Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PSIXODIAGNOSTIK METODLAR VA ULARDAN FOYDALANISH
Baxriddinova Dilnura (Shahrisabz davlat pedagogika instituti) · Parmonova Durdona (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
In this article, we will focus on the psychodiagnostic methods of children in preschool educational institutions and the identification of psychological cognitive processes, psychological states and characteristics of children through their use. Key words: Psychodiagnostics, method, method, knowledge, skills, competence, age characteristics, development, game. Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyat va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogika jarayonining mahsuldorligi pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilarini yaxshi bilishiga, ta’lim va tarbiyaning xilma- xil metodlarini qo‘llashiga bog‘liq. Psixologiya fan sifatida tarbiyachiga tayyor Выпуск журнала №-26 Часть–4_Май –2025 16 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT retseptlarni bera olmaydi. Bunday ko‘nikmalar bolalar bilan bevosita muloqot jarayonida, bola xulq-atvori motivlarini, shaxsiy xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida egallanadi. Bu haqda K.D. Ushinskiy quyidagicha yozgan edi: «Biz unday yoki bunday qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga Siz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonuniyatlarini o‘rganing va ularga mos ravishda harakat qiling», — deymiz. Taraqqiyotdan chetlashish yoki buzilish sodir bo‘lgan holatlar chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi sifatida, shaxs aksentuatsiyasining turli ko‘rinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi, klinik potopsixologiya va psixiatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga akseleratsiya (tez yetilish), pedagogik qarovsizlik kabi muammolarni hal qilishga to‘g‘ri keladi. Tarbiyachi ta’lim va tarbiyadagi qiyinchiliklar nima uchun va qanday qilib paydo bo‘lishini tushunishi uchun, u avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turlipsixik holatlarni psixologik diagnostika metodlarini egallashi zarur. Tarbiyachining psixodiagnostik tadqiqot yoki doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalarni bolalar bilan ishlashda qanchalik to‘g‘ri foydalana olishi ham zarur hisoblanadi. Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o‘lchash g‘oyasi keng tarqaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixika- sidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog‘langan.Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko‘rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyalari haqidagi xulosalaridan iboratdir. Psixologik diagnoz (diagnosis grekcha aniqlash, bilish degan ma’noni anglatadi) shaxs individual-psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytib berish (prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir. Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo‘yishning Выпуск журнала №-26 Часть–4_Май –2025 17 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 3 bosqichi farqlanadi: 1) simptomatik diagnozda dasturi mavjud har qanday EXM bajarishi mumkin bo‘lgan tadqiqotdan olingan natijalar qayta ishlanadi; 2) etnologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligini emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi; 3) tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishidan olingan natijalarning ahamiyati va o‘rni aniqlanadi. Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun yetakchi faoliyat turining ta’siriga, individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga bog‘liq ravishda ba’zi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va vazifalarini talab qiladi. Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik tekshiruv yosh va pedagogik psixo-logiyaning sohasi hisoblanadi. Olingan natijalar yordamchi xarakterga ega bo‘lib, pedagog tomonidan bola psixik taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunda ta’lim va tarbiya dasturi, turli hayotiy sharoitlarda: faoliyatda, muloqotda va boshqalarda (shaxs xulq-atvorixarakteristikalarini tuzishda) hisobga olinadi. Eksperimental tadqiqotdan olingan natijalar oilada, bog‘chada, maktab va boshqa jamoat joylarida individual va guruhiy tarbiyaviy-pedagogik tadbirlar sxemasini tuzishda qo‘llanishimumkin. Tarbiyachi o‘z ishida doimo bolalar psixofizik taraqqiyoti masalalari bilan to‘qnashadi. Uni vaqtinchalik natijalargina emas, (masalan, yarim yillikning oxiriga kelib bolalarning egallagan ko‘nikma, malakalari kabi), balki u yoki bu jismoniy va ruhiy sifatlar rivojlanishining istiqbollarini aytib beradigan natijalar qi- ziqtiradi. Bolalar bog‘chalarida psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi: 1. Diagnostika uchun zarur ma’lumotlarni olish. Bunda bolaning psixik holati va shaxsiy xususiyatlaridagi ba’zi
Доказательный фрагмент
«In this article, we will focus on the psychodiagnostic methods of children in preschool educational institutions and the identification of psychological cognitive processes, psychological states and characteristics of…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, we will focus on the psychodiagnostic methods of children in preschool educational institutions and the identification of psychological cognitive processes, psychological states and characteristics of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Psychodiagnostics, method, method, knowledge, skills, Psixodiagnostika, yosh xususiyatlari, bilim, o’yin, metod, ko’nikma, usul, malaka, taraqqiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014