Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ИНДИВИДУАЛЬНОГО ПОДХОДА В ИНКЛЮЗИВНОМ ОБРАЗОВАНИИ С ПОМОЩЬЮ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА И МАТЕМАТИЧЕСКОГО МОДЕЛИРОВАНИЯ
Isomaddinov Usmonali Mamurjonovich · Исомаддинов Усмонали Мамуржонович
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
This article explores the improvement of individualized approaches in inclusive education through artificial intelligence and mathematical modeling. By integrating AI algorithms, neural networks, regression, and optimization models, an adaptive educational system tailored to student needs is developed. The analysis reveals that AI-based systems significantly outperform traditional educational methods in terms of effectiveness. Keywords: inclusive education, artificial intelligence, individualized approach, mathematical modeling, neural networks, regression, optimization, adaptive system Zamonaviy jamiyatda inklyuziv ta’limni rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlashda masofaviy ta’lim va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining qo‘llanilishi yangi bosqichga chiqmoqda. Sun’iy intellekt vositalari yordamida o‘quvchilarning o‘ziga xos ehtiyojlari, bilim darajasi, o‘rganish sur’ati va xatti-harakatlariga asoslangan holda shaxsiylashtirilgan ta’lim muhitini yaratish mumkin bo‘lmoqda [1]. adpi.uz universaljurnal.uz 511 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Ushbu yondashuvda individual o‘quv trajektoriyalarini avtomatik aniqlash, o‘quvchilarning faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish va mos o‘quv kontentini taqdim etish kabi imkoniyatlar yaratilmoqda. Holmes, Bialik va Fadel (2019) o‘z tadqiqotlarida sun’iy intellektning ta’limga integratsiyasi orqali personalizatsiyalashgan o‘rganish muhiti yuzaga kelishini asoslab berishgan [2]. Ular, xususan, adaptiv o‘quv platformalari, avtomatik baholash tizimlari va sun’iy neyron tarmoqlar yordamida o‘quvchilarning ehtiyojiga moslashtirilgan resurslar yaratishni taklif etishadi. Bundan tashqari, Koedinger va Corbett (2006) tomonidan ishlab chiqilgan “Cognitive Tutor” modeli real vaqtli o‘rganish faoliyatini tahlil qilib, sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarga avtomatik yondashuvlarni taqdim etadi. Bu model probabilistik grafik tarmoqlar, regressiya algoritmlari va mashinaviy o‘rganish (ML) elementlarini o‘z ichiga oladi [3]. Bu kabi yondashuvlar inklyuziv ta’lim muhitida o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish salohiyatini oshiradi. Tahlillar va natijalar Matematik modellashtirish esa bu texnologik yondashuvlarni chuqur tahlil qilish, optimallashtirish va samaradorligini baholash uchun ilmiy asos yaratadi. Modellash orqali o‘quv jarayoni parametrlarini aniqlash, SI algoritmlarining ishlash mexanizmlarini tushuntirish va o‘quvchilar bilan aloqa samaradorligini bashorat qilish mumkin [4]. Sun’iy intellekt va matematik model birlashganida, nafaqat texnologik, balki pedagogik va ijtimoiy jihatdan ham barqaror inklyuziv ta’lim muhitini yaratish imkoniyati yuzaga keladi. O‘zbekiston Respublikasida 2020-yilda qabul qilingan “Inklyuziv ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va 2021-yilgi Konsepsiyada ham aynan raqamli vositalardan foydalanish, ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni qo‘llash va ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish ta’kidlab o‘tilgan [5]. Bu esa, xorijiy tajriba asosida, milliy modellarni ishlab chiqish va joriy etish zaruratini ko‘rsatadi. Shu sababli, ushbu maqolada sun’iy intellekt vositalari asosida inklyuziv ta’limda individual yondashuvni matematik model orqali optimallashtirishning nazariy asoslari, mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili, model strukturasi va amaliy natijalari ko‘rib chiqiladi. Inklyuziv masofaviy ta’limda individual yondashuvni amalga oshirish uchun o‘quvchilarning kognitiv, emotsional va psixologik holatlarini aniqlash va tahlil qilish zarur. Ushbu ma’lumotlar asosida o‘quvchi uchun mos kontentni tavsiya etish, o‘qitish uslubini sozlash va baholash strategiyasini tanlash lozim. Bunday murakkab tizimda turli parametrlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularni aniqlash, tahlil qilish va optimal qaror qabul qilish uchun matematik modellardan foydalanish zarurati tug‘iladi [6]. Avvalo, neyron tarmoqlar (Artificial Neural Networks, ANN) bu sohada eng ko‘p qo‘llaniladigan modellardan biridir. Neyron tarmoqlar murakkab, nolinear bog‘lanishlarni o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, sun’iy intellekt asosida o‘quvchilarning faoliyatini bashorat qilishda, o‘quv trajektoriyalarini shaxsiylashtirishda va real vaqtli adaptatsiyani amalga oshirishda samarali vosita hisoblanadi [7]. Masalan, o‘quvchining topshiriqqa sarflagan vaqti, javoblar soni, yutuqlari va xatolari asosida neyron tarmoq modeliga ma’lumot beriladi va u avtomatik tarzda ta’lim strategiyasini moslashtiradi. Holmes va boshqalar (2019) o‘z tadqiqotlarida neyron tarmoqlar asosida ishlovchi adaptiv o‘quv platformalarning individual yondashuvni sezilarli darajada yaxshilaganini ta’kidlagan [8]. Yana bir muhim yondashuv bu regressiya modellaridir. Regressiya modellarida o‘quvchining yoshi, texnologik tayyorgarligi, nogironlik turi, ijtimoiy holati kabi parametrlar mustaqil o‘zgaruvchilar sifatida olinib,
Доказательный фрагмент
«This article explores the improvement of individualized approaches in inclusive education through artificial intelligence and mathematical modeling.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the improvement of individualized approaches in inclusive education through artificial intelligence and mathematical modeling. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inclusive education, artificial intelligence, individualized approach, mathematical, regression, regressiya, adaptive system, оптимизация, inklyuziv ta’lim, matematik modellashtirish, optimallashtirish, neyron tarmoqlar, individual yondashuv, individual approach, индивидуальный подход, регрессия, optimization, adaptiv tizim, искусственный интеллект, neural networks, mathematical modeling, нейронные сети, адаптивная система, математическое моделирование, sun’iy intellekt, инклюзивное образование
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025