Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOBIR KAMOLOV DAVRIDA O’ZBEKISTON XO’JALIGI MUAMMOLARI
Murodov Halim Salimovich · Совет Министров.
Современная наука и исследования · 2 · 1910
Аннотация
The article analyzes the special role of Sabir Kamalovich Kamalov (1910- 1990), an outstanding political figure in the history of Uzbekistan, his serious attention to the development of animal husbandry along with other sectors of the republic, as well as issues such as the unsatisfactory supply of the population with meat, milk and other livestock products. Keywords: Sabir Kamalov, Meat, Milk, Animal Husbandry, Corn, Alfalfa, Council of Ministers. O‘zbekiston tarixida iz qoldirgan ko‘pgina siyosiy rahbarlar qatorida Sobir Kamolovich Kamolovning (1910-1990) ham alohida o‘rni bor. S. Kamolov o‘z faoliyati davomida ko‘pgina mas’ul lavozimlarni boshqardi. Masalan, S.Kamolov 1956 yil 25 yanvarda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining qarori bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi qilib tayinlangan[1] bo‘lsa, 1957 yil 28 dekabrda esa u O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari qilib saylandi[2]. S.Kamolov respublikadagi boshqa sohalar bilan bir qatorda chorvachilikni rivojlantirish ishlariga jiddiy e’tibor qaratdi. U hali O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisligi davridayoq sohadagi mavjud kamchiliklarni qattiq tanqid qilgan edi. Masalan, 1957 yil 14 yanvarda O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilg‘orlarining qurultoyida S.Kamolov o‘z ma’ruzada: “Respublikada chorvachilik qishloq xo‘jaligining eng qoloq va qarovsiz tarmog‘i bo‘lib kelmoqda. Go‘sht, sut va chorvachilikning boshqa mahsulotlari bilan aholi qoniqarsiz ta’min qilinmoqda”[3], degan edi. 1956 yil respublikada yetishtirilgan go‘sht jon boshiga 14 kilogramm, sut 41 kilogrammdan to‘g‘ri kelgan. Vaholanki, umuman Sovet Ittifoqi bo‘yicha yetishtirilgan go‘sht jon boshiga 30 kilogramm, sut 230 kilogrammdan to‘g‘ri kelgan. Ushbu dalillar respublikaning chorvachilik sohasida jiddiy muammolar mavjudligidan dalolat beradi. 1957 yilda esa O‘zbekiston SSR zimmasiga 129 ming tonna go‘sht va 17 ming tonna jun yetishtirish vazifasi yuklandi. 999 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Lekin respublika bunday ulkan vazifalarni bajarish uchun sohadagi mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi lozim edi. Bu paytda chorvachilik sohasida qanday muammolar edi? Chorvachilik mahsuldorligini oshirishning asosiy sharti yem-xashak bazasini oshirishdan iboratdir. Chorvalar uchun asosiy mahsulot jo‘xori va beda bo‘lib, bu ekinlarga munosabat yomon ahvolda bo‘lgan. Masalan, jo‘xori har bir paxtachilik brigadasida unumsiz, ko‘pincha tashlandiq va qarovsiz yerlarda ekilgan. Kolxozlarning ko‘pchiligida jo‘xori parvarish qilish uchun esa maxsus kishilar ajratilmagan. Bu ekinlarni odatda paxtachilik brigadalaridan vaqtincha olingan kishilar parvarish qilgan. Makkajo‘xori qator oralari asosan qo‘l kuchi bilan ishlangan. Bunga texnika jalb qilinmagan. Natijada ekinlarning hosildorlik darajasi har mavsumda pasayib ketib, chorvachilikning rivojiga jiddiy zarur yetkazgan. Chorvachilik uchun beda ham juda muhim o‘rin tutadi. Shunga qaramay, mazkur davrda bedachilik o‘z holiga tashlab qo‘yilgan va respublikada bedapoyalar sistematik kamayib ketgan. Masalan, O‘zbekiston SSRda 1953 yilda 343 ming gektar bedazor bo‘lgan bo‘lsa, 1956 yilda kamayib 259 ming gektarga tushib qoldi. 1956 yilda bedazorlar plandagiga nisbatan Farg‘ona oblastida 18 ming gektar, Andijon oblastida 16 ming gektar, Qoraqalpog‘istonda 15 ming gektar kamayib ketgan. Paxtachilikni rivojlantirish maqsadida ayrim kolxozlar bedazorlarni butunlay yo‘qotib yuborgan. Shuningdek, bedazorlar agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarish qilinmagan. Natijada beda yetilganidan keyin juda kechikib o‘rib olingan. Buning oqibatida bedani bir mavsumda 4-5 marta o‘rib olish va har gektaridan 100-120 sentner beda olish o‘rniga, 2-3 marta o‘rib olingan va ko‘pi bilan 40-45 sentner beda olingan[4]. Bu omillar chorvachilik sohasiga jiddiy zarar yetkazgan. Masalan, 1956 yil dekabr oyida mollarning xarom o‘lish hollari ko‘proq kuzatilgan. Jumladan, 3500 bosh qoramol, 26 ming bosh qo‘y va echki harom o‘lgan. Ayniqsa, Samarqand va Qashqadaryo oblastlarida chorva mollarining nobud bo‘lishi ko‘proq kuzatilgan. Shuning uchun S. Kamolov chorvachilik uchun muhim bo‘lgan jo‘xori va beda kabi ekin turlariga bunday mas’uliyatsizlikka xotima berish lozimligini ta’kidlagan. O‘zbekiston KP Markaziy Komitetining birinchi sekretari S.Kamolov O‘zbekiston KP Markaziy Komitetining 1958 yil 11 martda bo‘lib o‘tgan plenumida ham chorvachilik sohasiga e’tibor qaratdi. U sohadagi ko‘pgina yutuqlar bilan bir qatorda mavjud muammolarni ham ko‘rsatib o‘tdi. Bu paytdagi chorvachilikning ahvoli juda achinarli holatda bo‘lgan. Respublikaning ko‘p chorva mollari nobud bo‘lgan. S.Kamolov keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, 1958 yil yanvar oyining o‘zidagina respublikada 2750 bosh qoramol, 15,3 ming bosh qo‘y va echki nobud bo‘lgan. Chorva mollarining nobud bo‘lishi eng ko‘p Samarqand oblastida yuzaga kelgan. Bu yerda yanvar oyida 762 bosh qora mol, 3650 bosh qo‘y va echki nobud bo‘lgan[5]. Xullas, respublikada asosiy e’tibor paxtachilikk
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the special role of Sabir Kamalovich Kamalov (1910- 1990), an outstanding political figure in the history of Uzbekistan, his serious attention to the development of animal husbandry along with oth…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the special role of Sabir Kamalovich Kamalov (1910- 1990), an outstanding political figure in the history of Uzbekistan, his serious attention to the development of animal husbandry along with oth… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sabir Kamalov, Meat, Milk, Animal Husbandry, Corn, Alfalfa, Council of, sut, chorvachilik, jo‘xori, beda, Ministrlar Soveti., Sobir Kamolov, Go‘sht
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014