Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PERIFRAZA VA UNING TILSHUNOSLIKDAGI O‘RNI
Ergasheva Shaxnoza
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
This article explores periphrasis as a significant stylistic device in linguistics. It analyzes its lexical and semantic meaning, stylistic functions, and usage in literary and journalistic texts. Special emphasis is placed on the national characteristics of periphrasis in the Uzbek language and its emotional-aesthetic effects. The study also highlights the role of periphrasis in modern media and political discourse. Keywords: Periphrasis, stylistics, literary language, euphemism, imagery, expressiveness, speech culture, linguistic tools. Til inson tafakkuri, madaniyati va ijtimoiy hayotining ajralmas qismini tashkil etadi. Undagi turli ifoda vositalari — so‘zlar, iboralar, frazeologizmlar, metaforalar, perifrazalar va boshqalar — nafaqat muloqot vositasi, balki estetik ifoda shakllari sifatida ham xizmat qiladi. Xususan, perifraza (yoki perifrastik ifoda) – bu adabiy va og‘zaki nutqda keng qo‘llaniladigan stilistik vositalardan biri bo‘lib, biror so‘z yoki tushunchani bevosita aytmasdan, uni boshqa, ko‘pincha obrazli ifodalar bilan almashtirishni anglatadi. 12 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference “Perifraza” so‘zi yunoncha peri (atrof) va phrazein (gapirmoq) so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “atroflicha ifodalash” ma’nosini beradi1. Tilshunoslikda bu atama biror tushunchani, nomni bevosita aytmay, uni ta’riflash yoki tavsiflash yo‘li bilan ifodalash shaklini bildiradi. Masalan: “Oq uy” – AQSh prezidenti qarorgohi. “Temur so‘nggi nasli” – Zahiriddin Muhammad Bobur. “Buyuk bastakor” – Wolfgang Amadeus Mozart. Perifraza vositasi yordamida nutqqa emotsional, obrazli, ba’zan esa ehtiyotkorlik ruhi singdiriladi. Tilshunoslikda perifrazaning quyidagi asosiy funksiyalari mavjud: Emotsional-estetik: So‘zning obrazliligini oshiradi. Ehtiyotkorlik (evfemizmga yaqin): Bevosita aytish noqulay bo‘lgan holatlarni yumshoq ifodalash. Identifikatsion: Shaxs yoki joylarni boshqa belgilar orqali tanitish. Kontekstual aniqlik: Muayyan kontekstda tushunishni osonlashtiradi. Perifraza matnga obrazlilik va estetik ta’sir kuchini oshirish uchun xizmat qiladi. Adabiy uslubda bu usul orqali oddiy voqea yoki predmet yanada ta’sirchan, emotsional va badiiy ko‘rinishda beriladi. Bu o‘rinlarda perifraza ifoda vositasi sifatida muallif uslubini boyitadi. Misol: “Quyosh botdi” o‘rniga “osmon chetida olovrang to‘p sekin asta yo‘qoldi” — bu ifoda matnga hissiylik va tasviriylik kiritadi. Perifraza poetik va emotsional ko‘lamni kengaytirish vositasi bo‘lib, o‘quvchining tasavvurini faollashtiradi2. 2. Ehtiyotkorlik (Evfemistik) funksiyasi Ba’zan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytish odobsizlik yoki noqulaylik tug‘diruvchi holatlarda perifraza yumshatish (evfemizm) maqsadida ishlatiladi. Bu, ayniqsa, o‘lim, kasallik, nogironlik, siyosiy nozik mavzular kabi holatlarda ko‘proq uchraydi. Misol: “He passed away” → “U hayotdan ko‘z yumdi” (aslida “vafot etdi” degani). “To be between jobs” → “Ish izlamoqda” (aslida “ishsiz” degani). Evfemistik perifraza ijtimoiy madaniyatda nozik tushunchalarni yumshatish orqali kommunikativ qulaylik yaratadi3. 13 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 3. Identifikatsion funksiyasi Bu perifraza turi muayyan shaxs, joy yoki hodisani boshqa belgilar orqali tanitishga xizmat qiladi. Bu ko‘pincha tarixiy, madaniy, yoki adabiy kontekstda uchraydi. Shuningdek, sinonimlar, laqablar, va tavsifiy iboralar orqali identifikatsiya qilinadi. Misol:“Qo‘shiqchilar shohi”-Muhammad Yusuf “Temir ayol” → Margaret Thatcher, “Neft poytaxti” → Boku Identifikatsion perifraza madaniy kodlarni saqlagan holda kommunikativ anglashuvni yengillashtiradi va personajlarga nisbatan stereotipik obrazlar hosil qiladi3. 4. Kontekstual aniqlik funksiyasi Perifraza yordamida mazmunning kontekstda aniq va tushunarli bo‘lishi ta’minlanadi. Bunda so‘z yoki ibora noaniq yoki bir nechta ma’noga ega bo‘lishi mumkin, lekin perifrazalash orqali bu chalkashlik oldi olinadi. Misol: “U uni ko‘rdi” (noaniq subyekt) → “Qiz derazadan bolani ko‘rdi” (perifrazalangan, kontekstual aniqlik berilgan) Pragmatik jihatdan qaraganda, bu funksiya tilshunoslikda referensial aniqlikni oshirish, xususan, tushunishni soddalashtirishga xizmat qiladi. Perifraza nafaqat badiiy vosita, balki lingvistik va pragmatik jihatdan ko‘p funksiyali ifoda shaklidir. U matnda estetiklikni oshiradi, nozik mavzularni yumshoq bildiradi, shaxslarni aniqlaydi hamda kontekstual anglashuvni osonlashtiradi. Shu jihatdan, tarjimada ham uning semantik va stilistik muvofiqligini ta’minlash muhim hisoblanadi. O‘zbek tilida perifraza ko‘p hollarda xalq og‘zaki ijodida, maqollarda, nasr va nazmda o‘ziga xos ko‘rinishda uchraydi. Ayniqsa, tarixiy shaxslar, geografik joylar va madaniy tushunchalarning obrazli ifodalanishida bu vosita keng qo‘llaniladi. Misollar: “Ikki daryo oralig‘i” – O‘rta Osiyo. “Adolat timsoli” – Amir Temur. “Sharq olimi” – Beruniy. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, blog
Доказательный фрагмент
«This article explores periphrasis as a significant stylistic device in linguistics.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores periphrasis as a significant stylistic device in linguistics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Periphrasis, stylistics, literary language, euphemism, imagery, stilistika, tasviriylik, obrazlilik, nutq madaniyati, adabiy til, til vositalari., Perifraza, evfemizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025