К содержанию
РецензированоRU2025

«РАЗВИТИЕ КОМПЕТЕНЦИИ МОЛОДЫХ ИССЛЕДОВАТЕЛЕЙ В ОБЛАСТИ ПРЕПОДАВАНИЯ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ И АНАЛИЗА НАУЧНЫХ ТЕКСТОВ С ПОМОЩЬЮ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА»

Turayeva Irodaxon Lochinbek qizi.

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yosh izlanuchilarning chet tilini o‘zlashtirish va ilmiy matnlarni tushunish, tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. AI vositalari o‘quvchilarning mustaqil tarjima qilish, tahrirlash, ilmiy fikr bildirish va akademik yozuv malakalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sun’iy intellektni o‘qitish jarayoniga integratsiyalash yoshlar salohiyatini kuchaytiradi. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, chet tili o‘rgatish, ilmiy tahlil, yosh tadqiqotchilar, AI platformalari, ilmiy kompetensiya. Aннотация. В данной статье рассматривается влияние использования технологий искусственного интеллекта на формирование у молодых исследователей навыков изучения иностранных языков и анализа научных материалов. Инструменты ИИ способствуют развитию самостоятельного мышления, академического письма и способности критически воспринимать тексты. Результаты исследования демонстрируют, что внедрение ИИ в образовательный процесс положительно отражается на обучающихся. Ключевые слова: искусственный интеллект, изучение иностранных языков, научный анализ, молодые исследователи, платформы ИИ, академическая компетентность. Annotation. This article analyzes how the use of artificial intelligence tools contributes to the development of young researchers’ skills in learning foreign languages and interpreting academic texts. AI-assisted platforms strengthen learners' abilities in translation, editing, critical analysis, and scientific writing. Findings reveal that integrating AI technologies into the educational context enhances students’ academic capacity and language proficiency. Keywords: artificial intelligence, foreign language learning, scientific analysis, young researchers, AI platforms, academic competence. Bugungi zamonaviy axborotlashgan jamiyatda raqamli texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt vositalari nafaqat ishlab chiqarish yoki iqtisodiyot tarmoqlarini, balki ta’lim tizimini ham tubdan o‘zgartirib yubormoqda. Ayniqsa, yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy izlanish olib borish, ilmiy matnlar bilan ishlash va xorijiy tillarni o‘zlashtirishda SI texnologiyalari sezilarli yengilliklar yaratmoqda. Ushbu jarayon, zamonaviy o‘quvchi yoki talabaning faqatgina bilim egasi bo‘lishi emas, balki mustaqil fikrlovchi, tahlil qiluvchi, izlanishga qodir shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Shu boisdan, biz bugungi ta’limda quyidagi savollarga javob izlayapmiz: Yoshlar qanday qilib sun’iy intellekt orqali chet tillarini tezroq va samaraliroq o‘rganishlari mumkin? Ular ilmiy matnlarni tahlil qilishda SI yordamidan qanday foydalanyapti? Aynan shu savollar bugungi maqolaning ilmiy izlanish markazida turadi. Shaxsan men, ilmiy izlanishlarim davomida ChatGPT, Deepseek, Grammarly, DeepL Translator, Quillbot,Gemini kabi vositalarning nafaqat tarjima, balki ilmiy fikrni tizimli bayon etish, sinonimlarni tanlash, matn tuzilmasini yaxshilashda ham qanday foydali bo‘lishini ko‘rdim. Masalan, akademik yozuvga endigina kirib kelayotgan talaba uchun ChatGPT yordamida ilmiy maqola tuzilmasini tushunish va ingliz tilidagi iboralarni to‘g‘ri ishlatish juda qulay bo‘ladi. Shu bilan birga, sun’iy intellektdan foydalanish uni to‘liq almashtirish emas, balki uni ilmiy rivojlanish yo‘lida “hamfikr va yo‘lko‘rsatuvchi vosita” sifatida ko‘rishni talab etadi. adpi.uz universaljurnal.uz 526 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Ayni paytda, dunyodagi barcha yetakchi universitetlar sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga faol integratsiya qilmoqda. Masalan, Harvard Universiteti 2023-yildan boshlab “Academic Writing with AI” modulini magistratura dasturlariga joriy etdi. Bu esa, o‘z navbatida, yosh tadqiqotchilarga nafaqat chet tilini chuqur o‘rganish, balki ilmiy matnlar ustida mustaqil ishlash, tahlil qilish, plagiatdan saqlanish va zamonaviy ilmiy etika me’yorlarini o‘zlashtirish imkonini bermoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ushbu maqola zamonaviy ta’lim jarayonida sun’iy intellekt vositalari orqali yoshlarning chet tillarini o‘rganishdagi kompetensiyalarini rivojlantirish va ular orqali ilmiy matnlarni samarali tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish masalasini chuqur tahlil etadi. Maqolada nafaqat nazariy qarashlar, balki real hayotiy misollar, tajribalar va shaxsiy kuzatuvlar asosida ilmiy asoslangan xulosalar keltiriladi. Adabiyotlar sharhi Sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim tizimidagi o‘rni so‘nggi yillarda global darajada o‘rganilayotgan eng dolzarb mavzulardan biridir. Ayniqsa, xorijiy tillarni o‘rgatish va akademik kompetensiyalarni shakllantirishda AI vositalari pedagogik yondashuvlarga yangi ko‘lam bag‘ishlamoqda. Schmid va Petko (2021) ta’kidlaganidek, “sun’iy intellekt texnologiyalari o‘quv jarayonida shaxsiylashtirilgan yondashuvni ta’minlash bilan birga, til o‘rganish motiv

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yosh izlanuchilarning chet tilini o‘zlashtirish va ilmiy matnlarni tushunish, tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahli…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yosh izlanuchilarning chet tilini o‘zlashtirish va ilmiy matnlarni tushunish, tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artificial intelligence, foreign language learning, scientific analysis, young, научный анализ, AI platformalari, научная компетентность., AI platforms, chet tili o‘rgatish, scientific competence., yosh tadqiqotchilar, платформы ИИ, young researchers, ilmiy tahlil, искусственный интеллект, молодые исследователи, foreign language teaching, sun’iy intellekt, ilmiy kompetensiya., обучение иностранным языкам
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники