К содержанию
РецензированоRU2026

MATEMATIKA O’QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV

Umarova Dilafruz Anvarovna · Erkinpo'latova Asila Akmaljon qizi

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

В данной работе анализируется значение инновационных подходов в процессе обучения математике и эффективность их применения. Освещаются пути повышения эффективности урока с помощью современных педагогических технологий, цифровых средств, интерактивных методов и дифференциальных подходов. Также будут рассмотрены способы развития способности учащихся к логическому мышлению посредством инновационного обучения, повышения их интереса к самостоятельному обучению и формирования позитивного отношения к предметам через вопросы, связанные с реальной жизнью. В исследовании представлены аналитические выводы, основанные на передовом зарубежном опыте и отечественной практике. Ключевые слова: инновационный подход, математическое образование, интерактивные методы, цифровые технологии, логическое мышление, Steam, компетентностно-ориентированное обучение, современный урок, ориентация на учащегося. Kirish.XXI asrda ta’lim tizimining oldida turgan asosiy vazifalardan biri — jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlay oladigan va zamonaviy texnologiyalarni egallagan shaxsni shakllantirishdir. Bu borada ayniqsa aniq fanlar, jumladan matematika o‘qitish jarayonini yangicha, innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish zarurati ortib bormoqda. Chunki matematika nafaqat fanga oid bilimlarni o‘zlashtirish, balki mantiqiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va samarali qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradigan fan sifatida alohida ahamiyatga ega.Bugungi kunda ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya vositalari, STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvi, muammoli o‘qitish, loyihaviy ishlar, klaster, akvaarium, aqliy hujum kabi metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularni dars jarayoniga faol jalb qilish imkoniyati mavjud. Bu esa matematika kabi murakkab va ko‘p hollarda quruq hisob-kitobga asoslangan deb hisoblanadigan fanni ham qiziqarli, hayotga yaqin va interaktiv tusga keltiradi.Innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilgan matematika darslarida o‘quvchilarning faqat nazariy bilimlari emas, balki Выпуск журнала №-26 Часть–4_Май –2025 94 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT amaliy ko‘nikmalari, muloqot madaniyati, jamoada ishlash layoqati va ijodiy fikrlash salohiyati ham rivojlanadi. Ayniqsa, o‘quvchilarning darsda mustaqil fikrlashi, o‘z nuqtai nazarini ifodalashi, turli masalalarga noan’anaviy yondasha olishi — bu o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan metodik yondashuvga chambarchas bog‘liq.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi strategik hujjatlarida, xususan, “Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim” konsepsiyasida, “Ilm-fan va ta’limni rivojlantirish strategiyasi”da, umumiy o‘rta ta’lim konsepsiyasida ham innovatsion metodlarni joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu esa pedagoglardan yangicha fikrlash, doimiy o‘z ustida ishlash va texnologik vositalardan samarali foydalanishni talab qiladi.Shu boisdan, ushbu mavzuda olib borilayotgan tadqiqot matematika fanini o‘qitishda samaradorlikni oshirishga, yangi metodik yondashuvlarni joriy etish orqali ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Innovatsion o‘qitish modeli – bu nafaqat bilim berish, balki zamonaviy shaxsni tarbiyalashga xizmat qiluvchi kompleks tizimdir. Mavzuga doir adabiyotlar tahlili.Matematika ta’limida innovatsion yondashuvlar bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar va metodik tavsiyalar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu esa mavzuning dolzarbligini, o‘quv jarayonini modernizatsiya qilishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fan va innovatsiyalarni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” va “Yangi O‘zbekiston — yangi ta’lim” konsepsiyasida innovatsion yondashuvlarning ta’lim tizimidagi o‘rni alohida ta’kidlanadi. Bu hujjatlarda fanlarni, xususan, matematikani o‘qitishda raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy pedagogik metodlarni qo‘llash, o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish zaruriyati asoslab berilgan.Pedagogika fanlari doktori, professor A. Yo‘ldoshevning “Innovatsion pedagogik texnologiyalar” nomli asarida innovatsion o‘qitish metodlari, ularning psixologik-pedagogik asoslari, darsga tatbiq qilish mexanizmlari batafsil bayon etilgan. Ushbu manbada matematika darslarida konstruktiv yondashuv, muammoli ta’lim va kompetensiyaga asoslangan metodlar asosida ta’lim sifati qanday oshirilishi mumkinligi ko‘rsatiladi.Taniqli metodist N. T. Toshpo‘latovaning “Matematika darslarini samarali tashkil etish” Выпуск журнала №-26 Часть–4_Май –2025 95 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT nomli uslubiy qo‘llanmasida zamonaviy interaktiv metodlar, masalan, aqliy hujum, klaster, rolli o‘yinlar va ko‘rgazmali usullar orqali o‘quvchilarni fan bilan chuqurroq qiziqtirish yo‘llari berilgan. Unga ko‘ra, innovatsion metodlar o‘quvchilarni o‘z fikrini mustaqil ifodalashga, muammoga bir nechta yechim topishga va ijodiy fikrlash

Доказательный фрагмент

«В данной работе анализируется значение инновационных подходов в процессе обучения математике и эффективность их применения.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной работе анализируется значение инновационных подходов в процессе обучения математике и эффективность их применения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovative approach, mathematics education, interactive methods, innovatsion yondashuv, zamonaviy dars, matematika ta’limi, raqamli texnologiyalar, mantiqiy fikrlash, interaktiv metodlar, kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim, STEAM, o‘quvchiga yo‘naltirilganlik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники