К содержанию
РецензированоRU2025

ПЕРСОНАЖИ-ПОКРОВИТЕЛИ В НАРОДНЫХ СКАЗКАХ УЗБЕКИСТАНА

S Juraxanova (Andijon davlat pedagogika institi)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Maqolada o‘zbek xalq ertaklarida asosiy qahramonga yordam beruvchi homiy personajlar haqida fikr yuritiladi. Ularning ertak syujetida tutgan o‘rni va vazifasiga ko‘ra tasniflanadi va misollar yordamida bayon eiladi. Kalit so‘zlar: ertak, kenja botir, personaj,homiy personaj Ma’lumki, o‘zbek xalq ertaklari asosiy qahramonining epik sarguzashtlarida faol ishtirok etadigan personajlardan bir turkumi o‘zining homiylik vazifasini bajarishi bilan ajralib turadi. Bu tipdagi personajlar obrazining tarixiy ildizlari qadimgi ajdodlarimizning ota-bobolar ruhining madadkorligi, ya’ni ajdodlar kultiga sig‘inish bilan bog‘liq mifologik tasavvurlari va totemistik qarashlarga borib taqaladi. Chunki qadimda yashagan odamlar «o‘zga olam» - ruhlar dunyosiga o‘tgan o‘z ajdodlari, qavmdoshlarining g‘ayrioddiy yo‘sinda ko‘maklashishiga ishonganlar va ana shu ishonch ertaklarda qahramonga sehrli predmetlar, g‘aroyib otlar va boshqa narsalarda hadya etuvchi, uning sarguzashtlarida yordam beruvchi o‘ziga xos personajlar tipini shaklllantirgan. Filologiya fanlari nomzodi F.Nurmonovning yozishicha, «folklorimizdagi homiy personajlar sistemasi o‘zbek xalq ijodiyotining qadimiy qatlamiga taalluqliligi bilan ham xarakterlanib turadi. Shuning uchun ham homiy personajlarning epik asarlardagi badiiy tasviri chuqurroq tadqiq etilsa u yoki bu homiy obrazining qadimgi e’tiqodlar bilan aloqadorligiga doir ko‘plab ma’lumotlar yuzaga chiqadi. Chunki o‘zbek folkloridagi homiy personajlarning aksariyati mifik personajlarni qo‘llab- quvvatlovchi xayoliy-afsonaviy pirlar, tangrilar, ma’budlar to‘g‘risidagi tasavvurlar asosida kelib chiqqan». O‘zining yordam beruvchilik va homiylik fuknsiyasi bilan asosiy qahramon tabiatini to‘ldiruvchi homiy-personajlarning ertak badiiy strukturasidagi poetik vazifalari folklorshunoslikda jiddiy o‘rganilgan. O‘zbek folklorshunosligida esa epik homiy obrazining asosiy ko‘rinishlari va tarixiy-mifologik asoslari masalasi G‘.Akramov, M.Jo‘raev, N.Madrahimova kabi olimlar tomonidan yoritilgan. Biz tadqiq etgan kenja o‘g‘il haqidagi o‘zbek xalq ertaklarida ham asosiy qahramonga yordam beradigan homiy-personajlarning bir necha xil ko‘rinishlari mavjudligi qayd etildi. Homiy-personajlarni ertak badiiy strukturasida bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagi tiplarga ajratish mumkin: 1. Epik qahramonni «o‘zga olam» sari yo‘llaydigan, unga yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan narsa-predmet, g‘aroyib ot yoki malikani topish mumkin bo‘lgan joyni ko‘rsatuvchi homiy- personajlar. 2. Ertak qahramonning epik shartlarni bajarish, raqib-personajlar ta’qibidan qutulish yoki boshiga mushkul ish tushganda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan «sehrli» predmetlarni hadya etadigan homiy-personajlar. 3. Epik qahramonning sarguzashtlari davomida unga hamisha yo‘ldosh bo‘lib, barcha to‘siqlarni yengib o‘tish va ko‘zlangan maqsadiga yetishda ko‘maklashadigan homiy-personajlar. Masalan, «Bulbuligo‘yo» ertagida kenja botirga ko‘maklashadigan Maymun pari shu tipdagi homiy-personajlar sirasiga kiradi. Sehrli ertaklarni strukturual jihatdan tadqiq etgan folklorshunos olim F.Go‘zalov epik qahramonga yordam beradigan yordamchi-personajlarni semantik xususiyatlari va nomenklaturasiga ko‘ra quyidagicha tasniflaydi: 1) qush yoki jonivor ko‘rinishidagi yordamchi personajlar; 2) inson ko‘rinishidagi yordamchi personajlar: a) ayollar; b) erkaklar; 3) gibrid ko‘rinishdagi yordamchi personajlar (masalan, qush-odam). adpi.uz universaljurnal.uz 565 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Ma’lumki, homiy-personajlarning ertak badiiy strukturasidagi vazifalari, aniqrog‘i, ertak qahramoniga yordam berishi asosan ikki xil shaklda talqin qilinadi: a)bevosita yordam berish, ya’ni homiy-personaj o‘zining faol harakati bilan asosiy qahramonning sarguzashtlarida ishtirok etadi; b) bilvosita yordam berish, ya’ni homiy-personaj asosiy qahramoniga muayyan «sehrli» predmetlarni hadya etish, yo‘l ko‘rsatish, maslahat berish, yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan narsa- predmetlar (yoki malika, ot va h.k.)ni topishni o‘rgatish orqali ertak badiiy strukturasida o‘zining homiylik funksiyasini namoyon etadi. «Bulbuligo‘yo» ertagidagi maymun pari ham o‘zining faol xatti-harakatlari bilan kenjaning sarguzashtlarida ishtirok etadi. Uning kenja botirga ko‘rsatgan birinchi yordami besh kecha- kunduz lahm kovlab, bulbuligo‘yo qushning qafasi turgan xona tagidan yo‘l ochib berishida ko‘rinadi. U kenjani bulbuligo‘yo qushni olishga yo‘llar ekan, «yopqichni ochmasdan» qafasni olib chiqish kerakligini aytadi. Kenja botir haqidagi o‘zbek xalq ertaklaridagi maymun pari obrazi xalqimizning parilar har xil ko‘rinishga evrilish xususiyatiga ega, degan mifologik tasavvurlari bilan bog‘liq holda kelib chiqqan homiy-personaj hisoblanadi. O‘zbek xalq dostonlari va ertaklarida epik qahramonning asosiy homiysi sifatida namoyon bo‘luvchi Xizr obrazining o‘ziga xos talqinlari kenja o‘g‘il to‘g‘risidagi ert

Доказательный фрагмент

«Maqolada o‘zbek xalq ertaklarida asosiy qahramonga yordam beruvchi homiy personajlar haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o‘zbek xalq ertaklarida asosiy qahramonga yordam beruvchi homiy personajlar haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ertak, персонаж, personaj, patron character, fairy tale, homiy personaj, kenja botir, сказка, второстепенный герой, character, minor hero, персонаж-покровитель
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники