К содержанию
РецензированоRU2025

РОЛЬ ЭМОЦИОНАЛЬНОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ПРОЦЕССЕ ОБЩЕНИЯ В ПОДРОСТКОВЫХ ОТНОШЕНИЯХ

EMOTSIONAL INTELLEKTNI O’RNI

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada o’smirlarning o’zaro muloqotida emotsiyalarning o’rni, ularning ijtimoiy aloqalarga ta’siri va bu jarayonlarni boshqarish usullari o’rganiladi. Shu bilan birga, muloqot psixologiyasi, shaxs rivojlanishi va ijtimoiy pedagogika sohalarining tutash nuqtalarida joylashgan bo’lib, emotsiyalarning kommunikatsion jarayondagi ahamiyatini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Kalit so’zlar: o’smirlik, munosabat, muloqot, emotsiya, ijtimoiy muhit, shaxs rivojlanishi, psixika. Hozirgi zamon insoniy munosabatlarining murakkab tabiatini o’rganishda muloqot jarayoni alohida o’rin tutadi. Ayniqsa, jamoalar, oila a’zolari yoki do’stlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarda muloqotning emotsional jihatlari yetakchi ahamiyat kasb etadi. Emotsiyalar insonning shaxsiy tajribasi, qarashlari va ichki dunyosini aks ettirib, suhbat jarayonida uzatiladigan axborotning qanday qabul qilinishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun, har qanday muloqot nafaqat axborot almashinuvi, balki hissiy mazmun orqali ham aloqalarni mustahkamlash vositasiga aylanadi. Muloqot jarayonida emotsiyalarning ahamiyati, bir tomondan, axborotning tushunarli va qabul qilinarli bo’lishida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan, insonlarning bir-biriga bo’lgan munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Xususan, samimiyat, hamdardlik, ishonch va hurmat kabi ijobiy hissiyotlar muloqotni samarali hamda konstruktiv qilishga yordam beradi. Shu bilan birga, salbiy emotsiyalar, masalan, g’azab, tushkunlik yoki ko’ngilsizlik, o’zaro anglashilishni murakkablashtirishi va nizolarga olib kelishi mumkin. Zamonaviy jamiyatda odamlar o’rtasidagi muloqot jarayoni inson faoliyatining ajralmas qismi bo’lib, uning samaradorligi ko’p jihatdan emotsional omillarga bog’liq. Ayniqsa, o’smirlik davrida bu jihat yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, ushbu davr shaxs shakllanishi va ijtimoiy tajriba to’plash jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri sanaladi. O’smirlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar muloqot orqali ifodalanadi, bu esa ulardagi hissiy holatlarning mazmun-mohiyatini aniqlashni talab qiladi. “O’smirlik davrida o‘zga kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan qarash va o‘z xatti-harakatlarini o‘zi tahlil qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning elementlarini yuzaga kelishi mana shu ikkinchi bosqichdagi o ‘smirlar hayotiga xos xususiyatdir.”[1;325] O’smirlik davri shaxsiy identifikatsiya va psixologik barqarorlikning shakllanishi bilan ajralib turadi. Bu bosqichda emotsional beqarorlik, sezgirlik va keskin kayfiyat o’zgarishlari ko’p uchraydi. O’smirlarning emotsiyalari, odatda, ularning ijtimoiy tajribasiga, atrof-muhitga va shaxsiy ehtiyojlariga bog’liq bo’ladi. O’smirlikda hissiy o’zini anglash va boshqarish qobiliyati hali to’liq rivojlanmaganligi sababli, bu yoshdagi emotsiyalar ko’pincha nazoratsiz ko’rinish oladi. Natijada, muloqot jarayonida paydo bo’ladigan emotsiyalar o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Muloqot jarayonida emotsiyalarning roli.Muloqot o’smirlar o’rtasida ijtimoiy aloqalarni shakllantirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Emotsiyalar bu jarayonda ikki xil funksiyani bajaradi: informatsion va tartibga soluvchi. Informatsion rol emotsiyalar orqali ma’lumot yetkazish, shaxsiy hissiyotlarni ifodalash va boshqa odamlarning kayfiyatini tushunishda namoyon bo’ladi. Tartibga soluvchi funktsiya esa, suhbatdoshning emotsional javoblarini boshqarish va o’zaro munosabatlarda muvozanatni saqlashni o’z ichiga oladi. adpi.uz universaljurnal.uz 544 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Bundan tashqari, mulоqоtning interaktiv tоmоni – birgalikdagi faоliyatni tashkil etish va amalga оshirishda mulоqоt ishtirоkchilarining bir-biriga ta’sir о’tkazishidir. Kоmmunikatsiya оrqali kishilar birgalikdagi umumiy faоliyatni tashkil etadilar. Bunda kishilar albatta, bir-birlariga ta’sir kо’rsatadilar. Shuning uchun о’zarо ta’sir birgalikdagi faоiiyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi. O’smirlar muloqotida emotsiyalarning roli ayniqsa kuchli bo’lib, ular konfliktlarning kelib chiqishida, do’stlik munosabatlarini mustahkamlashda yoki aksincha, o’zaro masofalanishga sabab bo’lishi mumkin. Masalan, salbiy emotsiyalar (jahldorlik, g’azab, xafalik) muloqotda tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin, ijobiy emotsiyalar (quvonch, hamdardlik, qoniqish) esa o’zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. O’smirlar o’rtasidagi emotsional munosabatlarni shakllantirish. O’smirlar o’rtasidagi emotsional munosabatlarni shakllantirishga bir qancha omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular orasida quyidagilar alohida ajralib turadi: ·Oilaviy tarbiya: O’smirlar emotsional boshqaruv ko’nikmalarini birinchi navbatda oilada shakllantiradi. Ota-onalarning muloqot uslubi va emotsional barqarorligi o’smirlarning hissiy munosabatlariga bevosita ta’sir qiladi. ·Do’st

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o’smirlarning o’zaro muloqotida emotsiyalarning o’rni, ularning ijtimoiy aloqalarga ta’siri va bu jarayonlarni boshqarish usullari o’rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o’smirlarning o’zaro muloqotida emotsiyalarning o’rni, ularning ijtimoiy aloqalarga ta’siri va bu jarayonlarni boshqarish usullari o’rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
социальная среда, munosabat, psixika., общение, shaxs rivojlanishi, отношение, психика., o’smirlik, эмоции, muloqot, подростковый возраст, ijtimoiy muhit, emotsiya, личностное развитие
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники