongi va tafakkuriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kuchayib borayotgan bir paytda, ta’lim-tarbiya tizimining samaradorligini oshirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Shuning uchun oila, mahalla va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash orqali ta’lim-tarbiya jarayonining ijtimoiy hayotdagi o‘rnini yanada kuchaytirish, barkamol, vatanparvar, bilimli va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash uchun zamin yaratish mumkin bo‘ladi. Yosh avlod tarbiyasi bujamiyatning kelajagi, xalqning ertangi kuni demakdir. Shuning uchun ham farzand kamolotida ularni o‘rab turgan muhit, ayniqsa, oila, mahalla va ta’lim muassasasining o‘zaro hamkorligi nihoyatda muhim hisoblanadi. Ushbu uchlik – farzandning shaxs sifatida shakllanishi, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, axloqiy va ma’naviy jihatdan yetuk inson bo‘lib voyaga yetishida hal qiluvchi omillardandir. Oilaning roli har bir insonning ilk tarbiya maskani aynan oiladir. Bola dunyoqarashi, axloqi, o‘zini tutish madaniyati, odob-axloq qoidalarini eng avvalo ota- onasi va yaqin qarindoshlaridan o‘rganadi. Oiladagi mehr-muhabbat, ijobiy muhit, tartib-intizom bolaga hayotga ishonch bilan qarash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga zamin yaratadi. Shuningdek, ota- onaning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mahalla esa oiladan keyin farzandning ijtimoiy hayotdagi faoliyati shakllanadigan muhitdir. Mahalla doirasidagi ijtimoiy nazorat, urf-odat va qadriyatlar asosida amalga oshiriladigan tarbiya ishlari bolani milliy ruhda tarbiyalashga xizmat qiladi. Mahalladagi obro‘li keksalar, adpi.uz universaljurnal.uz 504 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil jamoatchilik faollari, yoshlar yetakchilari orqali yosh avlodda jamiyatga foydali bo‘lish, o‘z xalqining madaniyati, tili va an’analarini hurmat qilish kabi fazilatlar shakllanadi. Ta’lim muassasasi esa ilm va tarbiya maskani bo‘lib, bolalarning intellektual salohiyati, tafakkuri, dunyoqarashi kengayadigan, kasb-hunar tanloviga asos bo‘ladigan muhim tizimdir. Maktabda o‘quvchilar nafaqat bilim oladi, balki muloqot qilish, jamoada ishlash, shaxsiy mas’uliyat, mehnatsevarlik kabi muhim ijtimoiy ko‘nikmalarni ham egallaydi. Ta’lim muassasasining oila va mahalla bilan hamkorlikda olib boradigan tarbiyaviy ishlari esa bu jarayonni yanada samarali qiladi. Bugungi globallashuv, raqamli texnologiyalar tez sur’atda rivojlanayotgan bir davrda yosh avlod tarbiyasi yanada murakkab va mas’uliyatli vazifaga aylanib bormoqda. Ochiq axborot makoni, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi, turli madaniyat va qadriyatlarning erkin kirib kelishi sharoitida farzandlarning ongini salbiy ta’sirlardan asrash, ularni ma’naviy barkamol shaxs etib tarbiyalashda yagona institutning sa’y-harakatlari yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu bois, oila, mahalla va ta’lim muassasasining integratsiyalashuvi bugungi kunning dolzarb talablaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Integratsiya deganda bu tuzilmalar o‘rtasida uzviy hamkorlik, doimiy aloqa va o
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada oila, mahalla va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi integratsiyaning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada oila, mahalla va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi integratsiyaning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- социальная среда, family, развитие ребенка, образовательное учреждение, ta’lim muassasasi, neighborhood, семья, spirituality, воспитание, oila, сотрудничество, integratsiya, pedagogik tizim., social environment, соседство, farzand kamoloti, интеграция, ijtimoiy muhit, integration, mahalla, educational institution, pedagogical system., cooperation, tarbiya, upbringing, педагогическая система., ma’naviyat, child development, hamkorlik, духовность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025