К содержанию
РецензированоRU2025

МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ НАЧАЛЬНЫХ ГЕОМЕТРИЧЕСКИХ ПРЕДМЕТОВ

Xakimova Nargizaxon Baxodirovna

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarda qo‘llash hamda ta'lim samaradorligini oshirish masalalari o‘z ifodasini topgan. Aннотация. В данной статье поставлена цель усовершенствовать программное обеспечение тестировщиков по математике, сохранить и развить способность логически мыслить, уметь самостоятельно выражать свои мысли, применять полученные знания в общественной деятельности, контролировать образование Kalit so‘zlar: Geometrik shakl, ko‘rgazma, didaktik o‘yinlar, perimetr, yuza, hajm tushunchasi, konstruksion, poletka, ijodiy tasavvur, matematik tushuncha; Ключевые слова: Геометрическая форма, выставка, дидактические игры, периметр, поверхность, понятие объема, конструкция, сюжет, творческое воображение, математическое понятие; O‘quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, befarq qaramasligini ta’minlash har bir bugungi kun pedagogining vazifasi hisoblanadi. Matematika fanida to‘rt amalning bajarilishini o‘rgatish bilan birga shakllar, ular tuzilishi, farqini va o‘lchamini o‘rgatish zaruriyati ham ahamiyatga ega. Bu geometriya fanining ilk tushunchalari hisoblanadi. Bunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining roli nihoyatda kattadir.Geometriya turli shakllarning xossalarini aniqlash, tekshirish, ularni uzunliklari, yuzi, hajmlarini hisoblash bilan shug‘ullanadi. Geometriya material dasturda mustaqil bo‘lim sifatida o‘qitish jarayonida ajratib ko‘rsatilmaydi. Geometrik mazmunli masalalarni imkon bo‘lgan vaqtda, kursning boshqa masalalari bilan yaqin aloqada doima qarab chiqiladi. Biroq dasturdagi tushuntirish xatida ko‘rsatilganidek, geometrik masalalarni bayon qilishda bu materialni kurs materialiga kiritish maqsadlariga bo‘ysundirilgan shaxsiy mantiqqa ham rioya qilish kerak. Bu maqsadlar dastavval bolalarning fazoviy tasavvurlarini o‘stirishda, ularda turlicha geometrik figura haqida tasavvur qilishdan iborat. Bolalar bu figuralarning har biri alohida turganda ham, tanish figura boshqa figuraning qismini tashkil etganda ham ularni taniy olishlari, berilgan bir necha figuradan boshqa figura yasashni o‘rganishlari kerak. Geometrik material bilan tanishishda o‘lchamlarga ancha katta o‘rin beriladi, bolalar kesmaning uzunligini, berilgan ko‘pburchakning perimetrini, to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topishni bilishlari kerak. Boshlang‘ich maktabda matematika ta'limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bay on qila olish, egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarda qo‘llash hamda ta'limning ikkinchi bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Matematika bo‘yicha standart ko‘rsatkichlari bolalarda natural sonlar va nol to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va arifmetik amallarni qo‘llay olishda o‘rgatish, eng sodda geometrik shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish hamda og‘zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazardan izohlanadi. Agar o‘quvchiga fazoviy tasavvurlar yaxshi shakllansa, har qanday qiyinchilikdagi masalalarni soddagina yechish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fazoviy tasavvurlar rasm chizmachilik, steriometriya masalalarini yechishda shakllanadi, ba'zan o‘quvchilar ayni bir figuraning turli ko‘rinishlarida tasvirlangan hollarini bir-birlaridan farqlay olmaydilar. Bunda o‘qituvchi faoliyati muhim o‘rin tutadi. Bitta obyektni turli xil ko‘rinishlari ustida fikrlash, o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va tafakkurlarni shakllantiradi. Fazoviy tasavvurlarni shakllantirish o‘quvchilarning konstruksion texnologik adpi.uz universaljurnal.uz 555 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil tafakkurlarini shakllantiradi. Ko‘nikma:-o‘rganilgan tanish geometrik shakllarni nafaqat alohida, balki boshqa shakllar bilan turli uyg‘unlikda namoyon bo‘luvchi atrof-muhitdagi buyumlar, modellar, rasmlar, chizmalardan qiynalmay topa olish; - chizg‘ich yordamida kesma uzunligini (to‘g‘ri to‘rtburchak uzunliklari yig‘indisini) o‘lchashni va berilgan uzunlikdagi kesmani chizishni; -berilgan o‘qqa nisbatan simmetrik bo‘lgan sodda shakillarni chiza olish. Boshlang‘ich sinfda geometrik masalalar ustida ishlash, asosan qog‘oz varag‘ini turli shakllarda buklash, figuralarni chizish va hokazolar bilan bog‘liq amaliy ishlar asosida qaraladi. Egallangan bilim o‘quv va malakalar geomerik materialni o‘rganishda matnli masalalarni yechishda ham qo‘llaniladi. Demak, boshlang‘ich sinflarda algebraik va geometrik material ustida ishlash tizimli ravishda amalga oshirilishikerak.Boshlang‘ich sinflarda xususan 3- s

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egall…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egall… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Геометрическая форма, выставка, дидактические игры, периметр, konstruksion, ijodiy tasavvur, perimetr, surface, hajm tushunchasi, creative imagination, matematik tushuncha, palette, mathematical concept, Geometric shape, exhibition, Geometrik shakl, yuza, perimeter, didaktik o‘yinlar, construction, палитра, поверхность, poletka, ko‘rgazma, конструкция, volume concept, математическое понятие, творческое воображение, didactic games, понятие объема
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники