К содержанию
РецензированоUZ2026

OG’ZAKI NUTQNI TARJIMA QILISHDA MADANIY TAVOFUTLAR VA KONTEKSTUAL XATOLAR: SABABLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI

ETISH YO’LLARI · Umida Rajabova Rajab qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

This study explores the challenges of oral translation caused by cultural differences and contextual errors. It highlights how misalignments between cultures can lead to translation inaccuracies. The research identifies key causes, such as language equivalence and cultural context. Solutions such as cultural sensitivity training and context awareness are proposed to improve translation quality. The goal is to enhance interpreter performance in cross- cultural communication. Kalit so’zlar: Og'zaki tarjima, madaniy tafovutlar, kontekstual xatolar, til ekvivalentligi, madaniy aloqa, tarjimonlarni tayyorlash. Ключевые слова: Устный перевод, культурные различия, контекстуальные ошибки, языковые эквиваленты, межкультурная коммуникация, обучение переводчиков. Keywords: Оral translation, сultural differences, сontextual errors, language equivalence, cross-cultural communication, interpreter training. Kirish: Bugungi globalizatsiya sharoitida turli millatlar o'rtasida kommunikatsiya ko'proq zaruratga aylangan. Xususan, og'zaki tarjima sohasida, til va madaniyat o'rtasidagi o'zaro ta'sirlar kundalik hayotda muhim rol o'ynaydi. Tarjimonlar, faqat tilni to'g'ri tarjima qilish bilan cheklanmasdan, balki 5 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference ma'lum bir madaniyatning ichki xususiyatlarini, an'analarini va kontekstini ham hisobga olishlari lozim. Tarjima jarayonida yuzaga keladigan madaniy tafovutlar va kontekstual xatolar, tarjimaning aniq va to'g'ri bo'lishiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Madaniyatlar o'rtasidagi farqlar, odatdagi til strukturalari va iboralari o'rtasidagi tafovutlar tarjimonda ko'pincha tushunmovchiliklar va noqulayliklarga olib keladi. Tarjimonlar ba'zida tilni to'g'ri tushunishlari mumkin, ammo madaniy kontekstni etarlicha hisobga olmasliklari natijasida tarjima noto'g'ri bo'lishi mumkin. Masalan, ba'zi iboralar yoki so'zlar boshqa bir madaniyatda turlicha ma'no kasb etishi mumkin, bu esa misol uchun, ishonchsizlik, g'azab yoki kulgili holatlar yaratishi mumkin. Og'zaki nutqda, ayniqsa, kontekstual xatolar ko'proq yuzaga keladi. Kontekstual xatolar, faqat so'zlarning o'zi emas, balki ularning ishlatilishiga, joriy vaziyatga va maqsadli auditoriyaning kutganlariga ham bog'liq. Bunday xatolar, ko'pincha, tarjimonda ma'no o'zgarishlariga yoki nutqning noto'g'ri talqin etilishiga olib kelishi mumkin. Agar tarjimon maqsadli auditoriyaning madaniy me'yorlarini va nutq kontekstini hisobga olmasa, xatoliklar paydo bo'lishi mumkin. Shu sababli, og'zaki tarjimadagi madaniy tafovutlar va kontekstual xatolarni aniqlash va tahlil qilish juda muhimdir. Ushbu tadqiqotda, madaniy tafovutlar va kontekstual xatolarni tahlil qilib, ularga nisbatan samarali yechimlar taklif etiladi. Madaniy xabardorlikni oshirish, tarjimonlar uchun maxsus trening dasturlarini ishlab chiqish va kontekstual tushunishni chuqurlashtirish kabi strategiyalarni ko'rib chiqish orqali, tarjima sifatini yaxshilash va madaniy farqlarni bartaraf etishda samarali yondashuvlar ishlab chiqiladi. Bu tadqiqot, og'zaki nutqni tarjima qilishda madaniy tafovutlar va kontekstual xatolarni bartaraf etish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish, tarjimonlarning malakasini oshirish va interkultural muloqotda yuqori sifatli tarjima qilishni ta'minlashni maqsad qilgan. Shunday qilib, bu ish interkultural kommunikatsiyani yanada samarali qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Metodologiya: Ushbu tadqiqotda og'zaki nutqni tarjima qilishda madaniy tafovutlar va kontekstual xatolarni aniqlash va bartaraf etish yo'llarini o'rganish uchun sifatli tadqiqot metodologiyasi qo'llanildi. Tadqiqot ikki bosqichda amalga oshirildi: teorik tahlil va amaliy eksperiment. Birinchi bosqichda, tadqiqotda mavjud ilmiy adabiyotlar, tarjimonlik metodologiyalari, madaniy tafovutlar va kontekstual xatolar haqidagi tadqiqotlar o'rganildi. Madaniy tafovutlar va kontekstual xatolarni aniqlash uchun lingvistik va madaniy tahlil usullari qo'llanildi. Ushbu bosqichda og'zaki tarjima jarayonida yuzaga keladigan asosiy xatoliklar va ularning sabablari tahlil 6 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference qilindi. Madaniy tafovutlar va kontekstual xatolarni tahlil qilish orqali, tarjimonlikda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish uchun kerakli yondashuvlar ishlab chiqildi. Ikkinchi bosqichda, tarjimonlar tomonidan bajarilgan og'zaki tarjimalar tahlil qilindi. Tadqiqotda ikki guruh ishtirok etdi: birinchi guruh, tajribali va malakali tarjimonlar, ikkinchi guruh esa yangi boshlovchi tarjimonlardan iborat edi. Ular turli madaniy kontekstlarda og'zaki tarjima qilishdi, va bu tarjimalar madaniy tafovutlar va kontekstual xatolarni aniqlash uchun tahlil qilindi. Tarjimalarda yuzaga kelgan xatolar va tushunmovchiliklar, jumladan, so'zlar va iboralar o'rtasidagi ma'no farqlari, madaniy o'zgarishlar, kontekstual noto'g'ri talqinlar kabi masalalar tahlil qilindi. Sh

Доказательный фрагмент

«This study explores the challenges of oral translation caused by cultural differences and contextual errors.»

Образец извлечения

Демо-превью

This study explores the challenges of oral translation caused by cultural differences and contextual errors. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Оral translation, сultural differences, сontextual errors, kontekstual xatolar, tarjimonlarni tayyorlash., til ekvivalentligi, madaniy tafovutlar, madaniy aloqa, Og'zaki tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники