Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КОМПЕТЕНТНОСТЬ И ЕЕ РОЛЬ В СОВРЕМЕННОЙ ПОДГОТОВКЕ КАДРОВ
Ilmiy rahbar: Sh.Yo‘ldosheva
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
В данной статье говорится о компетентности и различных ее трактовках, компетентности, видах компетентности и ее месте в образовании, основных проблемах современной подготовки кадров. Ключевые слова: компетентность, компетентность, персонал, элемент, лич- ность, способность, универсальность, компетентностный подход, квалификация, глобализация, позиция, программа, интерактив, проект, инновация. Annotation: This article discusses competency and various interpretations of competence, types of competencies and their role in education, as well as key issues in modern personnel training. Keywords: competency, competence, personnel, element, individual, ability, universal, competency-based approach, qualification, globalization, position, program, interactive, project, innovation. Kompetensiya so‘zi tarjimada “layoqatli”, “munosib bo‘lmoq” kabi ma’nolarni anglatuvchi lotincha “competere” so‘zi asosida hosil bo‘lgan. “Kompetensiya” deyilganda, shaxsning biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi tushuniladi. Kompetentlik insonning intellektual shaxsiy, ijtimoiy kasbiy hayotiy faoliyatiga asoslanadi, deb yozadi И.А Зимняя. A.V.Xutorskiy kompetnsiya va kompetentlik tushunchalarini quyidagicha ajratib olish mumkin, deb hisoblaydi. Kompetensiya – insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba, faoliyat usullari) hisoblanib, ma’lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan shaxsning munosabatida sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir. Kompetenlik esa inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini bildiruvchi, talabga javob beradigan kompetensiyalar yig‘indisiga ega bo‘lishi demakdir. “Kompetentlik bu nafaqat shaxsning bilimdon ekanligi, balki o‘z bilimlarini uzluksiz ravishda yangilab borishi hamdir,” – deydi M.A.Choshanov Ta’lim-tarbiya sohasida asosiy universal kompetensiya unsurlarini anglab olish zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir. Asosiy kompetensiya masalasida dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki an’anaviy o‘zbek pedagogikasi me’yorlaridan kelib chiqqan holda kompetensiya mezonlarini belgilashda fikrlar xilma-xil bo‘lib, hali yechilmagan masalalar talaygina. A.Avloniy nomidagi O‘qituvchilar malakasini oshirish instituti pedagog olimasi L.T.Xurvalieva: “Kompetensiya – bilim, ko‘nikma, malaka, qarashlar, individning qadriyati va shaxsiy sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatish qobiliyati”, – deb ta’riflaydi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetentsiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir. Zamonaviy ta’lim tizimida kompetensiya tushunchasi muhim o‘rin tutadi. Kompetensiya – bu shaxsning muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan holda, turli kasbiy va ijtimoiy vaziyatlarda mustaqil va samarali faoliyat yuritish qobiliyatidir. Kompetensiya faqatgina nazariy bilimlarni emas, balki ularni adpi.uz universaljurnal.uz 557 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil amaliyotga tatbiq eta olish mahoratini ham qamrab oladi. Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, kompetensiya va kompetenlik tushunchalari turlicha ta’riflansada, ularning asosida inson egallagan bilim, ko`nikma, malaka va ularni kerakli vaziyatda namoyon qila olish tushuniladi. XXI asrda globallashuv, texnologik taraqqiyot va iqtisodiy talablar o‘zgarib borayotgan bir paytda, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu sababli, ta’lim jarayoni endilikda faqat bilim berishga emas, balki talabalar va mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bugungi kunda ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuv keng qo‘llanilmoqda. Bu yondashuv kadrlarni faqatgina fan bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lishidan ko‘ra, ularning amaliy muammolarni hal qila olish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Zamonaviy ta’lim metodologiyasida quyidagi asosiy kompetensiya turlari ajratib ko‘rsatiladi: 1. Umummadaniy kompetensiyalar – muloqot qilish, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash va moslashuvchanlik qobiliyatlari. 2. Kasbiy kompetensiyalar – muayyan soha bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish. 3. Texnologik kompetensiyalar – axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli savodxonlik. 4. Innovatsion kompetensiyalar – yangiliklarni yaratish va tatbiq etish qobiliyati. Zamonaviy ta’lim dasturlari va o‘quv jarayonlari kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, interaktiv usullar, amaliy mashg‘ulotlar, loyiha ishlari va tajriba almashinuvi kabi innovatsion metodlardan foydalanishni talab qiladi. Shuningdek, bunday yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya
Доказательный фрагмент
«В данной статье говорится о компетентности и различных ее трактовках, компетентности, видах компетентности и ее месте в образовании, основных проблемах современной подготовки кадров.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье говорится о компетентности и различных ее трактовках, компетентности, видах компетентности и ее месте в образовании, основных проблемах современной подготовки кадров. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- competency, competence, personnel, element, individual, ability, universal, элемент, interaktiv, глобализация, индивидуум, kadr, персонал, kompetensiyaviy yondashuv, универсальный, kompetentlik, проект, individ, компетентностный подход, globallashuv, инновация., должность, компетентность, программа, dastur, kompetensiya, pozitsiya, kvalifikatsiya, loyiha, innovatsiya., способность, квалификация, unsur, интерактивный, qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025