К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTAB O‘QUVCHILARINING ESTETIK DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQA DARSLARINI O‘QITISH USLUBLARINING AHAMIYATI

Barshinay Matnazarova · Ajiniyaz nomidagi NDPI Pedagogika fakulteti · ЭСТЕТИЧЕСКОГО МИРОВОЗЗРЕНИЯ ШКОЛЬНИКОВ

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article considers the issues of effective organization of music lessons in secondary schools, the development of students' aesthetic worldview and musical taste through the use of various pedagogical methods. The importance of modern educational methods and their practical application are also analyzed. Keywords: music education, aesthetic education, teaching methods, taste education, creative approach. Zamonaviy ta’lim tizimida musiqa fani o‘quvchilarning estetik tarbiyasi, ma’naviy- axloqiy kamoloti va ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa inson ruhiyatiga, hissiyotlariga bevosita ta’sir etuvchi san’at turi bo‘lib, u orqali bolalar dunyoqarashi kengayadi, ularning go‘zallikni anglash, his qilish va ifodalash qobiliyati shakllanadi. Shu bois, umumta’lim maktablarida musiqa fanini samarali va qiziqarli tarzda o‘qitish, ta’lim jarayonida innovatsion, ijodiy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. Pedagogik tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, musiqa darslarida qo‘llanilayotgan uslublar va metodlarning xilma-xilligi o‘quvchilarning darsga bo‘lgan munosabatini, faolligini va ishtirokini belgilaydi. Ayniqsa, yosh avlodning individual qobiliyatini aniqlash, ularni rag‘batlantirish va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishda musiqiy ta’lim muhim rol o‘ynaydi. 1 17 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonunida, shuningdek, Davlat ta’lim standartlarida ham musiqiy-estetik tarbiya ta’limning ajralmas tarkibiy qismi sifatida ko‘rsatilgan.Shuningdek, XXI asrda musiqa ta’limining uslublarini zamonaviy texnologiyalar, axborot vositalari va interaktiv metodlar bilan uyg‘unlashtirish talabi yanada ortib bormoqda. Bu jarayonda musiqa o‘qituvchisining kasbiy mahorati, metodik yondashuvi, pedagogik innovatsiyalarni qo‘llay olishi hal qiluvchi omil sanaladi.Ushbu maqolada aynan maktab o‘quvchilariga musiqa darslarini o‘qitishda qo‘llaniladigan samarali uslublar, ularning ta’sir mexanizmlari, estetik tarbiyadagi roli va pedagogik natijadorlikka erishish imkoniyatlari atroflicha yoritiladi.Maktab ta’lim tizimida musiqa fanining tutgan o‘rni alohida ahamiyatga ega. Musiqa darslari orqali nafaqat o‘quvchilarning ijodiy salohiyati rivojlanadi, balki ularning ichki dunyosi, hissiy olami va estetik qarashlari shakllanadi. Bu borada o‘qituvchining tanlagan uslub va yondashuvi darsning samaradorligini belgilaydi. Metodologiya Ushbu ilmiy maqola sifatida o‘rganilgan ma’lumotlar asosan quyidagi usullar orqali tahlil qilindi: O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning musiqa ta’limi bo‘yicha adabiyotlari (2020–2024); Amaliy kuzatishlar va pedagogik eksperiment natijalari; Tajribali musiqa o‘qituvchilari bilan suhbatlar; O‘quvchilarning darslardagi faolligi va yondashuvlarga munosabati asosida tahlillar. Natijalar Tadqiqot davomida quyidagi asosiy uslublarning samarali natijalar bergani aniqlangan: 1.Integratsiyalashgan yondashuv – musiqa darslarini boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘qitish (masalan, tarixiy voqealarni musiqa bilan uyg‘unlashtirish). 2.Vizual va audio metodlar – multimediadan foydalangan holda dars o‘tkazish o‘quvchilarda yuqori qiziqish uyg‘otgan. 3.Ijodiy topshiriqlar – o‘quvchilarning o‘z musiqiy asarlarini yaratishiga sharoit yaratish. 4.Rolga kirish (dramatizatsiya) – musiqa asarlarini rollar orqali sahnalashtirish orqali ularning mazmunini chuqurroq anglashga erishilgan. 5.Interaktiv texnologiyalar – zamonaviy mobil ilovalar va musiqa dasturlaridan foydalanish musiqiy idrokni rivojlantiradi. Munozara O‘qitish uslublari to‘g‘ri tanlanganda musiqa darslari nafaqat ma’lumot beruvchi, balki tarbiyaviy, ijodiy va estetik ta’sirga ega bo‘ladi. Ko‘plab tadqiqotlarda musiqaning bola ruhiyatiga ijobiy ta’siri qayd etilgan. Ayniqsa, 5–9-sinf o‘quvchilari musiqani qabul qilishga nisbatan ochiq va qiziqishga boy yosh guruh hisoblanadi. Xulosa ornida yuqorida keltirilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, musiqa darslari o‘quvchilarning nafaqat ijodiy qobiliyatini, balki ularning estetik didi, hissiy-intellektual dunyoqarashi va ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Maktabda musiqa fanining samarali o‘qitilishi uchun o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tanlangan va o‘zaro uyg‘unlashtirilgan pedagogik uslublar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada ko‘rib chiqilgan interaktiv, integratsiyalashgan va ijodiy yondashuvlar orqali o‘quvchilar musiqani nafaqat eshitish va ifodalash, balki uni chuqur anglash, baholash va o‘z hayoti bilan bog‘lash 1 17 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayniqsa, bolalarning yosh xususiyatlariga mos holda tashkil etilgan musiqa darslari orqali ular milliy va jahon musiqa merosiga hurmat bilan qarashga, san’atni qadrlashga o‘rganadilar. Zamonaviy musiqa ta’limida axborot-kommu

Доказательный фрагмент

«This article considers the issues of effective organization of music lessons in secondary schools, the development of students' aesthetic worldview and musical taste through the use of various pedagogical methods.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article considers the issues of effective organization of music lessons in secondary schools, the development of students' aesthetic worldview and musical taste through the use of various pedagogical methods. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
music education, aesthetic education, teaching methods, taste education, o‘qitish uslublari, kreativ yondashuv., estetik tarbiya, musiqa ta’limi, did tarbiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники