К содержанию
РецензированоUZ2026

BUZOQLARDA RAXIT KASALLIGINING ETIOLOGIYASI VA KLINIK BELGILARI

Qosimov S.J. · Usmonova K.Sh.

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada yosh hayvonlarda keng tarqalgan modda almashinuvi patologiyalardan biri raxit kasalligini etiologiyasi va klinik belgilari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: postnotal ontogenez, ergokalsiferol, kalsiy-fosfor nisbati, soxta bo‘g‘imlar, rentgenografiya, ultrabinafsha nurlar, avitaminoz, gipokalsemiya. Mavzuning dolzarbligi. Yosh buzoqning o‘sishi va rivojlanishida asosan tayanch harakat oragnlari, xususan suyaklarning mustahkam va to‘g‘ri shakllanishi barcha qoramol zotlari uchun kerakli bo‘lgan bosqichdir. Ayniqsa bu tana vazi og‘ir va gavdasi katta bo‘lgan qoramol zotlari uchun katta muammodir. Bugungi kunda buzoq skeletning rivojlanishi bilan bog‘liq patologiyalarning uchrash darajasi ortib bormoda. Bu asosan organizmda mineral va vitamin almashinuvi buzilishlari kechishi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun yosh buzoqlarda uchraydigan raxit kasalligining etiopatogenezi va profilaktikasini o‘rganish veterinariya mutaxassislari oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Tadqiqot materiallari va metodlari. Toshkent viloyati Zangiota tumani “Jamol ota” fermasiga qarashli yosh buzoqlarda raxit kasalligi bilan kasallangan har xil zot va yoshdagi buzoqlarda o‘tkazildi. Olingan natijalar tahlili. Raxit - buzoqlarning surunkali kechadigan kasalligi bo‘lib, asosan D vitaminning yetishmasligi, organizmda kalsiy va fosfor almashinuvining, suyak to‘qimasi hosil bo‘lishi jarayonining buzilishi hamda gavda suyaklarining deformatsiyasi bilan xarakterlanadi. Kasallikning asosiy sababi organizmga oziqalar bilan D va D 2 1 provitaminlarining kam miqdorda tushishi va uning endogen sintezining pasayishi va tabiiy va sun’iy holatda ultrabinafsha nurlar ta’sirida ergosterol va 7 – degidroxolesterollarning hosil bo‘lishi yetishmasligi hisoblanadi. Ayniqsa ratsionida D2 vitamininining kamligi ularda raxit alomatlarini yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan buzoqlar organizmida ushbu vitaminlar zahirasi 49 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference juda past bo‘lib, asosan ular og‘uz suti va ona suti orqali qabul qiladi. Shu sababli yosh buzoqlar ayniqsa og‘ir tana vazniga ega bo‘ladigan qoramol zotlarini olti oy davomida ona suti bilan boqish maqsadga muvofiqdir. Yosh buzoqlarning saqlanadigan joyni sharoitining yomonligi, ya’ni qorong‘u bo‘lishi, namligi yetarlicha sharoit bo‘lmasligi, quyosh nurining tushmasligi oqibatida ham kasallik rivojlanadi. Yangi tug‘ilgan buzoqlarni oziqlantirishda ular organizmiga vitamin D, kalsiy hamda fosfor mineral moddalarining nisbati munosib bo‘lishini ta’minlash zarur. Ya’ni organizmga ushbu moddalar nisbati 1,2-2:1 miqdoridan kam bo‘lishi oqibatida ham raxit rivojlanadi. Shuningdek, buzoqlarni oziqlantirishning to‘liq qiymatli bo‘lmasligi, ratsionda oqsil, yog‘, uglevodlar, karotin va A, E, C, B guruh vitaminlari va mikroelementlar (temir, mis, yod, marganes, kobalt) larning yetarli darajada tushmasligi ham sabab bo‘ladi. Oziqa tarkibida stronsiy, bariy, mishyak, nitratlar va boshqa zaxarli moddalarning bo‘lishi, antisanitar sharoitlar ham kasallikni rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, yuqumli kasalliklar ta’sirida, gastroenterit, gepatitr, bronxit, toksakaroz kabi kasalliklar davrida ikkilamchi kasalik sifatida raxit rivojlanadi. Kasallikning asosiy klinik belgilari patologik jarayonning bosqichlariga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. kasallikning dastlabki davrlarida kasallikka xos klinik belgilar juda kam ko‘rinadi. Bunday buzoqlarni klinik ko‘rikdan o‘tkazganda buzoqlarning umumiy holatining qoniqarsizligi, o‘sish va rivojlanishdan qolishi, jun qoplamalarining rangining xiralashishi, junlarning elastikligining pasayishi, ishtahaning buzilishi, buzoqlarining bir-birini, pol va turli predmetlarni yalashi kabi belgilar kuzatiladi. Bunday buzoqlarida ko‘proq gastrit va enterit qayd qilinadi. Buzoqlarning yurishida qiynalishi, bo‘g‘imlarda og‘riq va yengil mexanik shikastlanishlari natijasida ham suyaklarning sinishi ham uchrashi mumkin. 1-rasm. Raxit bo‘lgan buzoq (oldingi oyoq suyaklarini qiyshayishi) Kasallikning og‘ir shakllari suyak devorlarining yupqalashishi, bo‘g‘imlarda og‘riqning kuchayishi, suyaklarning qiyshayishi oqsash, bilan xarakterlanadi. Yosh buzoqlar sust, nimjon, apatik, ko‘p yotadi, o‘sish va rivojlanishdan qoladi. 50 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Junlari quruq, xira va kam elastik holatda, buzoqning ishtaxasi pasayadi yoki o‘zgarishi kuzatiladi.Buzoq barcha narsalarni yeyishi natijasida unda gastrit, gastroenterit, ich ketishi va ich qotishi qayd etiladi. Buzoqning umurtqa pog‘onasi va naysimon suyaklari qiyshaygan, palpatsiya qilinganda og‘riq ta’sirida buzoqlarning bezovtalanishi qayd qilinadi. Asosiy o‘zgarish oldingi oyoqlarning bilakuzuk bo‘g‘imida yoki bilak suyagining pastki qismida suyak upifizar qismining kattalashuvi, yolg‘on bo‘g‘imlarning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Kasal hayvonlarda tishlarning chi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yosh hayvonlarda keng tarqalgan modda almashinuvi patologiyalardan biri raxit kasalligini etiologiyasi va klinik belgilari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yosh hayvonlarda keng tarqalgan modda almashinuvi patologiyalardan biri raxit kasalligini etiologiyasi va klinik belgilari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kalsiy-fosfor nisbati, ultrabinafsha nurlar, postnotal ontogenez, gipokalsemiya., soxta bo‘g‘imlar, avitaminoz, ergokalsiferol, rentgenografiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники