К содержанию
РецензированоRU2025

ОБ ИСПОЛЬЗОВАНИИ МЕТАФОРЫ В ИСТОРИЧЕСКИХ РОМАНАХ МУХАММЕДА АЛИ

Jo‘rayeva Nasibaxon Ganiyevna

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

maqolada tarixiy romanlar diskursida metaforaning qo‘llanishi xususida fikr yuritilgan, adibning metaforalardan foydalanish mahorati uning “Sarbadorlar” hamda “Ulug‘ saltanat” romanlaridan olingan misollar yordamida izohlangan. Aннотация: в статье рассматривается использование метафоры в дискурсе исторических романов. Способность писателя использовать метафоры поясняется на примерах из его романов “Sarbadorlar” и “Ulug‘ saltanat” Adstrakt: the article diskusses the use of metafhor in the discourse of historical novels. The writer's ability to use metaphors is exsplained in the examples taken from his novels “Great Empire” and “Sarbadorlar”. Kalit so‘zlar:tarixiyromanlar diskursi, kognitiv-diaxron leksikologiya, metafora. Ключевыe слова: дискурс исторических романов, когнитивно-диахроническая лексикология, метафор. Keywords: historical discours, ognitive-diachronic llexsicology, metaphors. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ko‘rsatuvchi asosiy belgi bu – jamiyat hayotida yuz beradigan har qanday o‘zgarishning tilda aks etishidir. Obyektiv olam doimo o‘zgarishda ekan, uning in’ikosi bo‘lgan til ham doimiy o‘zgarishda bo‘ladi. Ma’lumki, tildagi o‘zgarishlar leksik sathda tezroq va yorqinroq, har bir tilda o‘ziga xos tarzda kechadi. Til boyligi faqat so‘zlar, iboralar miqdori bilan emas, so‘z va iboralarning leksik ma’nolari miqdori bilan ham o‘lchanadi. So‘z yoki iboraning bittadan ortiq ma’no anglatishi ko‘p ma’nolilik yoki polisemiya deyiladi. Bittadan ortiq ma’no anglatadigan so‘z yoki ibora esa ko‘p ma’noli yoki polisemantik til birligi hisoblanadi. Polisemiya universal hodisa bo‘lib, deyarli barcha-barcha tillar uchun xosdir. Xususan, turkiy tillar tabiatiga xos hodisa bo‘lib, aksariyat turkiy so‘zlar ko‘chma ma’nolarda kelish xususiyati bilan farqlanib turadi. “Polisemiya, odatda, muayyan narsa-predmet, belgi-xususiyat, harakat nomini boshqa narsa-predmet, belgi-xususiyat, harakatga ko‘chirish usuli bilan voqelanadi”. Odatda, leksik ma’noning o‘zgarishi deganda, metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik usullari orqali ma’no ko‘chishi hodisasi nazarda tutiladi. Tilda eng faol qo‘llanadigan va tilshunoslikda eng ko‘p o‘rganilgan, antik davrdan buyon tilshunos va adabiyotshunoslarni birdek qiziqtirib kelayotgan, ko‘chimning eng sermahsul va yorqin semantik bo‘yoqdorlik hosil qiladigan til hodisalaridan biri metafora hisoblanadi. “Nutqqa obrazlilik, ekspressiv bo‘yoq berish niyatida narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, so‘z yoki iboralarni ko‘chma ma’noda ishlatish metaforadir”. Metafora mantiqan qisqargan o‘xshatish bo‘lib, ikki narsa-buyum yoki hodisa o‘rtasidagi o‘xshashalik asosida ma’no ko‘chishidir. Odatda, metaforalarning ikki xil turi farqlanadi: 1) lingvistik metafora va 2) xususiy-muallif metaforalari. M.Yo‘ldoshev xususiy-muallif metaforalarining badiiy asardagi ahamiyatini shunday tavsiflaydi: “Yozuvchining estetik maqsadi, ya’ni borliqni subyektiv munosabatini qo‘shib ifodalagan holda nomlashi asosida yuzaga keladi. Ular uslubiy jihatdan bo‘yoqdorlikka va voqelikni obrazli tasvirlash xususiyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham badiiy matnda qahramonning his-tuyg‘ularini ta’sirchan, yorqin bo‘yoqlarda, aniq va ixcham ifodalashga xizmat qiladi. Xususiy-muallif metaforalarida hamisha konnotativ ma’no mavjud bo‘ladi”. Bizningcha, bu fikrga qo‘shimcha tarzda shuni aytish mumkinki, bugungi kunda muloqot fenomenining o‘ta taraqqiy etganligi hamda shaxslararo aloqa-aralashuv jarayonlarida qadimgi davrdagidek ritorikaga ehtiyoj ortganligi sababli nafaqat badiiy diskursda, balki o‘zaro ta’sirning boshqa sohalarida ham semantik bo‘yoqdor metaforalar keng va faol qo‘llanilmoqda. adpi.uz universaljurnal.uz 507 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Muhammad Ali ijodining o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, personajlarning ruhiy kechinmalari tasvirlangan o‘rinlarda mehr-muhabbati jo‘sh urgan, yoki, aksincha, alam-iztiroblari kuchaygan paytlar tasvirida lirizm elementlaridan, shoirona tashbehlardan foydalanadi. Odatda, bunday o‘rinlarda badiiy tasvir va ifoda vositalari qo‘l keladi. Keyingi davr nasriy asarlari, aynan, shunday usullarning keng qo‘llanilayotganligi bilan tavsiflanmoqda. Sohibqiron shunday alamda qoldiki, uni biron narsa bilan yupatish mushkul edi. Tunda ko‘kka boqsa, u ham qoraga burkangandi, oy yuzini yirtgan, Zuhro sochlarini yulgan, osmon ko‘k kiyib olgandi. ...Ilohiy qazoga rozi bo‘lmay iloj qancha?.. (U.s.2.) Asar qahramoni Sohibqiron hazratlarining farzand dog‘ida kuygan tushkun kayfiyati peyzaj unsurlarini oy yuzini yirtgan, Zuhro (yulduz) sochlarini yulgan, osmon ko‘k kiyib olgan tarzida motamsaro insonga xos belgilarni osmon jismlariga nisbatan metaforik ifodalash orqali tasvirlanganligi matnning estetik kuchini oshirishga xizmat qilgan. Quyidagi parchada qo‘llangan tashna sahro to‘yib qon ichdi, quyosh shafaqni qizil qonga bo‘yaydi, da

Доказательный фрагмент

«maqolada tarixiy romanlar diskursida metaforaning qo‘llanishi xususida fikr yuritilgan, adibning metaforalardan foydalanish mahorati uning “Sarbadorlar” hamda “Ulug‘ saltanat” romanlaridan olingan misollar yordamida i…»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada tarixiy romanlar diskursida metaforaning qo‘llanishi xususida fikr yuritilgan, adibning metaforalardan foydalanish mahorati uning “Sarbadorlar” hamda “Ulug‘ saltanat” romanlaridan olingan misollar yordamida i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
historical discours, ognitive-diachronic llexsicology, metaphors, discourse of historical novels, tarixiy romanlar diskursi, metafora., когнитивно-диахроническая лексикология, kognitiv-diaxron leksikologiya, metaphor., метафора., cognitive-diachronic lexicology, дискурс исторических романов
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники